Estrada janri Estrada




Download 127.4 Kb.
Sana15.03.2024
Hajmi127.4 Kb.
#172876
Bog'liq
Estrada janri
Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish, Ona tili 7-sinf 1 63

Estrada janri
Estrada (ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — 1) keng maʼnoda — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda — sahnaviy professional sanʼat turi. Rossiya va boshqalar baʼzi mamlakatlarda E., Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq boʻlsada, u muayyan (tijoratommabop) sanʼat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. E.ning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan E. konsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (soʻz ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat boʻlib, ifoda vositalarining loʻnda va yorqinligi, oʻziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda boʻlishi bilan ajralib turadi. E. tomoshalari baʼzan konferansye birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada E. tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda oʻtkazilgan. Ularda soʻz ustalari, qoʻshiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, koʻzbogʻlovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, felyeton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, E. (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va E. qoʻshigʻi, koʻpgina sirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qoʻgʻirchoqbozlar chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.
Oʻzbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida boʻlgani kabi) E.ning rivojlanishi quyidagi koʻrinishlarda boʻlgan: bir tomondan unda anʼanaviy sanʼat namunalari sahna talablariga moslashtirib oʻzgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya anʼanalariga asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turgʻunboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston E.si chet el sanʼati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada orkestri, myuzikxoll)ni oʻzlashtirishi bilan boyidi. 1956-yildan Oʻzbek estrada teatri, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada birlashmasi (1996-yilgacha) faoliyat koʻrsatgan.
Hozirda Oʻzbekistonda E. sanʼatini rivojlantirish, E. jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "Oʻzbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. E. oʻquv yoʻnalishi sifatida maxsus taʼlim tizimiga kiritilgan. 1996-yildan Toshkent estrada kolleji, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar sanʼat (musiqa) oʻquv yurtlarida E. ftlari faoliyat koʻrsatmoqda (yana qarang Miniatyuralar teatri, Ommabop musiqa).
Yalla — oʻzbek folk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solisti — Farrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.
Download 127.4 Kb.




Download 127.4 Kb.