O’zbek estrada san’atining rivojlanish jarayoNI




Download 197.15 Kb.
Sana15.03.2024
Hajmi197.15 Kb.
#173225
Bog'liq
Estrada musiqasi 4 sem
Sanoat binolari va binolariga qo, semenar, Lok va buyoqlar, intefaol metoddoc, 1-Amaliy mashg\'ulot Choynak yopqich, 111, 1, Psixologiya (B.Umarov), Документ Microsoft Word, Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf, 2-k Chizma geometriya bilet, Estrada, Аброрники оҳирги варианти, Rangtasvir (S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova), Hisobot Xudayberdiyeva

O’ZBEK ESTRADA SAN’ATINING RIVOJLANISH JARAYoNI

XIX asrning ikkinChi yarmidan boshlab Turkiston o’lkasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan kontsert guruhlari va restoranlarda tashkil etilgan estrada ansambllari rusiyzabon aholiga xizmat qilar edilar. Ular tufayli «estrada», «estrada kontserti», «estrada san’ati» kabi atamalar ishlatiladigan bo’lib qoldi. Ushbu anhana sobiq sovet davrida ham, mustaqil respublikamizda ham davom etmoqda. Hamma davrda restoranlarda ishlagan estrada guruhlarining dasturlarini, repertuarini davr muhitiga moslagan holda jahon xalqlari hamda kompozitorlarning qo’shiq va Cholg’u-raqs musiqalaridan tuzish anhanaga aylangan.


XX asrning 20-30-yillarida O’zbekistonda tashkil etilgan «Ashula va raqs guruhi», «Mashshoqlar to’dasi», «Musiqiy etnografik ansambl»larning xalq ommasiga ko’rsatgan tomoshalarini «kontsert», «estrada kontserti» deb ehlon qilish asta-sekin odat tusiga kirdi. SHu davrdan boshlab «kontsert», «estrada», «ansambl» kabi atamalar o’zbek tili lug’atida qo’llanilmoqda. Masalan, O’zbekiston xalq artisti, hofiz Muhiddin Qoriyoqubov sozanda, xonanda va raqqosalardan tashkil qilgan jamoani «Musiqiy etnografik ansambl» deb atadi, ko’rsatiladigan tomoshani «kontsert» deb ehlon qilindi.
1927 yili mashhur san’atkor, kelgusida O’zbekiston xalq artisti Ali Ardobus (Ibrohimov) o’sha davrda respublikamizning birinChi poytaxti Samarqand shahrida yosh havaskorlardan tuzgan «Ko’k ko’ylaklar» nomli ansamblning xalqqa tomosha ko’rsatishini «estrada kontserti» deb ehlon qilingan. Ushbu jamoaning kontsert dasturida mashshoqlar guruhi, yakka ijroChi sozanda va xonandalar, bir ovozli xor jamoasi, yakka va ommaviy raqs ijroChilari, badiiy shehr o’quvChi suxandon yoki shoir, aski yaChilar, nayrangbozlar hamda ayrim tsirk artistlari ishtirok etardilar.
Mazkur jamoaga mashhur nayChi san’atkor Tolibjon Sodiqov (kelgusida O’zbekiston xalq artisti, kompozitor, O’zbekiston kompozitorlar uyushmasining birinChi raisi) musiqa rahbari etib tayinlangan edi. G’ijjakChi Doni Zokirov va nayChi Manas Leviev sozanda sifatida yordamChi lavozimlarda birga ishladilar. Ansamblning 87 nafar ahzolari orasida N. Hasanov, F. SHamsuddinov, A. Jo’raev, I. Oqilov, M. Halilov, O. Halimov, A. To’xtamatov, J. Obidov, M. Ziyoev, M. Kalantarov, V. Abdullaev kabi havaskorlar faol qatnashar edilar, ular kelgusida tangiqli san’atkorlar bo’lib yetishdilar. XX asrning 20-30-yillarida «Ko’k ko’ylaklar» ansamblining repertuar dasturi va ijroChilik uslublari «estrada kontserti» talabiga mukammal javob berardi. Albatta, ansambl ishtirokChilarining barChasining ham ijroChilik savi yasi talabga javob bera olmasdi, shu sababli ulardan ayrimlari boshqa sohalarga o’tib ketishi holatlari ham bo’lgan. O’sha vaqtda professional mutaxassis rahbarlar yetishmas edi.
