• Tayanch iboralar
  • Birinchi avlod mashinalari
  • 1-Ma’ruza: mp va mklarni yaratilish texnologiyalari




    Download 140.52 Kb.
    bet1/8
    Sana22.04.2024
    Hajmi140.52 Kb.
    #204716
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Aynura 2, 19-maktab 2021-22 bandlik, Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchas, Qadamboyev Hikmat, Tabriknoma, 1-kun uchun 50 test, Valiyev Ramazon 2, Valiyev R Kompyuter tarmoqlari 2-amaliy ish, Avtomobil tuzilishi Sardor, Assemblerlar, S.Bazarbayeva marketing referat, Yong\'in chiqish, portlash xavfli bo\'lgan ob\'eklardagi transport va kommunal tizimlardagi avariya va halokotlar, 8 sinf II chorak chsb, 1326128, sidiqova k 2

    1-Ma’ruza: MP va MKlarni yaratilish texnologiyalari
    Reja:

    1. MP va MKlarni yaratilish tarixi

    2. MP va MKlarning turlari va asosiy parametrlari

    3. Mikrokontrollerning protsessor yadrosi



    Tayanch iboralar: mikrokontroller, klaviatura, manipulyator, protsessor, ketma-ket interfeys kontrolleri, kontrollerning ichki magistrali, protsessor yadrosi.

    Maxsuslashtirilgan kompyuterlar CH.Bebbidj g‘oyasida EHMni xotiralash dasturi yordamida boshqarish prinsipini o‘z ichiga olgan barcha asosiy qismlar bor edi. Uning g‘oyalarining afzalligi ancha keyin yetarligicha baholandi.1937 yildan boshlab hozirgi kungacha bir necha milliondan ortiq EHMlar yaratilgan. Biz ularni hozirda kompyuter deb ataymiz. EHMlarning soni ortishi bilan bir vaqtda ularni takomillashtirish jarayoni yanada jadallashdi. Markaziy protsessor va operativ xotiraning elementlar bazasiga, texnik xarakteristikasiga va arxitekturasining murakkabligiga qarab EHMlarni davrlarga va avlodlarga ajratish qabul qilingan. Tezkorlik va operativ xotira xajmi EHM ning asosiy xarakteristikalaridir.Tezkorlik bir sekundda bajariladigan mashinaviy amallarning o‘rtacha soni bilan baholanadi. Hozirgi vaqtda hisoblash mashinalarining rivojlanishining 4ta davri va 5ta avlodi bor. Keyingi avlodining chegaralari ham yaqqol ko‘rinmoqda. Hisoblash mashinalari rivojlanishining birinchi davri bu mexanik davrgacha bo‘lgan mashinalar.


    Birinchi avlod mashinalari. (1950 yillar boshlari) Birinchi avlod EHMlari markaziy protsessorining elementlar bazasi sifatida umumiy soni bir necha o‘n minglarga etgan elektron lampalardan foydalanilgan. Operativ xotira ferrit uzaklar bloklarida qurilgan. Ko‘plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y.), Ural (1954y.), M-20 (1959y.), Minsk -1 (1960 y.), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. Sekundiga 10000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig‘adi. Operativ xotira hajmi mashinaviy so‘zning uzunligi bilan ikkilik rakamlar yoki bitlar (bit-bo‘lak, bo‘lakcha ma’nosini anglatadigan inglizcha bit so‘zidan olingan bo‘lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma’lumotdagi axborot miqdori kabi aniqlanadigan ma’lumot birligini anglatadi) soni bilan aniqlanadi. Qurilmaviy so‘zning standart uzunligi 8 ta ikkilik raqamni o‘z ichiga oladi bunday birlikni bayt (bite-bo‘lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. SHunga o‘xshash kattaroq o‘lchov birliklari ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb.

    Download 140.52 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 140.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: mp va mklarni yaratilish texnologiyalari

    Download 140.52 Kb.