|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 947 www.ares.uz
katta qozonlarda qaynatar, so’ngra sovuq suvda yuvib, oftobda quritar, boshqalari esa
uni taroq va cho’tkalar bilan titar edi. Shundan keyin yigiruvchilar qo’liga o’tgan
yung yigirilib, kalava qilinardi. To’quvchilar kalavalardan mato to’qir, bo’yoqchilar
esa uni bo’yar edilar. Manufakturada turli ixtisosdagi ishchilar o’rtasidagi mehnat
taqsimoti mavjud edi. Ishchilarning har qaysi guruhi umumiy ishning faqat bir
qismini bajarardi. Mehnat taqsimoti natijasida ish usullari tobora yaxshilandi. Ishchi
doimo bir xil ishni bajarib, katta mahorat orttira boshladi. Manufaktura ishchilar soni
jihatidan o’zlariga teng bo’lgan mayda hunarmandlarning ishlab chiqarganiga
qaraganda ancha ko’p movut ishlab chiqarardilar. Manufakturadagi mehnat taqsimoti
mehnat unumdorligining oshuviga yordam berdi.
XULOSA
Ma’lumki, yevropaliklarning Osiyo qit’asiga bo’lgan qiziqishlari qadimdan
bo’lib kelgan. Salib yurishlaridan so’ng yevropaliklarning Sharq madaniyati bilan
tanishishlari natijasida, ularda sekin astalik bilan ilm-fan, madaniyat rivojlana
boshlagani hammaga ma’lum. Osiyo bilan savdo aloqalarining olib borilishi
natijasida Yevropada shaharlarning rivojlanishi tezlashdi va natijada burjuaziya
vakillarining paydo bo’lishiga olib keldi. Yevropada sekin-astalik bilan qo’l
mehnatiga asoslangan manufaktura rivojlana boshladi. Bu esa, tovar hom-ashyosiga
bo’lgan talabni oshishiga olib keldi. Osiyo bilan savdo aloqalar orqali yevropaliklar
uchun qimmatli bo’lgan turli xil ziravorlar,qand, zargarlik buyumlari, har xil matolar
yuqori va o’rta sinf vakillari iste’moliga ko’proq kira boshladi. Hindiston
yevropaliklarga eng jozibali mamlakat bo’lib ko’rindi. Ular Hindistonda boyliklar
daryoday oqadi, degan xom xayolga borganlar. Lekin Hindiston va Xitoy bilan
bo’lgan savdoni ko’p vaqtdan buyon arablar va turklar o’z qo’llariga kiritib
olgandilar. Ular sharq tovarlarini arzon bahoda olib, o’z narxidan 8 – 10 baravar ortiq
baho bilan yevropalik savdogarlarga sotardilar. Yevropalik dengiz sayyohlari Sharq
bilan bo’ladigan savdodan keladigan g’oyat katta daromadni butunicha o’zlariniki
qilib olish uchun Osiyo mamlakatlari bilan bevosita aloqa o’rnatishga intildilar. XV
asrdagi geografik kashfiyotlar Pireney yarim oroli davlatlari – Ispaniya va
Portugaliya dengizchilari tomonidan amalga oshirildi
8
.
|
| |