yana bir misol: 1940 yili mashhur maqomChi (kelgusida O’zbekiston xalq artisti) Hojixon Boltaev sozanda, xonanda va raqqosalardan tashkil qilgan jamoani «Xorazm viloyat milliy estrada ansambli» nomi bilan atadi. Aslida, bu ansambl ijroChilik uslubi, repertuari bilan estrada san’atining birorta ham turiga o’xshamas edi. CHunki bu guruh asosan o’zining anhanaviy ijroChilik uslubi bilan maqom va folg’klorni targ’ibot qilardi. O’sha davrda bo’nday musiqa jamoalari mavjud bo’lgan. Keyingi yillarda respublikamizda anhanaviy ijroChilik yo’nalishida tashkil qilingan jamoalarni «Ashula va raqs ansambli», «MaqomChilar ansambli», «Folg’klor ansambli» deb atash anhana bo’lib qoldi.
O’zbekistonda haqiqiy, zamonaviy milliy estrada san’atini tashkil qilish va rivojlantirishga o’zbek xalqining faxri, O’zbekiston xalq artisti (kelgusida SSSR xalq artisti) Tamaraxonim (1906-1987) tamal toshini qo’ydi. Bu yorqin tug’ma istehdod sohibi bo’lgan san’atkor o’zining ijroChilik ijodiy faoliyatini atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy Turkiston harbiy okrugi komissiariatining buyrug’i asosida 1919 yilda tuzgan «Vostok» nomli agitbrigadada boshladi. 1921 yil dvomida Toshkent shahar rus balet maktabida o’qidi. 1922 yilda xalq hofizi, kelgusida O’zbekiston xalq artisti Muhiddin Qoriyoqubov Tamaraxonimni o’zi tuzgan ashula va raqs ansamblga ishga taklif qildi. Mazkur ansamblda faoliyat ko’rsatayotgan o’zbek musiqa san’atining ulug’ namo yandalari Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq SHakarjonov, Hojisiddiq Islomov, To’xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov kabi ustozlar yosh Tamaraga o’zbek va boshqa xalqlarning qo’shiq, lapar, yalla va raqslarini o’rgatishdi. U ish jarayonida o’zining professional mahoratini o’stirib bordi. 1924-1925 yillarda Moskva shahar teatr texnikumida tahsil oldi. 1925 yilda uning hayotida unutilmas voqea sodir bo’ldi. O’sha yili Parijda o’tkazilgan jahon xalqlari amaliy san’ati ko’rigining kontsert dasturida M. Qoriyoqubov bilan birga qatnashib, o’zbek xalq qo’shiq, lapar, yalla va raqs namunalarini namoyish qilib tomoshabinlarni lol qoldirganliklari to’g’risida matbuotda ko’p maqolalar Chop etildi. Ana shu birinChi o’zbek «qaldirg’oChlari» Parij sahnasida betakror san’atlarini mohirona ko’rsatib, olqishlarga sazovor bo’ldilar. SHuni aytib o’tish joizki, Tamaraxonim ustozi, O’zbekiston xalq artisti, doiraChi Usta Olim Komilov bilan hamkorlikda o’zbek xalqining qadimiy quvnoq va lirik, jozibali qo’shiq va raqslariga yangiCha jilo, bezak, zamon talabiga mos keladigan yangiCha mazmun va ruh berib, ularni boyitdilar. ya’ni, qo’shiq, lapar, yallalarni raqs harakatlari bilan uzviy payvasta qilib, yakka raqs jilolarini boyitgan holda tuzilgan nomer va kompozi tsi yalarni shiddatli usulda ijro etib, tomoshabinlarni maftun qildilar. Tamaraxonimning boy repertuaridagi «Oyijon», «Bo’g’maxa bilagim», «Tanavor», «Oromijon», «Dilxiroj», «Farg’onacha jonon», «Yali- yali», «Gulyor», «Rang-rum-rang», «Zavq», «Tasadduqman», «Ro’molim», «Oh, yorey»(uyg’urcha), «Yana nima gaplar bor», «Joney» yoki «Olmani otdim otganga», «Qoraqosh», «La’li Badaxshon», «Ililla yor», «Sanam uforisi», bastakor P. Rahimovning «Jon, jon O’zbekiston», «Bizning davron» kabi qo’shiq, yalla, laparlar hamda «Zang», «Sadr», «Gul o’yin», «Pilla», «G’ayratli qiz», «Uyg’urCha raqs», «BuxoroCha raqs», bastakon Orif Garmon(Toshmatov)ning «Andijon polg’kasi» kabi raqslar ommalashib, mashhur bo’lib ketdi. Tamaraxonim ustozlar Usta Olim Komilov, To’xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umurzoqov va boshqalar bilan hamkorlikda ulug’ san’atkor Muhiddin Qoriyoqubov 1926 yili Samarqandda tashkil qilgan etnografik ansamblning repertuarini boyitdi va xalqqa xizmat qildi. U 1930 yili Butunittifoq olimpiadasida, 1932 yili O’zbekistonda o’tkazilgan olimpiadada, 1935 yili Londonda o’tkazilgan Jahon xalqlari raqs san’ati festivalida va 1937 yili Moskvada bo’lib o’tgan birinChi O’zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasida faol qatnashib, o’zbek musiqa san’atini dunyoga tanitdi.
