Registrning asosiy vazifalari.
№
Registrning
nomlanishi
Vazifasi
1
Xotira
manzili–
Memory Address
(MAR)
Xotiraning faol yacheykasi manzilini
o`z ichiga oladi
2
Xotira
buferi
-
Memory Buffer
(MBR)
Xotiraga yozish va xotiradan o`qish
bo`yicha axborotni o`z ichiga oladi
3
Dasturni boshqarish –
Program Control
(PCR)
Bajarilishi kutilayotgan keyingi buyruq
manzilini o`z ichiga oladi
Static va dinamik xotira, xotiraning adreslari
.
Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni saqlovchi
yacheykalardan
iborat bo‘ladi. Hozirgi kompyuterlarn- ing xotirasi
8-bitli,
ya’ni
bir baytli yacheykalardan iborat bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning
adreslari
orqali murojaat qilinadi. Baytlarni guruhlarga birlashtirilib
so ‘zlar
(rus tilida -
слово) hosil qilinadi. 1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni
8, 16, 32 va 64-bitli
yoki
razryadli
so‘z uzunliklariga
ega kompyuterlar mavjud. Ushbu qo‘llanmada kompyuter
xotirasining so‘z uzunliklarini, protsessorlar ichki registrlarining uzunliklarini
ifodalashda va boshqa holatlarda
razryad
iborasi qo‘llanilgan.
8.7-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira.
8.8-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda joylashtirilgan
4
To`plovchi
-
Accumulator
(AR)
Ilgari boshqarilgan barcha amallar
bo`yicha
natijalarni
va
ma`lumotlarni
to`playdi
5
Yo`riqnomalar
-
Instruction
(IR)
Ayni
damda
bajarilayotgan
yo`riqnomani o`z ichiga oladi
6
Kiritish/Chiqarish
-
Input/Output (
I/OR)
Kiritish/chiqarish
qurilmalari
bilan
bog`lanadi
4 Gbaytli asosiy xotira.
Ushbu asosiy xotirada yacheykalar adreslarining qiymati
0000
dan
FFFF
gacha o‘zgarishi mumkin. Asosiy xotiraning umumiy hajmi 64 Kbayt (FFFF - 16
bit, 2
16
=65536 bayt). Hozirda bunday hajmli xotiralar - o‘matiladigan
kompyuterlarda, ya’ni kontrollerlarda ishlatilmoqda. Odatda asosiy xotira adreslari
16-lik sanoq sistemasida ifodalanadi.
8.8-rasmda so‘z uzunligi 32-razryadga teng bo‘lgan asosiy xotira tas-
virlangan. Bunday so‘z uzunligiga ega xotiralar, Pentium protsessorlari o‘matilgan
kompyuterlarda ishlatilmoqda. Ularda yacheykalarning adreslari
0000 0000
dan
FFFF FFFF
gacha o‘zgarishi mumkin. Xotiraning umumiy hajmi 4 Gbayt (FFFF
FFFF - 32 bit, 2
32
= 4294967296 bayt). So‘z uzunligi 32-razryadli xotiralarda
baytlar o‘ngdan chapga yoki chapdan o'ngga qarab joylashtirilishi mumkin.
8.8-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan
4 Gbaytli asosiy xotira.
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday
amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 8.9-rasmda asosiy xotiraga murojaat qilish
jarayoni ko‘rsatilgan.
Protsessorning
IP (Instruction Pointer)
yoki
PC (Program Counter)
deb
nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq adresini
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi yoki buyruqlar
ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres, ya’ni navbatdagi
bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqning adresi, protsessorning adres shinasi
yordamida asosiy xotira bilan bog‘lanuvchi porti - adres registri orqali xotiraning,
xotira adresi registriga uzatiladi. Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga
ushbu adres bo‘yicha yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar
shinasi orqali protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni
A registriga kelib tushadi.
8.9-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni.
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki xil rejimi
mavjud (8.10-rasm):
Real rejim - 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim kompyuter
MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. Hozirda bu, MS DOS
operatsion tizimini emulyatsiya qilishda ishlatiladi.
8.10-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi.
Himoyalangan rejim - xotira hajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan holda , ya’ni bu
kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan buyon
qo'llanilgan rejim hisoblanadi.
Real rejimda xotiraga murojaat qilish
segmentlarga
murojaat qilish orqali,
himoyalangan rejimda esa,
sahifalarga
murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Bitta segmentning hajmi - 64 Kbayt, sahifaning hajmi esa - 4 Kbaytga ega bo‘ladi.
|