Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq
kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun
ishlatiladi.
Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U
Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
Korzina (Savat)
. Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha
saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga
Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan
tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga
ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida
yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan
tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya'ni kerakli
fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham
xotirada joy egallaydi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni
sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta'minlaydi. Masalan,
Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz
Portfel dan foydalanishingiz mumkin.
Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning xabarlar tizimidir. o`rnatilgan
(belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini
ta'minlashi mumkin.
Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim
papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan
farqlanadi:
–
tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
–
Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin
kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni
bajarish mumkin);
–
ba'zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.