• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 942 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi297,69 Kb.
    #237896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlari

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 942 www.ares.uz 
    asrning boshlarida Italiya, Janubiy Fransiya va Janubiy Germaniyada bir vaqtda 
    paydo bo’ldi. 
    Metallurgiya sohasida sezilarli texnik siljishlar ro’y berdi. Metallurgiyada 
    haqiqiy burilish XV asrda yaratilib takomillashtirilgan domna pechlari yaratilishi 
    bo’lib, ular an’anaviy pechlarni o’rnini egallagan. Suv tegirmonlarning tatbiq 
    qilinishi, uning meshlar bilan qo’shilishi tufayli erituv pechida haroratni ancha 
    oshirish va suyuq cho’yan olishga erishildi. Domna ishlab chiqarishi asosan XV 
    asrning ikkinchi yarmidan boshlab avval Fransiya, Shimoliy Italiya va G’arbiy 
    Germaniyada tarqala boshladi. XVI asrda temir rudasidan cho’yan eritib olinadigan 
    va balandligi 3 – 4 metr bo’lgan katta pechlar – domnalar qurila boshlandi. Metall 
    erituvchilar suv parragiga katta bosqonlarni ulardilar, bu bosqonlar pechga zo’r kuch 
    bilan juda ko’p havoni “puflab” kiritardi. Buning natijasida domna ichidagi harorat 
    yuqori darajaga yetib, rudani eritish, undan suyuq cho’yan hosil qilish mumkin 
    bo’ldi. Cho’yandan har xil buyumlar yasalardi, qayta eritish yo’li bilan esa 
    cho’yandan temir va po’lat olinardi. Domnalar qurilib, ishlay boshlagach, avvalgiga 
    qaraganda ko’proq metall eritiladigan bo’ldi.Sanoat ishlab chiqarishida geografik 
    ixtisoslashtirish chuqurlasha boradi. Mis, kumush, ruh, qo’rg’oshin quyish keyingi 
    yuz yillar mobaynida asosan Germaniya, Tirola, Vengriya hududlarida toplandi. Bu 
    hududlardan olingan metallar Yevropaning ko’plab mamlakatlariga va boshqa 
    hududlarga eksport qilingan. Temir rudalarini qazib olish va ularni eritishning asosiy 
    markazlari Sharqiy Alp tog’lari, Fransiya, Angliya, Shvetsiya bo’lib qoldi. Turli xil 
    metall mahsulotlari faqat harbiy sohada emas, balki xo’jalik mahsulotlarini ishlab 
    chiqarishda ham keng qo’llanildi. Mix ishlab chiqarish kemasozlikda juda keng 
    qo’llanilib, xo’jalik hayotida ham asosiy mahsulotlardan biriga aylandi. Metallni 
    maxsus tokarlik, pardozlash, vint o’yish dastgohlarida qayta ishlardilar. Mexanik 
    soatlarning takomillashuvi oddiy mexanizmlar bunyod etishga olib keldi. Og’ir 
    toshlar bilan yuritiladigan dastlabki soatlarni shahar ratushalariga o’rnatishdi. 
    Keyinroq tarang o’ralgan prujinali cho’ntak soatlari vujudga keldi. Soatning tishli 
    g’ildiraklaridan harakatni uzatish uchun boshqa mexanizmlarda ham foydalana 
    boshladilar. 
    O’qotar qurollar ishlab chiqarish uchun ko’p cho’yan va temir kerak edi. XIV 
    asrda qamal paytida ishlatiladigan og’ir to’plar ham, yengil dala to’plari ham 
    qo’llanilardi. Faqat o’q otibgina qolishmasdan, balki portlaydigan snaryadlar ham 
    otishardi. Qo’lda ko’tarib yuriladigan o’q otar qurol ham takomillashtirildi. 
    To’pponchalar va og’ir pilta miltiqlar – mushketlar paydo bo’ldi. Ayri yog’ochga 



    Download 297,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish