Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash
oson bo`lishi uchun
piktogrammalar
(yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar
qo`yiladi. Ularni ko`pincha
ikonalar
(timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos
dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar
uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar.
hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi
ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
–
papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
–
hujjat va dastur fayllari;
–
qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning
yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan
papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Moy kompyuter
(Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan
kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya'ni,
qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga)
ulanish va kirishingiz mumkin.
Moy Kompyuter
dagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:],
boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa
kirish (Udalenniy dostup k seti).