• R = n x q x p , bu erda, R
  • Mavzu: istemol tovarlari




    Download 403,39 Kb.
    bet1/4
    Sana05.07.2024
    Hajmi403,39 Kb.
    #266644
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab Tez sarflanadigan iste’mol to


    ASOSIY QISM
    MAVZU: ISTEMOL TOVARLARI
    Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab. Baholashning turli usullari aslida ikki omildan: iste’mol qilinadigan birliklar miqdori (n) va bir birlik tomonidan iste’mol qilinadigan tovarlar miqdoridan (q) kelib chiqadi. Buning umumiy ko‘rinishi quyidagichadir:
    Q = n x q ,
    Bu erda Q - birlamchi talab (donalarda). Birlamchi talab pul ko‘rinishida mos ravishda quyidagicha ifodalanadi:
    R = n x q x p ,
    bu erda, R - umumiy tovar aylanmasi, r - tovar birligining o‘rtacha narxidir. Bu asosiy tamoyillarning turli tovar toifalariga nisbatan o‘zgarishini ketma-ket ko‘rib chiqamiz.
    Iste’mol bozori - uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning o‘z ehtiyojlari uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan, tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni:

    1. uzoq muddatli iste’mol tovarlari;

    2. qisqa muddatli iste’mol tovarlari;

    3. xizmat turlariga ajratish mumkin.

    Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni:



    1. kundalik iste’mol tovarlari;

    2. dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar;

    3. alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar;

    4. passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin.

    Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlarga kiruvchi tovarlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.



    Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish bizning mamlakatimiz aholisi uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan. Chunki dastlabki ma’muriy iqtisodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi ixtisoslashuv bevosita iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy ko‘nikmani nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarini bir muncha to‘g‘ri shakllantirishga yondashmoqdalar.
    Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish va tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim kanselyariya tovarlari, kundalik ro‘znomalar, ommabop jurnallar va hokazolarni kiritish mumkin.
    Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish jadalligiga ko‘ra ularni o‘z navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:

    1. doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar;

    2. impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar;

    favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar.


    1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar - xaridorlar tomonidan dastlabki ko‘nikmaga, odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun ko‘nikmadagi non mahsuloti turi, xo‘jalik sovuni, o‘simlik yog‘i va hokazolar. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular haqida o‘ylamaydigan, lekin uchrashi bilan xarid qilinadigan tovarlar kiradi. Masalan, saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko‘rsatuvlar dasturi bo‘lgan jurnal, ro‘znoma va shu kabilar.


    2. Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar, uy hashoratlariga qarshi dorilar, zontlar va unga o‘xshash xaridor duch kelgan sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi.


    3. Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar o‘xshash (sifat jihatidan bir-biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, navi jihatidan) xaridor didi va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi.


    Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va harakatlarni ayamaydi.
    Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa, Mersedes-bens, BMV, Volvo avtomobillarining ayrim turlari bo‘yicha ishtiyoqli xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
    Passiv talabdagi tovarlar - xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin o‘n yil ichida mamlakatimiz aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga etib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi.

    F. Kotler iste’mol tovarlari turkumiga ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini asoslaydi.



    Download 403,39 Kb.
      1   2   3   4




    Download 403,39 Kb.