• 3. AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash Tayanch so’zlar va iboralar
  • AutoPlay Media Studio dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun AutoRun
  • Indigo Rose Corporation
  • Visual Basic , Visual S++ , Java , Adobe Flash
  • .jpg, .bmp va .png
  • Label , Paragraph va Button
  • 2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #91589
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot AutoPlay Media Studio d
    Mustaqil ta\'lim, 10-amaliy, DARS JADVALIM, 24-мактаб пед кенгаш баённома 4, Murodullayeva Kumush Zoxidjon qizi 14-, S7, 5469461, 1-TAJRIBA MASHGULOTI MAVZU CAD TIZIMLARINING AMALIY DASTURLARINI INTERFEYSINI ORGANISH VA QOLLASH, Mavzu Qiziqarli uchrashuvlar., Документ Microsoft Office Word (2), Frazeologik birliklarning kognitiv aspektda qiyosiy tahlili, 28-maruza, 2023 мектеп улги протокол 823 устемеге


    3-AMALIY MASHG’ULOT 
    MAVZU: Texnologik ta’limida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
    AutoPlay va CourseLab dasturlarida ishlash 
    Reja
    1. Elektron va multimediyali hujjatlar yaratish texnologiyasi. 
    2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot 
    3. AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash
     
    Tayanch so’zlar va iboralar: AutoPlay Media Studio, Label, Paragraph 
    va Button, interfaol taqdimotlar, multimedia-ilovalar, Slayd-shou, Ob’ektlarni 
    formatlash, Create a new project, Open an existing project, Restore last open 
    project, dastur oynasi, Project Size. 
    Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ko’plab 
    dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay Media Studio 
    dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, 
    qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun AutoRun-menyusi hosil qilishda 
    AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. 
    Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun 
    AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson 
    va qulay interfeysni taqdim etadi. AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli 
    dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy 
    muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan 
    foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil 
    etish uchun AutoPlay Media Studio dasturiy vositasi tarkibida tayyor ob’ektlar 
    mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni 
    printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytlarni ochuvchi va ularga 
    murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funkstional ob’ektlarni kiritish mumkin. 
    Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun 
    AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar 
    zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor 
    loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 
    2015 yildan Indigo Rose Corporation (
    https://www.indigorose.com/

    kompaniyasi AutoPlay Media Studio 8.5 versiyasini iste’molga chiqardi. Dastur 
    foydalanuvchilarga ob’ektlarni o’zaro bog’lashni amalga oshirishga yordam 
    beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. AutoPlay Media Studio dasturi 
    muhitida Visual Basic, Visual S++, Java, Adobe Flash kabi qator tizimlarda 
    yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin. 
    Dastur yordamida animastiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, 
    ma’lumotlar bazasini va shunga o’xshash ob’ektlarni nafaqat tez yaratish, balki 
    ularni boshqarish ham mumkin. 
    Avtomatik 
    ishga 
    tushuvchi 
    oynalarni 
    o’zining 
    kutubxonasidagi 
    “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. 
    Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan 
    foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni SD uchun tayyorlagan holda 


    uni dasturning o’zidan turib, SD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio 
    dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. 
    Tayyor loyiha bunda *.exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv 
    ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida katalogda shakllantirilishi mumkin. 
    Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. 
    Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi ob’ektlari bilan 
    birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa, 
    matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi 
    lug’atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 8.5 ning yangi 
    versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan: 
    1. 
    Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, 
    multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish. 
    2. 
    Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animastiya, matn va 
    boshqalarni biriktira olish xususiyati. 
    3. 
    Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar. 
    4. 
    XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi. 
    5. 
    rtf-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi. 
    6. 
    Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati. 
    7. 
    Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton ob’ektining mavjudligi. 
    8. 
    Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funkstiyasi. 
    9. 
    Ob’ektlarni formatlash imkoniyati 
    10. 
    Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi. 
    11. 
    SD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 
    AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir 
    nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-rasm): 

    Download 0.85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash

    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish