SI Uzatuvchining
indeksi
Buyruqlar
ko'rsatgichi
IP Buyruqlar sanagichi PC
Dl
Qabul
qiluvchining
indeksi
1
5
c
15
0
Protsessorning ichki xotirasi sakkizta 8-razryadli - W2, W3, B, C, D, E, H, L
va uchta 16-razryadli -
buyruqlar sanagichi (PC), stekni ko ‘rsatuvchi (SP) va
boshqariluvchi adres registrlaridan
tashkil topgan. B, C, D, E, H, L registrlari
umumiy tayinlanadigan registrlar to‘plami deyiladi. Ulardan, bajarilayotgan
buyruqning xiliga qarab mustaqil 8-razryadli registrlar yoki 16-razryadli juft
registrlar BC, DE, HL sifatida foydalaniladi. W2, W3
registrlari esa oraliq
registrlar hisoblanadi. Ularga dastur orqali murojaat qilish mumkin emas. W2, W3
registrlardan protsessor ichida bajarilayotgan buyruklar bilan ishlash davomida
foydalaniladi.
8.5-rasm. УМПК-80 elektron stendi vositalari.
Buyruqlar sanagichi - PC registrida bajarilish navbati kelgan buyruqning
xotiradagi adresi
yozilgan bo‘ladi. Bu registrning qiymati
buyruqlarning har bir
sikli bajarilganda avtomatik ravishda o‘zgartiriladi. K580BM80 protsessorining
buyruqlari -
bir, ikki yoki uch bayt uzun- likka
ega bo‘lishi mumkin. Kompyuterda
dasturning ishlashi davom- ida qanday buyruq bajarilishiga qarab,
uning
uzunligiga mos holda PC-ning qiymati, 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi. 8.6-rasmda
УМПК- 80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580BM80 protsessorining ichki
registrlari keltirilgan.
Stekni ko‘rsatuvchi
(Stack Pointer - SP)
registr asosiy xotiraning stek sifatida
ishlatilishi mumkin bo‘lgan qismining boshlang‘ich adresini ko‘rsatib turadi (8.6-
rasm). Kompyuterda ishlayotgan dasturda
uzilish
sodir bo‘lsa,
protsessor ichki
registrlarining holatlarini vaqtincha saqlab turish uchun stekdan foydalaniladi.
Uzilish deganda - kompyuterda bajarilayotgan bir dasturni, boshqa bir dasturni
bajarilishini ta’minlash maqsadida, vaqtincha to‘xtatib turish tushuniladi.
8.6-rasm. УМПК-80 elektron stendiga o‘matilgan K580BM80 protsessorining
ichki registrlari.
Buyruqlar registri
(Instruction Register - IR)
va buyruq deshifratori, buyruqni
qabul qilish va deshifratsiyalash uchun ishlatiladi. Buyruq xotiradan o‘qilganida,
uning buyruq kodidan iborat bo‘lgan birinchi bayti
buyruqlar registriga kelib
tushadi. Keyin esa bu kod deshifratorga uzatiladi. Deshifrator - boshqarish sxemasi
va ф
1
, ф
2
sinxrosignallari bilan birgalikda, protsessorning ichki qismlariga tegishli
boshqarish signallarini hamda protsessordan tashqariga chiquvchi boshqarish
signallarini shakllantiradi. Har qanday kompyuterda dastur buyruqlarini
bajarilishini
fizik jihatdan ta’minlash,
uning shinalari
orqali uzatiladigan
boshqarish signallari
yordamida amalga oshiriladi.