Xotira qurilmalariga ma'lumotlarni yozish tartibi va asosiy parametrlari Xotira qurilmasi




Download 87,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.11.2023
Hajmi87,25 Kb.
#106032
1   2   3
Bog'liq
1 Amaliy mashg\'ulot Xotira qurilmalariga ma\'lumotlarni yozish tartibi

Magnitli saqlash qurilmasi. 
• 
Optik saqlash qurilmasi. 
• 
Elektr saqlash qurilmasi. 
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash 
vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar 
magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha 
turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) 
foydalanishadi. 
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi: 
— Qattiq disklar(HDD). 
— Egiluvchan disklar(floppi disk). 
— Magnit lentalar. 


Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish 
mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. 
Hajmi ham xar hil bo'ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta 
bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni 
o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq 
disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai 
oladi. Bu turi katta hajmdagi ma'lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi. 
Egiluvchan disklar hozirgi kunda kamayib ketgan. 1.44 Mb hajmga ega bo'lib, 
ma'lumotlarni bir necha martta o'qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik ishonchli 
emas, magnit plyonkalar ham yupqa bo'lib, juda tez ishdan chiqish ehtimoli katta. 
Tashqi ta'sirlarga umuman bardoshli emas. 
Keyingi magniitli saqlash qurilmasi bu – magnit lentalardir. Bular asosan 
server kompyuterlar bilan ishlaganda kerak bo'ladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni 
arxivlash yoki nusxasini olish jarayonida ishlatiladi. O'qish va yozish tezligi 
unchalik katta emas, lekin uzoq vaqt davomida saqlash uchun mo'ljallangan. 
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu 
disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi. 
Optik disklarni quyidagi turlari mavjud: 
— Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD, DVD. 
— Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R. 
— Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW. 
CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma'lumotlarni 
o'zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o'qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-

Download 87,25 Kb.
1   2   3




Download 87,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xotira qurilmalariga ma'lumotlarni yozish tartibi va asosiy parametrlari Xotira qurilmasi

Download 87,25 Kb.
Pdf ko'rish