1940 yilda O’zbekiston davlat filarmoni yasining tarkibida Tamaraxonim o’zining nomi bilan atalgan «Tamaraxonim» milliy estrada ansamblini tuzdi. Mazkur jamoada dastlab Po’latjon Rahimov (musiqa rahbari), G’afur Solihov, Ayub Qodirov, Ergash SHukurlaev, kompozitor va kontsertmeyster A. M. CHetvertakovlar faol ishladilar. Sobiq Sovet Ittifoqida juda mashhur bo’lib ketgan bu ansambl, ayniqsa 1941-1945 yillardagi IkkinChi jahon urushi frontlarida jasorat ko’rsatdi. Tamaraxonim o’z ansambli bilan urushning birinChi kunlaridan to g’alaba onlarigaCha turli frontlarda jangChilarga, gospitallarda davolanayotganlarga yuzlab ajoyib kontsert tomoshalarini namoyish etdi. Bu xizmatlari uChun «kapitan» harbiy unvoni, orden va medallar bilan taqdirlandi. Turli xalqlarning qo’shiq va raqslaridan tuzilgan boy repertuarli bu ansambl qatnashChilari betakror san’atlari bilan insoniy vatanparvarlik burChlarini yuqori darajada ado etdilar.
Urushdan keyingi yillarda «Tamaraxonim» estrada ansambli o’z ishini davom ettirdi. XX asrning 60-70 yillarida mazkur ansamblь tarkibida G’afur Azimov, Safo Bakaev, Ahad Dadajonov, Said Kenjaev, O. Nikitin (akkordeon), Ergash Toshmatov, Rabbim Hamdamov, To’xtamurod Qoriev (konferansg’e), I. I. Fomenko (fortepiano), S. Yu. Qoraqosh (fortepiano), M. M. SHabadash (fortepiano), Il ya Mallaev, Saidjon Kalonov, V yaCheslav Yoqubov (akkordeon) va boshqa sozandalar Tamaraxonim bilan birga ishlab, respublikamizda ilk bor estrada san’atini rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shdilar. «Tamaraxonim» ansambli yillar davomida juda boy, rang-barang reperturi bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Uning repertuari 86 ta dunyo xalqlarining qo’shiq va raqslaridan iborat edi. Tamaraxonim o’z repertuariga kiritgan har bir qo’shiq yoki raqsning milliy xususi yati, liboslariga katta ahamiyat berardi. SHu asosda uning qo’shiq, raqs va milliy liboslarni uyg’unlashtirilgan holdagi ijrosi jahon amaliyotida katta yangilik bo’ldi. Uning boy, turfa repertuaridan yuqorida tilga olinganlardan tashqari yana ko’plab qo’shiq va raqslar o’rin oldi. Masalan, «O’zbekCha valg’s», « yaxshi gul» (P. Rahimov musiqalari), «Go’zal Farg’ona» (M. Burhonov musiqasi), «Mohi gul» (D. Soatqulov musiqasi), «Toshkent piyolasi» (K. Jabborov musiqasi), «Qo’qonCha lapar», «Erta bilan», «Marg’ilonCha lapar», « yallama yorim», «PomirCha lapar», «Guli xandon», «Farg’onaCha raqs», «BuxoroCha raqs-2», «Mavrigi», «Xorazm lazgisi», «Tom boshida», doira jo’rligida o’zbekCha raqslar, turkmanCha lapar «Bibijon», mo’g’ulCha lapar «Arvin tavni sara» (« yangi oy»), gruzinCha lapar «Nikoh to’yi»(raqsi bilan), ozarbayjonCha lapar «Doyma dedi» («Eshikni taqirlatma»), qirg’izCha lapar «Parizod oy», armanCha qo’shiq «Zangezur» va «Kim kela yapti», tatarCha lapar «GarmonChi suda, suda», va «Jiznikay», yoqutCha lapar «Kurules Kyuregom» («Bahor kunlari»), qozoqCha lapar «Qora to’rg’ay», uyg’urCha lapar «Qoshingni qorasi», hidCha laparlar «Paglaxavar» («SHamol»), «Suri ya asta» («Hosil») va «Mudji me dji» («Nilufar»), turkCha laparlar «Yor, yor omon» va «Gulizor», indonezi yaCha laparlar «Qaydasan qo’ziChog’im», «CHando» («Aks-sado»), arabCha lapar «Binti shalabi ya» («Xumor ko’zlar»), yaponCha lapar «Andzu-Banday-san» («Banday tog’i»), afg’onCha lapar «SHirin zabon», koreysCha laparlar « yansando» («CHo’pon o’yini») va «Toradi» («To’quvChi»), ispanCha «Torero» va boshqa xalqlarning qo’shiq va raqslarini tabiiy tarzda, anhanaviy milliy ijroChilik harakatlarini musiqa ohangi bilan uyg’unlashtirib, ifodali plastika bilan bezab, mazmunini Chuqur shaxsiy keChinmalar bilan mohirona ijro etishi har qanday tomoshabinlarni lol qoldirardi. Tamaraxonimning ijroChilik mahorati, uslubi estrada san’atida o’ziga xos maktabdir. Bu maktabni yaratishda yuqorida tilga olingan ulug’ o’zbek san’atkorlari, qolaversa kundalik hayot unga ustozlik qildilar. Uning betakror san’atidan butun dunyo xalqlari bahramand bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Darhaqiqat, u butun hayoti va ijodiy faoliyatini o’zbek va dunyo xalqlari san’atiga baxshida etdi. Tug’ma istehdod sohibasi Tamaraxonim respublikamizda milliy estrada san’atini bunyodga kelishida va O’zbekistonda teatr va musiqa madaniyatining ilk rivojlanish jarayoniga ulkan hissa qo’shdi va musiqa san’ati olamida Chuqur iz qoldirdi.
O’zbekistonda Yevropa uslubidagi estrada san’atining turli xillari XX asrning 40-yillaridan boshlab, yuqorida zikr qilingan Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga kelgan estrada orkestrlariga taqlid qilgan holda, rusiyzabon san’atkorlarning tashabbusi bilan respublikamizning yirik korxonalari madaniyat saroylarida paydo bo’ldi. Ushbu jamoalar uChta saksafon va klarnet, ikkita truba, ikkita trombon, akkordeon, fortepiano, urma Cholg’ulardan iborat edi. Bunday estrada guruhlari birgina Toshkentda emas, balki respublikamizning viloyatlarida ham paydo bo’ldi. Tomoshabin-tinglovChilar bunday jaz estrada musiqasini bir xil qabul qilmadilar. Bahzilar yangi musiqaning paydo bo’lishini Chin dildan mahqullasalar, ko’pChilik yoqtirmadi va bu G’arb g’oyasining targ’ibot qilinishi deb baholadilar. SHunga qaramay, bu yangilik sekin-asta rivojlana bordi. SHu bilan birga, 1940 yil Toshkent shahridagi M. Gorg’kiy nomli madaniyat va istirohat bog’ining yozgi binosida M. Jolkov rahbarligida «Myuzik xoll» estrada jamoasi tashkil topdi va tez orada mashhur bo’lib ketdi. Ushbu jamoaning kontsert dasturi turli xalqlarning musiqasi va rus sovet kompozitorlarining musiqalaridan tuzilgan edi. Jamoaning taklifiga binoan, unga yordam sifatida Tamaraxonim o’z ansambli bilan bir neCha bor ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etdi. Mazkur jamoa IkkinChi jahon urushi yillari moli yaviy qiyinChilik sababli, O’zbekiston hukumatining 1942 yil 24 iyun 38-qaroriga asosan O’zbekiston davlat filarmoni yasi tarkibiga o’tkazildi. 1948 yilda jamoa ayrim sabablarga ko’ra tarqalib ketdi.
