|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 941 www.ares.uz
mehnatiga, hunarmandchilik texnikasidan foydalanuvchi kasbkorlikka asoslansa ham
undan farqli o’laroq, manufaktura ancha yirik ishlab chiqarish bo’lib undagi ishlab
chiqarish jarayonida mehnat taqsimoti juda ham mayda qismlarga bo’linib ketgan edi.
Bu esa mehnat unumdorligining keskin o’sishiga olib keldi
3
.
O’rta asrlarda asosiy energiya hali ham inson mehnati, hayvon kuchi, suv va
shamolga asoslangan edi. Issiqlik energiya manbasi yog’och, tosh ko’mir va torf
bo’lgan. Bu davrda injenerlik g’oyalari asosan an’anaviy va tugamas energiya
manbalari suv va shamol kuchidan foydalanishga qaratilgan edi. Shamol tegirmonlari
binolarning korpus yoki tom qismida aylanishga moslashtirilib, uning qanot
burchaklari o’zgaruvchan qilingan. Bu esa har qanday shamol yo’nalishini o’zgartirsa
ham tegirmonning to’xtamay ishlashini ta’minlangan.
Suv tegirmonlarini ham takomillashtirib uning suv quyish g’ildiragini ikki
karra kattalshtirishgan (uning kattaligi 10 metrga yetgan), bu ish samaradorligini
oshirib, endi bunday tegirmonlardan nafaqat un olishda balki, movut ishlab
chiqarishda, taxta yog’ochlarni tayyorlashda, rudani maydalashda va boyitishda,
qog’oz tayyorlashda va temirchilikda ishlatila boshlangan
4
. Konchilik va
hunarmandchilikda “suv dvigateli” qo’llanila boshlandi. Qadim zamondayoq
tegirmonda suv parragidan foydalanilar, uning yordami bilan og’ir tegirmon toshlari
harakatga keltirilardi. Buning uchun tegirmon parragining pastki qismi sharillab oqib
turgan suv ichiga joylashtirilardi va bunday paarrak “quyidan harakatga keluvchi
parrak” deb atalardi. Keyinroq boshqacha parrak ixtiro qilindi, suv yuqoridan zarb
bilan tushib uni harakatga keltirardi, bunday parrak “yuqoridan harakatga keluvchi
parrak” deb atala boshladi. To’g’on bilan to’silgan katta ariq yoki daryodan tarnov
chiqarilib, unga suv qo’yib yuborilardi. Bu tarnovdan pastga tez oqib tushayotgan suv
parrakka kelib urilib uni aylantirardi. Charxpalak (suv g’ildiragi) ning ixtiro qilinishi
konchilikda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Alohida quvurlar va novlar orqali suv
g’ildirakka va uning parraklariga kelib tushar hamda uni aylanishga majbur qilardi.
Bunday tizim ancha chuqurlikdagi ma’danlarni ularning suvga qancha yaqin –
uzoqligidan qat’iy nazar qazib chiqarish imkonini berardi. Metallarni ishlashda suv
parragi (charxpalak) vositasi bilan bir tonnacha og’irlikdagi to’qmoq harakatga
keltirilardi. Qog’oz ishlab chiqaradigan korxonada suv parragi yordamida presslar
yuqoriga ko’tarilar va pastga tushirilardi. Yangi charxpalak XIV asrning oxiri – XV
3
Семѐнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. – Т.:Ўқитувчи, 1973. Б.414.
4
Карпова С.П. История средних веков Том 2. – М.: Печатные традиции, 2008. С.34.
|
| |