tarmog‘i deb xisoblanadi. Avtomobil magistrallari tormog‘ini rejalashtirishda
davlatlararo ma’muriy, madaniy va xo‘jalik aloqalarini va mamlakatning mudofaa
extiyojlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy tarmoq yo‘llari va idoralarga tegishli yo‘llar bo‘ladi, idora yo‘llariga
sanoat korxonalarining yo‘llari, jamoa xo‘jaliklarining ichki xo‘jalik yo‘llari kiradi.
Yo‘l loyihalashning umumiy tamoyillariga rioya qilinganda bu yo‘l turlaridan har biri
o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, bular transport vositalarini va tashiladigan yuklarni
hisobga oladi.
Transport vositalari ichida avtomobil transportining o‘rni
Umumiy transport vositalari orqali, ya’ni temir yo‘li, havo yo‘li, suv yo‘li,quvur va
avtomobil yo‘llari orqali xar xilxajmdagi xalq xo‘jaligi yuklarixar xil masofalarga
tashiladi, ulardan temir yo‘li ko‘p xajmda va uzoqmasofalarga tashishni o‘z zimmasiga
olgan. Bugungikunda respublika bo‘yicha transportda tashilayotgan yuklarning 80 % ga
yaqini avtomobil transporti tizimi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Avtomobil transportining
qulaylik tomoni uningeshikdan-eshikgacha xizmat ko‘rsatishidir. Avtomobil transporti
asosan 300-400 km masofada qolgan xarakat vositalariga nisbatan arzonga yuk va
yo‘lovchilarnitashiydi.Avtomobil transporti barcha turdagi transport vositalarini bir-biri
bilan bog‘laydi.