• Annotatsiya
  • Abstract
  • Yeyilgan detallarni qayta tiklash va mustahkamlash texnologiyalarining samaradorligini taqqoslash




    Download 257.61 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana02.03.2024
    Hajmi257.61 Kb.
    #165711
      1   2
    Bog'liq
    yeyilgan-detallarni-qayta-tiklash-va-mustahkamlash-texnologiyalarining-samaradorligini-taqqoslash
    Doc3, Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Chizma geometriya va chizmachilik asoslari (U.Abdullayev), Mavzu Aniqlilk, Zamonaviy kontrollerlar va sanoat kompyuterlarning raqamli va mikroprotsessorli qurilmalari, slmvWindows, report, 1-bet Kurs ishi (2), Akobir 1-2laboratoriya (2), Молия асослари фанидан 2-чи мавзуга оид саволлар, handwriting 20240226 212246 via 10015 io, 1476474739 65635, 1-илова (анкета), audi tt


    Yeyilgan detallarni qayta tiklash va mustahkamlash 
    texnologiyalarining samaradorligini taqqoslash 
     
    M.Ergashev 
    A.A.Abdukaxxarov 
    I.R.Komilov 
    T.N.Kenjayev 
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
    Annotatsiya: Ushbu maqolada yeyilgan detallarni qayta tiklash va 
    mustahkamlash texnologiyalarining samaradorligini taqqoslash to’g’risidabatafsil 
    ma’lumot keltirilgan. 
    Kalit so’zlar: yeyilgan detallar, tiklash, mustahkamlash, texnologiya 
    Comparison of the effectiveness of restoration and 
    strengthening technologies of eaten details 
    M.Ergashev 
    A.A.Abdukkasarov 
    I.R.Komilov 
    T.N.Kenjayev 
    Almalik branch of Islam Karimov Tashkent State Technical University 
    Abstract: This article provides detailed information on the comparison of the 
    efficiency of restoration and strengthening technologies of eaten parts. 
    Keywords: eaten details, restoration, strengthening, technology 
    Dunyo miqyosida bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mashinasozlik va 
    boshqa ishlab chiqarish sohalalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘zgarishlar 
    sanoatning turli sohalarida energo va resurstejamkorlikning, texnologik jihozlar
    qo‘llanilayotgan material va texnologiyalarga bo‘lgan talablarning eng samarali 
    usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Bu sohada asosiy muammolardan biri 
    qo‘llanilayotgan mexanizm, mashinalarning ishlash davrini oshirishdan iborat [1-4]. 
    Muammoni ayni paytda yechilishi mumkin bo‘lgan uchta yo‘nalishini qo‘llash 
    mumkin: 
    • mukammal bo‘lgan yangi texnologik jihoz va materiallardan foydalanish
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    773


