1-amaliy mashg’ulot
Xotira qurilmalariga ma'lumotlarni yozish tartibi va asosiy
parametrlari
Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash
mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd qilish, saqlash va operator
izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi.
Asosan integral
mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda
axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish,
magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning
magnit xossasini
oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush
tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa
amallar bajariladi.
Xotira
qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat
boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam
qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar
alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira
qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod
matritsalar, perfolentalar va
boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar
va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi
birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira
qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
Inson miyasi eng mukammal Xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109
ga yakin asab hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira
hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi.
Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan
xotiradan oladi va natijalarni unga qayd qiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni
"oʻqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida
undan bevosita foydalanib
turadi. Ana shu maxsus operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari
operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan
kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT,
Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta boʻlsa, lokal tarmoqlar (internet,
elektron pochta — Email) da ishlashi mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ
xotira orasiga qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar
ana shu xotiraga kayd kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS
(doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter
qurilmalarini
tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter
qurilmalariga xizmat koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron
texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali
foydalanish tufayli
sigʻimi inson miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga
muvaffaq boʻlindi.
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani
saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi:
•