8-MAVZU:
Xotira ierarxiyasi, ichki xotirani tashkil etish. Statik va dinamik
xotira, xotira manzillari. Doimiy xotira va uning turlari. Flash
xotira.
Reja
1.
Xotiraning ierarxik tuzilishi
2.
Ichki xotirani tashkil etilishi
3.
Static
va dinamik xotira, xotiraning
adreslari.
4.
Doimiy xotira qurilmasi
Tayanch so`zlar:
Iyerarxik xotira, RAM, ROM, registr, PC (Program Coun-
ter), IP (Instruction Pointer), buyruqlar registri (Instruction Register IR), Stekni
ko‘rsatuvchi (Stack Pointer - SP), razryad, xotira adresi, kesh xotira, asosiy xotira,
SDRAM, SRAM, DRAM, SIMM, DIMM,
K580BM80 protsessori, УМПК- 80,
xotiraga murojat qilish.
Xotiraning ierarxik tuzilishi
Kompyuter tizimi markaziy protsessor (CPU), xotira (RAM va ROM),
kiritish/ chiqarish qurilmalaridan (I/O) iborat.(8.1-rasm)
Kompyuter xotirasi - bu ma’lum vaqt davomida hisoblashda foydalaniladigan
ma’lumotlarni saqlash uchun fizik qurilma yoki vosita.
8.1-rasm. Kompyuterning umumiy xotira tizimi.
Katta hajmdagi ma’lumotlami saqlash muammosini hal qilishning ananaviy
yo‘li, xotirani
iyerarxik ko‘rinishda
tashkil etish bilan amalga oshiriladi (8.2-rasm).
Protsessorning ichki registrlari iyerarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan.
Ularga
murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir.
Keyingi qatorda hozirgi paytda hajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan.
Iyerarxiyaning uchinchi
pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan
asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar hamda
optik disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
8.2.Xotirani besh sathli tashkil etilishi
Iyerarxiya bo‘ylab
yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib
borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti
kattalashib boradi. Registrlarda bu
vaqt - bir necha nanasekundni, kesh-xotirada
bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni
tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham
kattalashadi - disklarga
murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar
va magnit lentalarda esa
bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi hamda sekundlarda o‘lchanadi.
Ikkinchidan xotira hajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi.
Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira
hajmi ham, oshib boradi.