    • qo‘llanilayotgan materiallarning texnologik va mexanik xossalarini qo‘shimcha 
    ishlov berish bilan oshirish (mustahkamligi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, 
    qattiqligi va boshqalar);
    • ishlash paytida yeyilgan detallarning o‘lchamlarini qayta tiklash, ishlovchi 
    sirtlarni mustahkamlash. 
    Bu yo‘nalishlarning uchinchisi, ya’ni yeyilgan detallarning o‘lchamlarini qayta 
    tiklash va ishlovchi sirtlarni mustahkamlash turli texnologiyalarni qo‘llash bilan 
    mustahkamligini oshirish ko‘p mablag‘ talab qilmaydi. 
    Yeyilgan o‘lchamlarni qayta tiklashda qilinadigan xarajatlar ko‘p hollarda yangi 
    detal tayyorlashga sarf qilinadigan xarajatlarga qaraganda 30-70% ni tashkil etadi. 
    O‘lchamlarni qayta tiklash usullarining turlari va imkoniyatlari sanoatning barcha 
    sohalarida qo‘llanilayotgan po‘lat va boshqa materiallardan yasalgan detallarni 
    ta’mirlabgina qolmay, ularning ishlash resursini ham oshirishi mumkin. Keyingi 
    paytlarda elektrod ishlab chiqarish hajmi va qo‘lda payvandlash va eritib qoplash 
    usulining dunyo miqyosida qo‘llanilish ko‘lami kamayib bormoqda. Usulning o‘rniga 
    mexanizatsiyalangan, avtomatlashtirilgan va robototexnik qurilmalar ulushi ortib 
    bormoqda. Qo‘llanilayotgan usullarning deyarli barcha holatlarda o‘lchamlarini qayta 
    tiklash va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, sanoati rivojlangan 
    mamlakatlarda ishlab chiqarish sohalarida detallarni ta’mirlash va mustahkamlash 
    ishlarining hajmi kamayib, o‘z funktsiyasini bajarmay qolgan detal yangisi bilan 
    almashtiriladi. Ammo hozirgi paytda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiya va 
    jihozlar, yangi materiallar tiklash va mustahkamlashning iqtisodiy tomondan 
    maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. 
    Ishlovchi sirtlarning yeyilgan o‘lchamlarining geometrik kattaliklarini qoplash 
    usuli bilan tiklash mumkin, mustahkamlovchi qoplama esa geometrik o‘lchamlarni 
    tiklash bilan birga maxsus xossalarga ega bo‘lgan material bilan qoplab, detalning 
    ishlash resursini uzaytiradi. [1-3] 
    Bugungi kunda qoʻllanilayotgan qayta tiklash usullarida bir qator kamchiliklar 
    mavjud: yoy yordamida payvandlanganda koʻp issiqlik taʼsirida tiklanayotgan 
    detallarda deformatsiyalar hosil boʻlishi, struktura oʻzgarishi; gazotermik usullardan 
    foydalanilganda qoplamaning birikish mustahkamligi past boʻlishi;ayniqsa yupqa 
    qalinlik qoplamalada yoriqlar paydo boʻlishi, choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻlishi; 
    qoplama materialining oʻziga hos xususiyatlari yoʻqolishi. 
    Ammo koʻp korxonalarda talablarga kompleks javob beradigan usullar 
    sustkashlik bilan amalga oshirilmoqda. Buning birinchi sababi hozirgi zamon 
    usullarining jihozlari va materiallari narхi nisbatan qimmatligi, ularning 
    imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olmaslik.Bu iqtisodiy omil boʻlsa yana biri inson 
    omilidir. Murakkab jihozlar maʼlum darajada mutaxassis malakaga ega boʻlishini talab 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    774


    qiladi. Malakali mutaxassisni tayyorlash va unga maosh berish oddiy mutaxassisga 
    qaraganda qimmatga tushadi.
    Keyingi paytlarda lazerlardan mashinasozlikning turli texnologik jarayonlarida 
    qo‘llanilishi tobora ortib bormoqda. Lazer texnologiyasi bilan bir paytda boshqa 
    texnologiyalar va jarayonlarni birgalikda olib borish qoplash va mustahkamlashda, 
    issiqlik bilan ishlov berishda, metallarni legirlashda va boshqa texnologik jarayonlarni 
    mukammallashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda.
    Yuzalarga lazerli texnologiyalar bilan ishlov berishning ko‘plab imkoniyat va 
    variantlari mavjud.Kam yeyilgan o‘lchamlarni qayta tiklashda keng tarqalayotgan va 
    oxirgi paytlarda e’tibor kuchaygan usullardan biri lazerli texnologiya hisoblanadi [2,4]. 
    Lazerli payvandlash va qoplashning afzalliklaridan quyidagilarni alohida 
    ta’kidlab o‘tish lozim: energiyaning yuqori konsentratsiyasi,bu eritilgan metallning 
    hajmi va termik ta’sir zonasining o‘lchamalari kichkina bo‘lishini, payvandlash qizish 
    va sovutish tezliklarining katta bo‘lishini ta’minlaydi; payvand konstruksiyaning 
    deformatsiyasi past bo‘lishi; payvand zonasini himoya qilish uchun vakuum kerak 
    bo‘lmasligi; lazer nuriga payvandlanayotgan metallning magnit maydoni ta’sir 
    ko‘rsatmasligi. 
    Yuqorida ko‘rsatiganidek, lazerli texnologiyalarning keng 
    qo‘llanmasligiga sabab u lazerlarning narxi balandligida. Chiqish quvvati 1kVt bo‘lgan 
    lazerlarga ketadigan kapital xarajat o‘rtacha 0.1 mln evro atrofida [5]. 
    1-rasm. Flyus ostida gibridli lazerli yoyli payvandlash 
    sxemasi 
    1-flyus uchun bunker; 2-kontakt mundshtugi; 3-flyus; 
    4-suyuq metall vannasi; 5-shlak qoplami; 6-payvand 
    choki metalli; 7-payvandlash simi; 8-yoyning yonish 
    zonasi; 9-geliy uzatish soplosi; 10-bug‘-gaz kanali; 11-
    erigan flyus; 12-chiqib ketayotgan plazma va metall 
    bug‘lari; 13-ajratib turuvchi plastina; 14-lazer nuri 
    Respublikada mashinasozlikda texnologik jihozlar, avtomobillar, tog‘-kon 
    texnikasi, energetika va qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi texnikaning turli rusumi 
    va modellari nomeknlaturalari ko‘payib bormoqda. Ko‘rsatilgan sohalarda jihozlarni 
    sifatli ta’mirlash texnologik bazalari hozircha yetarli emas. Bu holat texnikaning ishchi 
    holatini saqlab turish uchun ketadigan sarf-harajatlarni ko‘paytiradi, ta’mirlashda 
    mavjud bo‘lgan jihozdan foydalanib nomutanosib usullar qo‘llaniladi yoki yangi 
    ehtiyot qism sotib olishga to‘g‘ri keladi. Yangi sotib olingan ehtiyot qismlar esa kapital 
    ta’mirlashga ketadigan sarf-harajatlarning 45-65 % ini tashkil etishi mumkin.Qoplash 
    usullari turlariga ko‘ra qoplash xarakteristikalari 2-jadvalda ko‘rsatilgan. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    775