1941 yilda Ukrainaning Lg’vov shahridan ko’Chib kelgan 35 nafar sozandalar va xonandalardan iborat jaz orkestr (badiiy rahbar Genrix Bars-Varshavskiy va direktor M. A. Rudni tskiy) O’zbekiston hukumatining 1942 yil 3 martdagi qaroriga asosan respublikamiz mintaqalarida joylashgan Polg’sha davlatining general Andersen qo’mondonligidagi armi ya safiga o’tkazildi.
O’zbekiston davlat filarmoni yasi tarkibida 1942 yil 17 sent yabrda B. F. Grinev rahbarligida 7 nafar sozanda, xonanda va bir nafar raqqosa ishtirokida estrada ansambli tuzildi. O’sha yilning 29 okt yabrida I. V. PeCherin rahbarligida ham estrada ansambli tashkil topdi. Mazkur ansamblda Orlik – xonanda, Kudr yashev – akkordeon, Broxis – fortepiano, SHavinskiy va SHavinskaya – ksilofonchilar, Gluxov, Yermashev va Malishevalar – raqqosalar ishlashdi. Ushbu ikki estrada jamoalari front brigadasi tarkibida 1945 yilning may oyigacha frontda jangChilarga xizmat qildilar.
1944 yili Samarqand davlat musiqa maktabi o’qituvChisi N. Zinin «Simfo-jaz orkestr» tuzdi. 35 kishidan iborat mazkur jamoa ahzolari asosan professional sozanda va xonandalar bo’lib, repertuar dasturi esa asosan rus sovet kompozitorlarining 30-40-yillarda mashhur bo’lgan Qo’shiq va Cholg’u musiqalaridan hamda Tamaraxonim repertuaridagi « yallama-yorim», «Ganji Qorabog’» va «Andijon polg’kasi»dan (o’z aranjirovkalarida) iborat edi.
XX asrning 50-60-yillarida respublikadagi ayrim kinoteatrlarda tomosha ko’rsatish oldidan estrada jamoalari tomoshabinlar uChun kontsert berishardi. Masalan, musiqashunos-sozanda, akkordeonChi D. SHtern rahbarligidagi estrada orkestri asosan damli Cholg’u asboblar bilan birga fortepiano va akkordeondan tashkil topgan bo’lib, bu jamoa Toshkentdagi «Iskra» kinoteatrida kontsertlar uyushtirardi, xonandalar esa taklif qilinar yoki shartnoma asosida ishlashardi. Mazkur orkestrning repertuarini rus sovet kompozitorlarining qo’shiq va Cholg’u musiqasi tashkil qilar edi. «Vatan» nomli kinoteatrdagi D.M.Sokolov rahbarligida tashkil etilgan estrada orkestri quyidagi musiqachilardan tashkil topgan edi: D.M.Sokolov – fortepiano va aranjirovkaChi, V. F. KapChevskiy – truba, G.Spodnik – truba, Li Aleksey – trombon, SH.Isanboev – saksafon, V.SHumullovich – saksafon, S.Yoqubov – saksafon va akkordeon, A.SHaganov – fortepiano, V.BoCharov – zarbli Cholg’ular hamda xonanda. Orkestrning yakkaxonlari: Lidi ya SkuratoviCh, Leva Pinxasov, Larisa Turish. Mazkur orkestrning repertuari boy bo’lib, unda rus sovet, xorij kompozitorlarining asarlari bilan bir qatorda o’zbek kompozitorlaridan M.Levievning «Valg’s»i, «TinChlik uChun» qo’shig’i, S.Yudakovning «Jon O’zbekiston», «Karnaval valg’si» qo’shiqlari va «QoraqalpoqCha rapsodi yasi», X.Izomovning «Qahramon qizlar», «Tashken tskoe nebo» qo’shiqlari, bastakor M. Mirzaevning «Valg’s»i va uning mashhur qo’shiq va kuylari asosida D.M.Sokolov aranjirovka qilgan «Popurri» va Orif Garmonning «Andijon pol’kasi» asarlari bor edi. Ushbu orkestr respublikamizda estrada san’atini rivojlantirishda samarali hissa qo’shdi va tarixda iz qoldirdi.
