foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi.
Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi –
Windows dasturlararo ma'lumot almashish
imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE
(Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa
dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur
ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga
oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga
talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini
tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish
knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi),
dasturlar ustasi, ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan
foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash
Windowsning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez
bajaradi.
Windowsda 32 razradli NetBEUI, IPXPX yoki TCP/IP protokollari va NDIS yoki
ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini
qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi
qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning
uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob
beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib,
o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko`chma
kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa
xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida
ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni
soddalashtiradi.