    2-jadval 
    Qoplash usuli 
    Bir 
    o‘tishda 
    qoplash, 
    mm 
    Ish unumdorligi 
    kg/soat 
    Qoplamaning 
    minimal qalinligi, 
    mm 
    Qoplash 
    tezligi, 
    m/soat 
    Qoplama 
    materiali 
    sarfi 
    Lazerli payvandlash va 
    qoplash 
    0,1-3,0 
    1,5 gacha 
    0,2 
    30-150 
    0,85-0,95 
    Himoya gazlar muhitida MIG, 
    MAG 
    3,0-5,0 
    1,5-9,0 
    2,0-3,0 
    20-60 
    0,93 
    Plazma yordamida 
    0,3-6,0 
    12,0 gacha 
    1,0-2,0 
    1,0-5,0 
    0,9 
    Gazlar yordamida purkash 
    0,3-3,0 
    0,5-3,0 
    1,5 
    1-20 
    0,75 
    Qo‘lda dastakli payvandlash 
    2,0-5,0 
    0,5-3,0 
    2,0 
    20 gacha 
    0,74 
    Elektrokontaktli usulda 
    qoplash 
    0,1 
    0,4 
    0,1 
    1,0-1,2 
    0,99 
    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kapital ta’mirlash paytida qayta tiklash usullari 
    bilan 40-60 % detalni yaroqli holatga keltirish mumkin, ba’zi hollarda bu ko‘rsatkich 
    80% ni tashkil etadi. Detallarning o‘lchamlarini qayta tiklash samaradorligini quyida 
    keltirilgan formula bilan aniqlash mumkin [3]: 
    𝐶
    𝑇
    + 𝐸
    𝑛
    ∙ 𝐾
    𝑠𝑜𝑙
    𝑇
    𝑇

    𝐻
    𝑦𝑎
    𝑇
    𝑦𝑎
    , 
    bu yerda 
    𝐶
    𝑇
    + 𝐸
    𝑛
    ∙ 𝐾
    𝑠𝑜𝑙
    - qayta tiklash uchun ketgan to‘liq harajat; 
    𝐶
    𝑇

    detalni 
    o‘lchamlarini qayta tiklash tannarxi; 
    𝐸
    𝑛
    - samaradorlikning normativ koeffisenti; 
    𝐾
    𝑠𝑜𝑙
    - solishtirma kapital mablag‘; 
    𝐻
    𝑦𝑎
    - yangi detalning narxi; 
    𝑇
    𝑇
    - qayta tiklangan 
    detalning ishlash muddati; 
    𝑇
    𝑦𝑎
    - yangi detalning ishlash muddati, (soatda). 
    Ishlash resursining asosan qayta tiklangan detalarning va almashtirilmasdan 
    qoldirilgan detallarning ish davri uzunligi bilan belgilanadi. Shunga yarasha ta’mirlash 
    oralig‘i vaqti, almashtiriladigan detallarning sarfi o‘zgaradi.Ta’mirlash paytida qayta 
    tiklangan detallarning ishlovchi yuzalari yangi yoki qayta tiklangan detallarning 
    ishlovchi yuzalari bilan xarakatlanuvchi birikma xosil qilishi mumkin. Izlanishlari 
    bo‘yicha yangi va qayta tiklangan detallarning birga ishlashida jihozning ishlash 
    resursi 10÷55% gacha kamayishi mumkin. [6] 
    Texnologik jihozlar va mashinalarning ta’mirlash sifatini oshirish va 
    ta’mirlashning qiymatini tiklash bilan uzviy bog‘liq.Qayta tiklangan detallarning 
    ishonchliligi va konstruktiv-texnologik tavsiflari va o‘lchamlarni aniq ta’minlash 
    ta’mirlangan jihoz yoki mashinaning sifat ko‘rsatkichlarining asosiy omillaridan 
    bo‘ladi. 
    Rossiya ilmiy tadqiqot markazining (ГОСНИТИ) ma’lumotlari bo‘yicha 
    avtomobil, traktor va ko‘p texnologik jihozlarning ta’mirlashga kelgan detallarning 
    ishqalanish yuzalari yeyilishi 0.1-0.5 mm bo‘lishi aniqlangan. Kam yeyilgan bunday 
    o‘lchamlarni qayta tiklash ma’lum texnologiyalar bilangina detalga katta ta’sir 
    ko‘rsatmasdan amalga oshirish mumkin. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    776


