Keyingi tashqi xotira qurilmasi bu –
elektr saqlash qurilmasidir. Bu xotira
qirilmasida ma’lumotlar, mikrosxemalar orqali yaratilgan va programmalashtirilgan
xotirada saqlanadi.
Bunga misol, flesh-xotiralardir(fleshka).
Bu qurilmalar
kompyuterga
USB port orqali ulanadi. Qurilmaning o’lchamlari
kichik va hajmi
hozirgi kunda
64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning
asosiy parametri hajmidan
tashqari ma’lumotlarni o’qish va yozish tezligi hisoblanadi. Ma’lumotlarni yozish
va o’qishda hech qanday dasturlarning keragi yo’q va ishlatish juda soddadir. Flesh
xotiralarni sotib olishda pulingizni ayamasdan o’sha paytdagi eng katta hajmliligini
sotib olavering, sababi bu xotira qurilmasi juda katta tezlikda o’z
hajmini
kattalashtirib yubormoqda.
Nazorat savollari
1. Xotira qurilmalariga misollar keltiring?
2. Xotira qurilmalari ishlash asosini tushuntiring?
3. Xotira qurilmalari turlarini ayting?
4. Magnit saqlash qurilmalariga misollar ayting?
5. Optik saqlash qurilmalariga qanday qurilmalar kiradi?