• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 940 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi297,69 Kb.
    #237896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    yevropada-ishlab-chiqarish-kuchlarining-rivojlanishi-geografik-kashfiyotlarning-shart-sharoitlari

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 940 www.ares.uz 
    -
    aholining tarkibi o’zgardi – shaharlarda burjuaziyaning salmog’i oshdi, 
    yollanma ishchilar tez ko’paya bordi, ziyolilar soni o’sdi; 
    -
    burjuaziya sonining oshishi, uning boylik to’plashi, insoniy qadr – qimmat 
    tuyg’usining rivojlanishi bu qatlamni o’z ozodligi va mulki uchun
    jamiyatda hukmronlikni qo’lga olish uchun kurashga boshladi; 
    -
    dehqonlarning shaxsiy ozodlikka erishishi qishloq xo’jaligida ham yollanma 
    mehnat va tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keldi. Ko’plab zodagonlar 
    ham endi tadbirkorlik faoliyatiga tortildi
    1

     
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Bu davrda demografik jarayonlar mazkur asrning iqtisodiy rivojlanishiga 
    sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Yevropa aholisining o’sishi ikki asr davomida (XV asrning 
    o’rtalaridan – XVII asrning o’rtalarigacha) ikki barobarga ko’paygan. Tahminiy 
    hisob – kitoblarga ko’ra, 1500–1600-yillar oralig’ida Yevropa aholisi soni 80 – 100 
    million kishidan, 180 milliongacha ko’paygan. Niderlandiya, Italiya va 
    Germaniyaning g’arbiy hudulari aholi eng zich joylashganligi bilan ajralib turgan. 
    Lombardiyada har 1 kv km.ga 80 – 200 kishi to’g’ri kelsa, Toskaniyada 50 – 80 
    kishiga to’g’ri kelgan
    2
    . Bu hududdagi shaharlarning zichligi yuqori bo’lgan, chunki 
    bu shaharlarga qishloqlardan oddiy dehqonlarning ko’chib kelishi shaharlarda 
    aholining ko’payishiga olib keldi. Neapol, Palermo, Rim, Florensiya, London, 
    Lissabon, Parij, Lion, Bryussel, Antverpen, Gamburg, Praga va boshqa ko’plab katta 
    shaharlarda aholi soni ba’zan ikki martaga ortgan va 100 mingdan ortiq kishini 
    tashkil qilgan. Bu davrda kichik shaharlarning aholisi 1500 kishidan ortmagan. Bu 
    davrdagi migratsiya jarayoni bir tomondan ishlab chiqarishda tajriba almashishni, 
    qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarishda texnologiyalarini takomillashtirish va 
    bilimlarni chuqurlashtirishni tezlashtirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, migratsiya 
    odamlarga ko’plab halokat keltirib, ularni odatiy hayotini izdan chiqargan. 
    Bu davrda iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba 
    ortirish, aholi o’rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini 
    takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilanishida ko’rinadi. 
    Kapitalistik ishlab chiqarish uchun sharoit tug’ila borgan sari mayda hunarmandchilik 
    ishlab chiqarishi o’z o’rnini yirik sanoatga bo’shatib bera boshladi. Kapitalistik ishlab 
    chiqarishning dastlabki formasi manufaktura edi. Manufaktura asosan qo’l 
    1
    Ergashev Sh. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. - T.: O’zbekiston, 2014. B. 6. 
    2
    Карпова С.П. История средних веков Том 2. – М.: Печатные традиции, 2008. С. 33. 



    Download 297,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 297,69 Kb.
    Pdf ko'rish