|
7-laboratoriya ishi internet taqmog’ida biznes jarayonlarini tashkil etish ishning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #150936 |
Bog'liq 7 лаб IAKT tahrirlangan
7-LABORATORIYA ISHI
INTERNET TAQMOG’IDA BIZNES JARAYONLARINI TASHKIL ETISH
Ishning maqsadi: Kompyuter tarmoqlari va ulardan o‘quv jarayonida, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida foydalanish, Internet xizmatlari bilan ishlashni oʻrgatish va amaliy koʻnikma hosil qilish.
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: Internet, Tarmoq, Biznes.
Nazariy qism
Internet (lotincha: inter –aro, net –tarmoq) – standart internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IPdir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.
Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Tarmoqlar
Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog’lanishidan hosil bo’ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy oʻyinlarni oʻynash imkoniyati mavjud. 2 ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan boʻlsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Biznes
Biznes - jamiyatdagi muammolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muammo bor - ushbu muammoni qandaydir foyda evaziga (albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.
Biznes - bu doimiy ravishda oʻz ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o’ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni koʻra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat soʻroviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda boʻlishi mumkin, uni natijasi ziyon boʻlishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga oʻzini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo’rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba’zi sifatlar toʻplami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznesni muvaffaqiyatli boʻlishi uchun ichki va tashqi omillar muhim rol oʻynaydi.
Uzum Market - bu 200 mingdan ortiq mahsulotlar orasidan narxi yoki boshqa xususiyatlari boʻyicha taqqoslagan holda tanlash, shuningdek, buyurtmani ertasi kuni qabul qilish imkoniyatidir. Shunday qilib, siz mahsulotlarni tanladingiz, ularni web-sayt yoki ilovadagi savatga qoʻshdingiz, buyurtma berdingiz va uni qabul qilish joyida oldingiz.
Butun mamlakat boʻylab mahsulotlarni sotishni boshlash uchun Uzum Market platformasida roʻyxatdan oʻtish, oziq-ovqat kartalarini toʻldirish va tovarlarni Toshkentdagi omborga yoki qabul qilish punktiga yetkazib berish kifoya – va hatto kichik bozor bilan ham ishlashni boshlashingiz mumkin. Yangi boshlanuvchi tadbirkorlar va kichik biznes uchun qulay boʻlgan partiya
|
| |