|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 945 www.ares.uz
turgan joyini belgilovchi asboblar – astrolyabiya (usturlob) ham ixtiro qilindi.
Viloyatlar bo’ylab olib boriladigan savdo – sotiq va keyinchalik Buyuk geografik
kashfiyotlar boshlanishi bilan qit’alararo olib boriladigan savdo ishlari dengiz
transporti ahamiyatini oshirib yubordi, yangi turdagi kemalar ishlab chiqarila
boshlandi. Italiya va Portugaliya davlatlari ko’p yuk ortish mumkin bo’lgan,
harakatchan va chaqqon karavellalar ( o’zbekcha aytganda, yelkanli qayiqlar) qura
boshladilar. Tez suzar yelkanli qayiqlar karavellalar XV asda qurila boshlanib,
ularning to’g’ri va qiya yelkanli uchta machtasi bo’lardi. Bu kemalar dengiz va
okeanlarda shamol yurgan tomongagina emas, balki shamol kelayotgan tomonga ham
suza olardi. Karavellalarda uzoq joylarga sayohat qilish mumkin edi. Kemasozlikda
ikkita muammo hal qilingan edi – yuk sig’imini yanada ortirilishi va kemalarni turli
to’plar bilan qurollantirishlishi. Kemalarni qurollantirishini kuchayib borishi XVI
asrga kelib Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi va O’rta dengizning savdo yo’llarida
dengizda qaroqchilik bilan shug’ullanuvchilarni (piratlarni) kuchytirib yubordi
7
.
Boltiq dengizidagi eng katta va qudratli kemalar Lyubekda qurilgan kemalar bo’lib, u
uch palubali va har bir palubasida to’plar bilan qurollangan kema hisoblangan.
Italiyaning Venetsiya va Genuya kemasozlari, Ispaniyaning Kadis va Malaga port
shaharlarida joylashgan kemasozlar, Portugaliya davlatining Lissabon va Portu
shaharlaridagi kemasozlar va boshqa Angliya, Gollandiya, Skandinaviya kemasozlari
nafaqat kema tezligini oshirishga harakat qilganlar balki, uning yuk sig’imi va dengiz
qaroqchilardan samarali himoyalana olishini kuchaytirganlar. O’rta asrlarning
so’ngida dengiz kengliklarida ikki xil kema harakat qilgan, bular: yelkanli va
eshkakli kemalar edi. Yuqori samarali dengiz savdo kemasi bo’lmish “floyta” – XVI
asrning oxirlarida Gollandiyada qurila boshlanadi. Gollandiyalik kemasozlar
tomonidan kemasozlikda ishlab chiqilgan qonun – qoidalar ganzaliklar, ispanlar,
portugallar tomonidan o’zlashtirildi. Dengizchilik san’atida jiddiy yutuqlarga
erishish, dengiz kartografiyasida yangi yo’l ochilishiga imkon yaratdi. Navigatsiya
uskunalari yaxshilandi, ular yordamida osmon jismlarining joylashishi aniqlanardi.
Bu dengizchilarga dengizda adashmay manzillariga yetib olishlariga yordam berdi.
XV asrda nemis olimi Regimontan tomonidan aniqroq astronomik jadval tuzilgan
bo’lib, dengizchilarga dengiz sayohatlarida adashib qolmasligini ta’minlagan.
Quruqlik yo’llari kartografiyasi ham ancha takomillashtirildi. Merkator tomonidan
ishlangan va 1554–yil nashr etilgan Yevropa xaritasi asosiy ishlardan biri bo’ldi.
Yangi turdagi yo’l transportlari paydo bo’ldi. Ular endilikda metall g’ildiraklar bilan
7
Карпова С.П. История средних веков Том 2. – М.: Печатные традиции, 2008. С.50.
|
| |