9
sanoq tizimi" orqali o'zida saqlaydi. Ma'lumki, barcha qurilmalar elektr toki yordamida ishlaydi
va ma'lumotlar ham shu elektr manbai ko'magida saqlanadi. Bu uchun ikkilik sanoq tizimi
yaratilgan. Nomidan ham ma'lumki bu tizim bor yo'g'i ikki raqam,
"0" va
"1"
kombinatsiyalaridan iborat. Xotirada turli xildagi axborot ma'lumotlarini saqlash uchun shu ikki
raqamning o'zi kifoya. Xotira video, audio, matn va rasm ko'rinishidagi barcha ma'lumotlarni tok
bor hamda tok yo'q usuli bilan, 0 va 1 raqamlarini ketma-ket tartib bilan joylashtirish, ya'ni
kodlash yordamida o'ziga saqlaydi. Bu raqamlarni kodlashning
diada, triada va
tetrada usullari
mavjud. Bu mavzuni yana uzoq davom ettirish mumkin ammo, ishoning bu siz uchun unchalik
ham qiziq emas!
Ma'lumotlarni qayta tiklashdagi o'ziga xoslik
Axborotni aynan qaysi xotira qurilmasidan tiklash ham juda muhim sanaladi. Sababi, har bir
o'zida ma'lumot saqlovchi va tashuvchi qurilmaning ishlash prinsipi turlicha hamda bir-biridan
keskin farq qiladi. Biz axborotni har bir xotira qurilmasidan qanday qayta tiklash mumkinligini
alohida ko'rib chiqamiz.
Undan avval esa biz, qay holatda ma'lumotlarni qayta tiklash mumkin, qay holatda mumkin
emas ekanligini ko'rib chiqsak.