    Ko‘p olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, yangi texnologik 
    jihozning faqat qiymatinigina hisobga olmay, yana qo‘shimcha ravishda jihozning 
    ishlash paytida ketadigan harajatlar, ishlab chiqarish unumdorligi, qayta tiklangan 
    detalning tannarxi va ishlash resursini alohida hisobga olish kerak bo‘ladi. 
    Iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yeyilishi 0.5 mm gacha bo‘lgan 
    detallarni qayta tiklashda yuzalarni xrom bilan qoplash usuli bir qancha afzalliklarga 
    ega. Xrom bilan qoplangan yuza qattiqligi, yeyilishga, korroziyaga va issiqqa chidamli 
    bo‘ladi. Bu yo‘nalishda galvanik usulda qoplashning yana bir yo‘nalishi - temir va 
    uning qotishmalari bilan qoplash texnologiyasi ham rivojlanib bormoqda. Ichki yonuv 
    dvigatellarining silindri yuzalarini xrom bilan qoplash ularning ishlash resursini 2 
    martagacha oshirish, yog‘ ushlovchi xalqalarning ishlash muddatini yonuvchi-
    yog‘lovchi materiallar tarkibida oltingugurt bo‘lgan taqdirda ham 3 barobarga oshishi 
    aniqlangan. Ayniqsa gidroabraziv sharoitda ishlovchi gidravlik tizimlar boshqaruvchi 
    elementlar detallarini xrom bilan qoplash ularni ishonchli ta’mirlash imkonini beradi 
    [7,8].
    Yeyilgan o‘lchamlarni qayta tiklashda yana bir yo‘nalish - bu elektrokantakt 
    usulida qoplash usuli. Texnologik jihozlarning oddiyligi, sim va tasma shaklidagi, 
    hamda kukun holida bo‘lgan materiallardan foydalanish imkoniyati keng bo‘lgan bu 
    usul ham ta’mirlash korxonalarida yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Sababi hali 
    texnologik jarayonda bo‘ladigan struktura o‘zgarishlari, qoplash mustahkamligi
    texnologik rejimlarning to‘liq o‘rganilmaganligi [9,10,11].
    Elektrokontakt usulida qoplovchi materiallarning fizik, mexanik va kimyoviy 
    xossalari saqlanib qolishi ta’mirlash ishlarining sifatini oshirishda muhim ahamiyatga 
    ega. An’anaviy usullar bilan turli xildagi metallarni ajralmas birikma hosil qilish qiyin 
    yoki maxsus qurilmalardan foydalanish kerak bo‘ladi. Elektrokontakt usulida esa 
    bunday birikmalarni istalgan turdagi metallardan hosil qilish mumkin.
    Yuqorida ko‘rsatilgan omillarni hisobga olgan holda detallarning o‘lchamlarini 
    qayta tiklash texnologiyasini tanlashda quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
    1. Qayta tiklash texnologiyasini tanlashda qoplanadigan sirtning qalinligini, 
    bajariladigan ishlarning umumiy hajmi, qoplash materiali va energiyaning minimal 
    bo‘lishiga e’tibor berish kerak. 
    2. Sarf-xarajatlarning qiymati va tiklangan detallarning ishlash resursi 
    qoplamaning sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlash asosida tanlanishi maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. 
    3. Yuqori texnologiyalarga asoslangan lazerli texnologiyalar ko‘p seriyali ishlab 
    chiqarishda yoki boshqa usullar maxsus materiallar bilan qoplash imkoniyatini 
    bermagan hollarda samarali bo‘ladi.
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    777



    Download 257.61 Kb.
      1   2




    Download 257.61 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yeyilgan detallarni qayta tiklash va mustahkamlash texnologiyalarining samaradorligini taqqoslash

    Download 257.61 Kb.
    Pdf ko'rish