• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 943 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi297,69 Kb.
    #237896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlari

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 943 www.ares.uz 
    qo’yib o’q otiladigan bu miltiqlardan 150 – 200 qadam naridagi narsani xatosiz 
    urishardi. To’p va miltiqlarning stvoli maxsus qolipga quyilib yasalar, stvolning 
    teshigi esa parmalash dastgohida qilinardi. O’q otadigan qurolning paydo bo’lishi va 
    tarqalishi bilan harbiy taxnikada katta o’zgarish yuz berdi. Ritsarlarning qalqon, 
    sovut va boshqa yarog’ – aslahalari ahamiyatini yo’qotdi, ularni o’q teshib o’tardi. 
    Qasrlarning qalin va baland devorlari ham o’z ahamiyatini yo’qotdi – endi ularni 
    to’pga tutib vayron qilish mumkin edi. Og’ir yarog’ – aslaha bilan qurollangan otliq 
    ritsarlar qo’shini o’rnini o’t ochadigan qurol bilan qurollangan ommaviy yollanma 
    qo’shinlar egalladi. 
     
    NATIJALAR 
    O’rta asrlarda Yevropada to’qimachilik sohasi ham alohida rivojlandi. XIII – 
    XIV asrlarning birinchi yarmida Angliyadan chetga jun mahsuloti juda ko’plab 
    chiqarilgan. XIV asrning o’rtalariga kelib Angliyadan chetga movut chiqishi ko’paya 
    bordi, jun mahsuloti esa borgan sari kam chiqarilar edi. XV asrning oxiriga kelib 
    Angliya Yevropada movut eksport qilishda birinchi o’ringa chiqib oldi. 
    Niderlandiyada ham movut to’qish ishi jo’shqin rivojlandi. An’anaviy yuqori sifatli 
    movut ishlab chiqarish o’chog’i bo’lmish Ipr, Gent, Bryugge kabi shaharlar oldingi 
    mavqelarini yo’qotdilar. Ipni pishitish va kalavalashni bitta jarayonga birlashtiruvchi 
    yigirish dastgohining ixtiro qilinishi manufaktura davrining ilk davridayoq 
    to’qimachilik sanoatidagi juda muhim kashfiyot bo’ldi. To’qimachilik ishlab 
    chiqarishida XV asr oxiriga borib g’ildirakli charx paydo bo’ldi. Bu to’qimachilikda 
    ipni yigirishdan tashqari uni g’altakka o’rab qo’yishga imkon bergan. Bunday 
    kashfiyotdan so’ng to’qimachilik sohasida o’ziga hos rivojlanish paydo bo’ldi va ish 
    samaradorligini oshirdi. Ipak mato tayyorlash markazlari Italiyaning bir qator 
    shaharlari: Lukka, Florensiya, Genuya, Venetsiya kabi shaharlar edi. XV asrda ipak 
    mato tayyorlash Fransiya (Lion), Flandriya (Bryussel), Germaniya (Kyoln), 
    Shvetsariya (Syurix) kabi hududlarga tarqaldi. Lion va Parij shaharlarida ipak 
    tizmalardan qo’lda ishlangan dekorativ matolar ishlab chiqarila boshlani. Bazel va 
    Nyurnberg shaharlarida tillo va kumush iplardan ipak kalavalar ishlab chiqarila 
    boshlandi. Yangi ipak tayyorlash tarmog’i Bryussel, Parij, Venetsiya markazlarini 
    o’rab oldi. Dvoryanlarning mavqeini belgilagan bahmal, atlas va parcha (o’rta 
    asrlarda tayyorlangan bir mato turi) Yevropaning barcha yirik mamlakatlari: 



    Download 297,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish