|
Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash
|
bet | 1/17 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 58,94 Kb. | | #126894 |
Bog'liq Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash
Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash
Reja
Kirish
I.BOB. Avtomabilni ijaraga olish tizimi
1.1. Avtomabilni ijaraga olish tizimi korxonalari haqida
1.2. Umumiy axborot
II.BOB. Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash. Amaliy qism
2.1. Yetkazib berish va avtomobilni joyiga chiqib qaytarish 2.2. Ishdan tashqari vaqtda xizmatlarni taqdim etish
2.3.Ilova
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
Telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda.Davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda,buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda.
Elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-do‘konlar, to‘lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‘xtatib turilishining sabablaridan biri bo‘lmoqda.Davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta’minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, ma’lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o‘zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash zarur.
Davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kerak.
Zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish,kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha texnologiyalarning qo‘llanishini tartibga solishda ishtirok etish,axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‘llash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega.Tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o‘z it-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
|
| |