• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 946 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi297,69 Kb.
    #237896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlari

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 946 www.ares.uz 
    jihozlangan edi. Yangi ko’plab yo’l ko’rsatkichlarning paydo bo’lishi esa, 
    sayohatlarni osonlashtirar edi. 
    Manufakturada hamma narsa: bino, xom – ashyo, asbob – uskunalar va tayyor 
    mahsulot manufaktura egasiga qarardi. Hunarmand ustalardan farq qilib, manufaktura 
    egalarining o’zlari ishlamas edilar, ular o’z korxonalarini boshqarardilar,xolos. 
    Manufaktura egalari movutni odatda savdogarlarga sotardilar, savdogarlar esa uni o’z 
    magazin va do’konlarida sotar yoki boshqa mamlakatlar bozoriga olib borib pul qilar 
    edilar. Yollanma ishchilar mehnati hisobiga davlat ortirgan manufaktura egalari, 
    savdogarlar, hamma boylar burjuaziya sinfiga aylanardi. Burjuaziya katta puldorligi, 
    korxonalar, tovarlar egasi bo’lishi bilan feodallardan farq qilardi, shahar boylari 
    ko’pincha yerlar ham sotib olar edi. Burjuaziya yollanma ishchilarni feodallarning 
    qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilganiga nisbatan boshqacha tarzda ekspluatatsiya 
    qilardi. Yollanma ishchilar shaxsan erkin kishilar edi. Ular o’z yerlari ham, 
    xo’jaliklari ham yo’qligi bilan qaram dehqonlardan farq qilardilar. Ishchilar 
    ochlikdan o’lmaslik uchun manufaktura egalariga yollanib ishga kirardilar. Ular 
    ertalabdan to qorong’i kechgacha ishlardilar. Ularga ish haqi juda oz berilardi. Bu ish 
    haqi bilan yarim och holdagina kun kechirish mumkin edi. Manufaktura egasi 
    ishchilar tayyorlagan tovarlarni xom ashyo sotib olishga va ish haqi to’lashga 
    sarflaganiga qaraganda ancha ko’p pulga sotib, katta foyda olar edi. Manufaktura 
    dastlabki kapitalistik korxonalar, ya’ni yollanma ishchilarni ekspluatatsiya qilishga 
    asoslangan korxonalar edi. Manufakturalar faqat movut ishlab chiqarishda emas, 
    balki konchilikda, metallurgiyada va qurol – aslaha ishlab chiqarishda, kitob nashr 
    qilishda ham vujudga kelgan edi. Manufaktura egalari yollanma ishchilarning 
    mehnati hisobiga boyirdi. Dastlab ko’pgina ishchilar o’z uylarida ishlaganlari sababli 
    ularning ishini nazorat qilish qiyin edi. Shuning uchun savdogar ishchilarni bir 
    binoga to’plab ishlatib, yirik korxona barpo qilardi. O’nlab va hatto yuzlab ishchisi 
    bo’lgan sanoat korxonalari ana shunday paydo bo’lar edi. Boyib ketgan ba’zi 
    hunarmandlar sex ustavlariga rioya qilmay, shaharlarda o’z ustaxonalari 
    kengaytirardilar. Boy hunarmand usta katta bino qurib, unga dastgohlar o’rnatar va 
    ko’p xalfalarni yollar edi. Uning hunarmandchilik ustaxonasi yirik korxonaga 
    aylanardi va xalfalar esa yollanma ishchi bo’lib qolardilar. 
    Tovarlar ishlab chiqarish ko’paygan sari hunarmandlarning ustaxonalari 
    o’rtasida mehnat taqsimoti kuchaydi. Bu hol manufaktura ichidagi mehnat 
    taqsimotiga asos bo’ldi. Ishchilarni manufakturada birlashtirish ishni ular o’rtasida 
    yaxshiroq taqsim qilish imkoniyatini berdi. Bunda ishchilarning bir guruhi yungni 



    Download 297,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish