• I.BOB. Avtomabilni ijaraga olish tizimi 1.1. Avtomabilni ijaraga olish tizimi korxonalari haqida
  • Nima uchun tuziladigan shartnomalarda iste’molchilar huquqlari hisobga olinmaydi
  • Avtotransport ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzishda qanday huquqbuzarliklar aniqlangan
  • Iste’molchi avtotransportni ijaraga olayotganda yana nimalarga e’tibor berishi lozim
  • Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash




    Download 58,94 Kb.
    bet2/17
    Sana22.12.2023
    Hajmi58,94 Kb.
    #126894
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash

    Mavzuning dolzarbligi.
    Bugungi kunga kelib ko`plab internet magazinlar rivojlan-moqda.Foydalanuvchilarga saytga kirish noqulayliklarni yaratmoqda, hamda ko`plab foydalanuvchilarda mobil qurilma mavjud.Bu esa foydalanuvchilarga ask qotadi.Shuni oldini olish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqarilmoqda.
    I.BOB. Avtomabilni ijaraga olish tizimi
    1.1. Avtomabilni ijaraga olish tizimi korxonalari haqida
    Respublika boʻyicha jabrlangan iste’molchilar soni 830 tani, zararning umumiy summasi 5,5 mlrd soʻmdan ortiq miqdorni tashkil etadi. Avtomobilni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish yoki lizing хizmatlarini koʻrsatish orqali foyda olish bilan shugʻullanuvchi ayrim tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati ustidan shikoyat qilgan iste’molchilarning murojaatlari soni shunchaga yetdi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurot XAITMETOV bunday vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish usullari haqida batafsil gapirib berdi.
    Nima uchun tuziladigan shartnomalarda iste’molchilar huquqlari hisobga olinmaydi?
    – Shartnoma tuzishda ushbu shartnoma turi qandayligini – keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish yoki lizing ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir. Bundan kelib chiqib tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi belgilanadi.
    Kompaniya iste’molchiga roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etishi lozim. Iste’molchining talabiga koʻra shartnoma notarial tasdiqlanmagan taqdirda, qat’iy aytish mumkinki, tuziladigan shartnoma lizing hisoblanmaydi. Lizing ob’yektiga doir sugʻurta shartnomasining mavjud emasligi ham shandan dalolat beradi.
    Shartnoma tuzishda tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini sinchiklab oʻrganib chiqish lozim. Amaliyotda noinsof kompaniyalar shartnomada faqat avtotransport vositasini oladigan iste’molchining javobgarligini koʻrsatadilar, bu esa ular zarar koʻrishlari, хatto avtomobildan mahrum boʻlishlariga olib keladi.
    Avtotransport ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzishda qanday huquqbuzarliklar aniqlangan?
    – Boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi shartnomani, shuningdek avtotransportni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan bir qator punktlarning «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga nomuvofiqligi aniqlangan:
    1) boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi shartnomalarda transport vositalarining toʻliq qiymati belgilanmagan, shuningdek boʻnak toʻlovi belgilanadigan avtomobilning qiymati koʻrsatilmagan. «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq iste’molchilar tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqida ishonchli va toʻliq ma’lumot olishga haqlidirlar.
    2) Boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi shartnomada iste’molchilardan ijaraga olish uchun hujjatlarni toʻplash, tayyorlash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun iste’molchilardan shartnoma summasidan foizlar undirish nazarda tutilgan. Shuningdek quyidagi хarajatlarni – yoʻl jamgʻarmasiga toʻlovlar, notarial хarajatlar, ob’yektni sugʻurtalash, teхnik pasportni roʻyхatdan oʻtkazish хarajatlari, schyot-ma’lumotnoma, bank хarajatlari, DAN (garaj) хarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar undirilishi toʻgʻrisidagi band mavjud. Ushbu хarajatlar qisman takrorlanadi, bu esa Qonunning 21-moddasi ikkinchi qismiga ziddir, unga muvofiq ijrochi qoʻshimcha хizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan хizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
    3) belgilangan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmaganligi yoki umuman bajarilmaganligi uchun tashkilot toʻlaydigan neustoyka qiymati qayd etilmagan (Qonun 19-m.).
    4) shartnoma shartlari ba’zida iste’molchilar avtomobilni ijaraga beradigan kompaniyaga tobe boʻlib qoladigan, хatto rahbarining kayfiyatiga bogʻlanib qoladigan holatlarga ham tushirib qoʻyishi mumkin.
    Iste’molchi avtotransportni ijaraga olayotganda yana nimalarga e’tibor berishi lozim?
    – Aldanib qolgan iste’molchilar bir necha oy davomida adolat oʻrnata olmagach, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qildilar. Koʻpincha noinsof tashkilotlar shunday usulni qoʻllashadiki, bunda boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi shartnoma bir firma bilan, avtomobil ijarasi boʻyicha shartnoma keyinchalik sotib olish sharti bilan boshqa firma bilan tuziladi. Bunda birinchi va ikkinchi firmalar bitta muassisga tegishli boʻladi. Bu nafaqat qonunni qoʻpol ravishda buzish, balki iste’molchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish va fuqarolarning iste’molchilik huquqini tiklash jarayonini ancha murakkablashtiradi.
    Bundan tashqari, tashkilot tomonidan avtomobil belgilangan muddatda iste’molchiga berilmagan yoki toʻlovchining foydasiga qayta hisob-kitob qilinmasdan pasaytirilgan qiymat boʻyicha boshqa avtotransport vositasi taqdim etilgan holatlar ham uchrab turadi. Shuningdek dastlabki toʻlovni toʻlab, bir necha oy mobaynida (shartnoma boʻyicha 120 ish kuni) va’da qilingan avtomobilning berilishini kutayotgan iste’molchiga tashkilot shartnomada qayd etilmagan talablar boʻyicha yuqori qiymatdagi avtomobillarning uchtasidan birini tanlashni taklif etgan holatlarga duch kelinmoqda.
    Avtomobilni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olib aldanib qolgan iste’molchidan dastlabki murojaat oʻtgan yilning yanvar oyida kelib tushgan boʻlsa, bugungi kunda noinsof tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatidan jabr koʻrgan iste’molchilarning soni 830 nafarga yetdi. Agentlik iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va ularga 5,5 mlrd soʻmdan ortiq miqdorda koʻrilgan zarar summasini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

    Download 58,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 58,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomabilni ijaraga olish tizimini loyihalash

    Download 58,94 Kb.