• Xotira hajmi ortadi.
  • Ichki xotirani tashkil etilishi
  • 8-mavzu: Xotira ierarxiyasi, ichki xotirani tashkil etish. Statik va dinamik xotira, xotira manzillari. Doimiy xotira va uning turlari. Flash xotira. Reja




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #253099
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-mavzu

    Xotiraga kirish vaqti ortadi. 
    Masalan, registrlarga kirish uchun bir necha 
    nanosekund talab etilsa, asosiy xotiraga kirish uchun esa ber necha o’nlab 
    nanosekundlar talab etiladi. Undan so`ng kirish vaqti sezilarli darajada ortadi: 
    masalan, magnit disklarga kirish vaqti registrlarga kirish vaqtiga nisbatan yuzlab 
    marta sekin hisoblanadi. Optik disklar va lentali tashuvchilarga kirish vaqtini 
    sekundlarda o`lchash mumkin. 
    Xotira hajmi ortadi. 
    Eng samarali holatda registrlar 128 bayt ma`lumotni 
    sig`dirishi mumkin, kesh-xotira esa o`nlab megabaytni, asosiy xotira – gigabayt va 
    magnit disklar terabayt hajmdagi ma`lumotlarni sig`dira olishi mumkin. 
    Narx oshib boradi. 
    Masalan, narxdagi ko`p bo`lmagan tafovvut bilan 
    gigabaytda o`lchanuvchi asosiy xotira va terabaytda o`lchanuvchi doimiy xotira 
    qurilmasini sotib olish mumkin. 
    Ichki xotirani tashkil etilishi 
     
    Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning 
    ichki xotirasi
    deb 
    ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq 
    natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu 
    xotira har biri ma’lum bir vazifalami bajarish uchun mo‘ljanangan, bir-nechta 
    registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 
    8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. 
    Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni 
    yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi. 
    Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri 
    PC (Program Counter) - 


    buyruqlar sanagichi
    registridir, ushbu registr 
    IP (Instruction Pointer) - buyruqlarni 
    ko ‘rsatuvchi
    registri ham deb ataladi. Bu registr tartib bo‘yicha bajarilishi kerak 
    bo‘lgan buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi. 
    Muhim registrlardan yana biri, bu 
    buyruqlar registri (Instruction Register - 
    IR)
    hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan 
    bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni 
    bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. 

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu: Xotira ierarxiyasi, ichki xotirani tashkil etish. Statik va dinamik xotira, xotira manzillari. Doimiy xotira va uning turlari. Flash xotira. Reja

    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish