Windows operatsion tizimlari




Download 395,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana20.07.2024
Hajmi395,17 Kb.
#268024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
referat



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
FARG„ONA FILIALI 
 
 
 
“Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyoti” 
fakulteti Dasturiy 
injiniringi yo‘nalishi 
652-21 – guruh talabasi 
Valixonov Boburjonning 

Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash
” 
 
fanidan tayyorlagan 
AMALIY ISHLARI 
 
Topshirdi:

 
 
B.Valixonov 

 Qabul qildi: 
Asrayev.M.A 
 
 
 
Farg`ona 2023 


 
Reja: 
1.
 
Kirish
2.
 
Windowsning imkoniyatlari . 
3.
 
Windowsni chaqirish 
4.
Windows ish stoli elementlari.
5.
Hulosa 
6.
Foydalanilgan adabiyotlar
 
Kirish 
Windows (Windows
 
oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) 
firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan 
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning 
asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish 
uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar 
yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 
operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha 
varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.

MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab 
dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion 
tizimdir. 
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos 
sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, 
kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu 
bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash 
imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap 
borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz. 
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: 
– 
o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami 
qulay; 
– 
u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning 
istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 
32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin 
oshirishga erishdi; 
– 
foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator 
muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi
elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va 
hokazo; 
– 
sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega. 

Download 395,17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 395,17 Kb.
Pdf ko'rish