• II.BOB.MASALNI O’QISH METODIKASI
  • XULOSA
  • Mundarija: kirish I. Bob. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot




    Download 121,5 Kb.
    bet1/9
    Sana11.01.2024
    Hajmi121,5 Kb.
    #134784
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mavzu “O\'qish darslarida masal o\'tish uslubiyati mundarija kir


    MUNDARIJA:

    KIRISH………...……………………………………………………..………7
    I.BOB.BADIIY ADABIYOT JANRLARI HAQIDA MA’LUMOT
    1.1. Adabiy janrlar…………………………………………………………….8
    1.2. Adabiyot janrlari……………………………………………………...…..9
    1.3.Masalning tuzilishi va uning turlari……………………………...………12
    II.BOB.MASALNI O’QISH METODIKASI
    2.1. Masal haqida……………………………………………………………15
    2.2. Adabiyot nazariyasida masal....................................................................17
    2.3. Bolalar uchun eng qiziqarli masallar…………………………………....21
    XULOSA........................................................................................................35
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.................................36

    KIRISH
    Boshlang’ich sinflarda Masalni o’rganishda bolalarni Masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (Masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar Masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular Masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, Masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masal tili ustida ishlaganda, o’quvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli iboralar, badiiy vositalar o’quvchilarga mustaqil toptiriladi: o’quvchilar o’qituvchi bergan gap yoki iborani Masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, SHukur Sa’dullaning “Laqma it” Masalining tili ustida ishlash jarayonida o’qituvchi “Qish kelib sovuq boshlandi. Bo’ron turdi” gaplarini beradi, o’quvchilar gaplarini topib aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif tuzish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it” Masalini o’qiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning to’g’riso’zligi muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli Masallarni rollarga bo’lib o’qish, inssenirovka qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir.


    Download 121,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 121,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish I. Bob. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot

    Download 121,5 Kb.