|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 944 www.ares.uz
Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Niderlandiya va albatta Italiyada
tayyorlangan
5
.
Mayda ishlab chiqaruvchi dehqonlarning halok bo’lishi natijasida qishloq
xo’jaligida ham yirik ishlab chiqarish vujudga keladi. Dehqonlarni ekspropriatsiya
(jamiyatdagi bir tabaqaning ikkinchi tabaqa tomonidan ishlab chiqarish vositalaridan
mahrum qilinishi) qilgan Lendlordlarning o’zi xo’jalikni kapitalistik asosda olib
borib, sobiq dehqonlarni batraklar – yollanma ishchilar sifatida ekspluatasiya qilardi.
Biroq katta yer egasi ko’pincha o’z yerini pomeshchikka katta yer rentasi to’lashga
qurbi yetadigan va kapitalga ega bo’lgan birorta kattaroq ijarachi fermerga ijaraga
berishni afzal ko’rgan. Yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish ham bunday rentaning
manbai hisoblanadi. Yangi kapitalistik renta dehqonlardan olinadigan feоdal
rentasidan farqi shuki, kapitalistik renta – qishloq xo’jaligi ishchilarining mehnatini
ekpluatatsiya qilishdan fermer oladigan qo’shimcha qiymatning bir qismidir.
Sanoatda manufakturachi qanday rol o’ynasa, qishloq xo’jaligida fermer ham natijada
shunday rol o’ynaydi. Fermerlar qo’shga qo’shiladigan mollarning hamda sog’in
sigirlarning yaxshilangan zotlarini ko’paytira boshladilar, shuningdek ommaviy
qo’ychilik bilan shug’ullanib, bozorga juda ko’p miqdorda jun,teri, go’sht, yog’,
pishloq va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetkazib berdilar. Biroq mayda
hunarmandchilik ustun bo’lsalar ham, ularni tamomila qisib chiqara olmagan
markazlashgan manufakturalar singari fermer xo’jaliklari bilan yonma – yon
yashardilar. Bu narsa ayniqsa Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga taaluqlidir. Qishloq
xo’jaligining asosiy tovar mahsuloti ko’plab miqdorda ana shu tarqoq dehqon
xo’jaliklaridan yetkazib bereiladi. Bu dehqon xo’jaliklari esa bozor bilan bog’langan
bo’lsalar ham, u yerda ortiqcha mahsulotlarini emas, balki feоdal davlatiga soliq va
yer egasi – feodalga pul rentasi to’lash uchun mahsulotning zarur qismini sotishga
majbur bo’lardi.
Yevropaliklar ochiq dengizda olis mamlakatlarga sayohat qilishga uzoq
vaqtlargacha botina olmadilar. Sayohatchilar qo’lida aniq xaritalar va dengizda suzish
uchun kerakli asboblar yo’q edi. Shuning uchun ular kichkina kemalarda Yevropa
atrofidagi dengizlardagina suzardilar
6
. Dengizchilar o’z kemalari qayerda
borayotganini chayqalish bo’lmagan qirg’oqqa tushib, havo ochiq kunlarda
yulduzlarning joylanishiga qarab bilardilar. Dengizchilar kompasdan foydalan
boshlaganlaridan keyin ochiq dengizga chiqish xatarsizroq bo’lib qoldi. Kemaning
5
Карпова С.П. История средних веков Том 2. – М.: Печатные традиции, 2008. С.36.
6
Lielays A. Dengiz sarguzashtlari. – T.:O’zbekiston, 1978. B.10.
|
| |