Meny - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir.
Meny bandlari orasida buyrug`lardan tashqari qism menyga kirish imkonini
beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich
joylashgan meny bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menysi
misolida ko`rishimiz mumkin.
Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga
bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining
tagida joylashgandir.
Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal
menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga
qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana
shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb
atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda
ochiluvchi menydir.
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
–
agar meny bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda
muloqot oynasi ochiladi;
–
agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda
qism meny ochiladi;
–
agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi
ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
–
agar meny bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi
ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib
klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu
tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
–
meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb
nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni
bajarish mumkin;
–
agar meny bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil
(alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.