1954 yilda O’zbekiston davlat filarmoni yasi tarkibida mashhur sozanda, klarnetChi SHavkat Isanboev «Estrada kvarteti» nomli ansambl tuzdi. Bu ansamblda V.S.Savranskiy – akkordeon, V.Sveshnikov – gitara, Ye.Reznik – kontrabas va xonanda Ol’ga Bardina (kelgusida mashhur opera xonandasi) faol ishladilar. Gastrol vaqtida shartnoma asosida rus, o’zbek xonanda hamda raqqosalarni taklif etishardi. Mazkur ansamblning boy va rang-barang repertuaridan sobiq sovet va Chet el kompozitorlarining qo’shiq va raqs musiqalari, qayta ishlangan o’zbek xalq kuylari hamda o’zbek kompozitorlarining asarlari keng o’rin olgan edi. Ushbu estrada jamoasi tez orada mashhur bo’lib ketdi, yillar davomida respublikamizning barCha viloyatlarida, qo’shni respublikalar shaharlarida estrada san’atini targ’ibot qildi. 1954-1957 yillar davomida muntazam Rossiya, Ukraina, Belorussi ya, Boltiq bo’yi respublikalarida zamonaviy o’zbek estrada musiqasini namoyish qildi. Ushbu professional estrada jamoasi respublikamizda zamonaviy estrada san’atining rivojlanish jarayonida unutilmas iz qoldirdi, ayrim sabablarga ko’ra 1961 yilda tarqalib ketdi.
Sobiq SSSRda 1954 yildan boshlab estrada san’atiga kun sayin e’tibor oshib borgani sababli Ittifoq respublikalarida ham shu holni kuzatish mumkin edi. O’sha yili O’zbekiston Hukumatining 1954 yil 2 fevraldagi qaroriga binoan «O’zbek davlat estradasi» deb nomlangan maxsus tashkilot tashkil etildi. O’zbek filarmoni yasi tarkibidagi estradaga tegishli barCha ijodiy jamoalarni, yakka xonanda, sozanda raqqosalarni O’zbek davlat estradasi tarkibiga o’tkazildi. yangi tashkilotning direktor lavozimiga atoqli shoir va jamoat arbobi Kamtar Otaboev, direktor o’rinbosari lavozimiga G. Krilov, Bosh badiiy rahbar lavozimiga pianinoChi-sozanda I. I. Fomenko tayinlandilar. Ular zimmasiga respublikamizda zamonaviy estrada san’atini rivojlantirish, yangi ijodiy jamoalar tashkil qilish, ularning ish faoliyatini takomillashtirish va repertuarlarini sobiq sovet mafkurasi g’oyasiga javob bera oladigan musiqa asarlari bilan boyitish vazifalari yuklatildi. Buyruqqa asosan «Tamaraxonim» ansambli, M. Turg’unboeva rahbarligidagi Xalq ashula va raqs ansambli, uning ahzolari: G. Rahimova, Boruxova, K. Aliev, Isaxo’jaev, Sodiqov, Tojixo’jaev va L.Da ts (fortepiano), xonanda va sozandalar; G’.Abdurahmonov rahbarligidagi Milliy estrada ansambli, uning ahzolari: Q.Komilov – sozanda va bastakor, D.Mirxoliqov – sozanda, X.Yusupov – sozanda, M.Markov – akkordeon, G.Sayfulina – kontrabas, Ol’ga Kogay – xonanda, A.Dvoskin – fortepiano, I.Oqilov va M.Oqilova hamda R.Tanguriev – raqqoslar; yuqorida nomi zikr qilingan SHavkat Isanboev rahbarligidagi estrada kvarteti.
