1-mavzu: 1– Modul. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishning nazariy
asoslari. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va uning asosiy vazifalari
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish tushunchasining mazmuni. Avtomobil
yo‘llarini ekspluatatsiya qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Darsning rejasi:
1. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va uning vazifalari.
2. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishning ijtimoiy-iktisodiy ahamiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘i holati.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
ekspluatatsiya qilish, ijtimoiy-iktisodiy, yo‘llar tarmog‘i,
konsepsiya, transport bozori tizimi, milliy avtomagistrali.
Evroosiyo xalqaro transport bozori tizimida munosib qatnashchi bo‘lish uchun
quyidagi yo‘nalishlar tarkibiga kiradigan yo‘llarni bosqichma - bosqich qurish va
qayta
ta’mirlash, ya’ni MDX va Evropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “G‘uzor-
Buxoro-Nukus-
Qo‘ng‘irot-Baynov”, “Almata- Beshkek-Toshkent-Termiz” va
“Novoyi-Uchquduq; Fors qo‘ltig‘i” va Qora dengiz portlariga chiqishini ta’minlaydigan
“Samarqand-Navoiy-Buxoro-Olot” yo‘llari Konsepsiyadagi masalalarni bajarishda 679
km avtomobil yo‘llarini, shu jumladan 489 km xalqaro transport marshrutlari tarkibiga
kiradigan yo‘llar va 190 km davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni qurish va qayta
ta’mirlash,
I - toifadagi yo‘llarni 557 kmga, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning
umumiy
uzunligini 2743 km ga uzaytirish, shuningdek Respublika ichidagi yuk va yo‘lovchi
tashishni 60-70% ga oshirish va xalqaro va tranzit yuk tashishlarni o‘rtacha 45-55% ga
shu jumladan “Qo‘ng‘irot-Beynov” yo‘nalishida 2,5-3 baravar ko‘paytirishni ta’minlash
imkonini berdi.
Avtomobil yo‘llarini, avvalo xalqaro va davlat axamiyatiga ega yo‘llarning
transport- ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga.
Ko‘tarish, yuklar v yo‘lovchilarni tashishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha
raqobatbardosh tranzitni
amalga oshirish, xamda avriyalarni kamaytirish ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish
va yo‘l tarmog‘ini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqa. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017 - 2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, PF-4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonida, PQ-3262-sonli
“Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft konstrukstiyalash
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida, PQ-3309-sonli
“Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni
qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarorida, PQ-4035-sonli “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan
foydalanish sohasida
ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini
takomillashtirish
masalalari ustivor vazifalar qilib belgilangan.
Iqtisodiyot va aholining transportga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yoʻl
faoliyatini amalga oshirish, avtomobil yoʻllarining xavfsizligini taʼminlash, ularning
texnik darajasi va ekspluatatsiya holatini yaxshilash, avtomobil yoʻllaridan foydalanish
bilan bogʻliq
munosabatlarning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining