|
Jamoadagi psixologik iqlim
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #238657 |
Bog'liq jamoadagi psixologik iqlim
JAMOADAGI PSIXOLOGIK IQLIM
REJA
01
- Jamoani boshqarish usullari
03
02
Guruh – bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo’lib, kichik va katta guruhlarga bo’linadi. Ular ham o’z navbatida real (bog’langan), shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ya’ni rivojlangan (jamoalar) va kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalar, birlashmalar, aralash guruhlarga) bo’linadi.
Jamoa – so`zi arabcha “jam’o” so`zining tajimasi bo`lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, guruh ma’nolarini anglatadi. Jamoa - yagona maqsad yo’lida birlashgan, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlar uyushmasidir. Jamoalar o’z tarkibiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi jamoalarga bo’linadi. Birlamchi jamoalar bo’limlar, uchastkalar, brigadalar shaklida bo’ladi. Ikkilamchi jamoalarda a’zolarning bir-biriga ta’sir ko’rsatish darajasi pastroq bo’ladi. (Katta firmalarda a’zolar bir-birini tanimaganligi uchun ta’sir ko’rsatish ham past darajada bo’ladi.
Jamoaning asosiy belgilari quyidagilar:
1) Maqsadlarning mushtarakligi – jamoadagi shaxslarni birlashtiradi.
2) Rahbarlik – boshqaruv organisiz jamoa bo’lmaydi, kimdir rahbarlikni o’z zimmasiga oladi.
3) Jamoa а’zolari umumiy qadriyatlar, maqsadlar va faoliyat vazifalari bilan birlashgan uyushgan guruhdir. Ijtimoiy foydali faoliyat – jamoa paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir.
Qulay psixologik iqlim quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
1) yuqori talabchanlik va ishonchning mavjudligi;
2) ob’ektiv tanqidning mavjudligi
3) guruhga tegishli bo’lgan har qanday masalani muhokama qilishda har bir a’zoning faol ishtirok etishi;
4) Jamoa oldida turgan maqsad va vazifalar haqida guruhning har bir a’zosining yuksak darajada xabardorligi;
5) rahbarligidan foydalanib guruh a’zolariga ta’sir o’tkazishning mavjud emasligi;
6) shu jamoa a’zosi ekanligidan qoniqishning mavjudligi;
7) zarur vaziyatlarda muhtoj jamoa a’zolariga psixologik yoki boshqacha yordam berishga intilishning mavjudligi.
Zamonaviy boshqaruvga oid fanlarda rahbarlik uslubini turli nuqtai nazarlarda turib yoritiladi. Quyida ularning qiskacha izoxini berib o’tamiz.
An’anaviy yondoshuv. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an’anaviy yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda raxbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi. Avtoritar uslubda raxbar hamma boshqaruv qarorlarini o’z qo’liga oladi, qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo’l qo’yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shaxdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi.
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori ko’rsatkichni ta’minlaydi. Lekin, psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator kamchiliklar kuzatiladi:
1) xatoga yo’l qo’yish extimoli oshadi;
2) tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so’ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi;
3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqeidan qonikmasliklari;
4) nosog’lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruxiy zo’rikishlar oshishi va so’liqqa salbiy ta’siri
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |