|
Erkinjon Asqaraliyevich MahmudovBog'liq yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlari
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 939 www.ares.uz
YEVROPADA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING RIVOJLANISHI,
GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SHART – SHAROITLARI
Erkinjon Asqaraliyevich Mahmudov
Farg’ona davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada ilmiy adabiyotlarga asoslangan xolda yangi davr tarixining
boshlanishiga turtki bo’lgan jarayon – buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi
arafasidagi Yevropadagi iqtisodiy vaziyat, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi,
iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba orttirish, aholi
o’rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini takomillashtirish
va ishlab chiqarish texnologiyalarini tahlil qilingan
Kalit so’zlar:
Yevropa, Buyuk geografik kashfiyotlar, iqtisodiy o’sish,
texnika taraqqiyoti, salib yurishlari.
KIRISH
XV – XVII – asrlarga kelib G’arbiy Yevropa mamlakatlarida asta – sekin
yangicha hayot tarzi vujudga kela boshladi. Yangi davrning shakllanishi murakkab
jarayon bo’lib, borgan sari ko’plab xalqlar va mamlakatlarni qamrab oldi. Jahon
xalqlari tarixi yagona jarayon sifatida shakllana bordi. Salib yurishlaridan so’ng
yevropaliklarning sharq madaniyati bilan tanishishlari ularning hayotida ko’plab
yangiliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Jamiyat taraqqiyotida yangi belgilar paydo
bo’ldi. Bular quyidagilar:
-
o’rta asrlarning buyuk ixtirolari – kompas, porox, kitob chop etish va
boshqalar hayotga yanada kengroq tatbiq qilina boshlandi;
-
energiyani odatdagi manbalardan (suv, shamol) olish va ularni mexanizmlar
bilan uzatishga yordam beradigan ko’plab yangi ixtirolar qilindi;
-
manufaktura ishlab chiqarishi rivojlanib, asta – sekin sexlarni siqib chiqara
boshladi;
-
metallarga va o’tochar qurollarga ishlov berish jarayoni takomillashdi;
-
savdo rivojlandi va pul – tovar xo’jaligi mustahkamlandi;
-
savdo markazlari bo’lgan shaharlar jamiyat hayotida tobora kattaroq rol
o’ynay boshladi;
|
| |