1954 yilning yanvarida filarmoni ya qoshida yuqori malakali dirijyor, pianinoChi-sozanda D.M.Sokolov rahbarligida tashkil etilgan estrada orkestri: Yu.Rukol’ – skripka, kontsertmeyster, E.Rukolg’ – skripka, A. Gol’f – skripka, R.Kaminskiy – skripka, A.Barash – skripka, V.SHusier – fleyta, N.Mesn yankin – saksofon, klarnet, V.Vesikov – saksafon, klarnet, A.Filatov – saksafon, A.Frolov – saksafon, P.Talaevskiy – truba, G.Spodik – truba, A.Li – trombon, A.Levinskiy – trombon, A.Portnov – kontrabas, B.BoCharev – zarbli Cholg’ular, A.SHaganov – fortepiano, S.Zonenberg – akkordeon, A.Dvoskin – kompozitor-aranjirovkaChi, xonandalar Ol’ga Kogay, Ye Galg’perin, G.Solovg’ev, M.To’xtaeva, N.Yoqubova, R.Qurbonova (laparChi), ikki nafar raqqosa va konferans’elar O’zbek davlat estradasi tarkibiga o’tkazildi. 1954 yil 1 dekabrda tashkilotning Bosh badiiy rahbari I.I.Fomenko lavozimidan bo’shatilganda uning o’rniga kompozitor SH.A.Ramazonov ishga tayinlandi. Uning maslahati bilan estrada janriga mansub bo’lmagan ayrim xonanda va sozandalar 1955-1956 yillarda O’zbek filarmoni yasi tarkibiga o’tkazildi. Masalan, M.Turg’unboeva 1955 yilda o’z ansambli bilan O’zbek davlat estradasi tarkibidan Chiqib, O’zbekiston davlat filarmoni yasi tarkibida «Bahor» raqs ansamblini tuzdi. Kelgusida mazkur ansambl filarmoni ya tarkibidan Chiqib, o’zining ma’muri yati bilan alohida «Bahor» davlat xoreografik ansambli sifatida faoliyat yurita boshladi. Raqs sohasida bu ansambl yuqori natijalarga erishib, butun dunyoda mashhurlikka erishdi va davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
1954 yil boshida Toshkent viloyatidagi dong’i Chiqqan «Politotdel» kolxozida yoshlardan tashkil topgan «CHen-CHun» nomli ansambl tuzildi. Mazkur ansambl o’zining ilk kontsert dasturini o’sha yili 8 mart kuni kolxozChilarga namoyish qildi. Tez orada ansamblning ijroChilik savi yasi o’sib, tamoshabinlarning sevimli jamoasiga aylandi. Bu jamoa yillar davomida respublikamizning barCha viloyatlarida, qardosh respublikalarda ko’plab kontsertlar berdi, butunittifoq va xalqaro anjumanlarda faol qatnashdi. Bu ansambl asosida 1956 yil 9 okt yabrda O’zbek davlat estradasi tarkibida Koreys estrada ansambli tashkil topdi. Kompozitor Pak Yendin – badiiy rahbar, Li Nikolay – musiqa rahbari lavozimlariga tayinlandilar. Ansamblning dastlabki ahzolari: Li Nikolay – skripka, Kim Nikolay – skripka, Kogay Fedor – skripka, Pan Gennadiy – akkordeon, Yun Peter – klarnet, Pak Grigoriy – klarnet, T yan Dmitriy – truba, Li Aleksandr – truba, An Mixail – trombon, G.Vasg’kovskiy – trombon, P.Ershov – zarbli Cholg’ular, Kim Pavel, Kim Dmitriy, Van Yuliana, Kim Mariya – xonandalar, Em Vera – xonanda va konferans’e. Ansambl kontsert dasturini asosan koreys xalq musiqasi, sobiq sovet kompozitorlarining qo’shiq va Cholg’u musiqasi, shuningdek ansambl ishtirokChilari ijod qilgan asarlardan tayyorlab, xalqqa xizmat qildi. Ish jarayonida ayrim ijodiy nuqsonlar bo’lganligi sababliPak Yendin va Li Nikolay 1957 yil 3 iyulda berilgan buyruqqa binoan lavozimlaridan ozod etildi. Ansamblning ijroChilik mahoratini oshirish, repertuarini yangilash, mehnat intizomini mustahkamlash uChun, vaqtinCha bir yil ishlab berish sharti bilan shartnoma asosida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar: Ol’ga Kogay – badiiy rahbar, A.Dvoskin – musiqa rahbari va aranjirovkaChi lavozimlariga tayinlandilir. Ular bu ansamblning ijodiy savi yasini ko’tarishga erishdilar. Mazkur ansambl kelgusida uzoq yillar faoliyat ko’rsatdi va xalqqa xizmat qildi. XX asr 80-yillarining birinChi yarmida ayrim ijodiy va moli yaviy sabablarga ko’ra ansambl tarqab ketdi. Bunga yana bir sabab shu vaqtning o’zida «Politotdel» kolxozida faoliyat ko’rsatib kelayotgan havaskorlik «CHen-CHun» vokal-Cholg’u ansambli 60-yillardayoq professional darajaga ko’tarilgan va undagi musiqaChilarning maoshi koreys ansambliga nisbatan baland edi. Ko’pgina yetuk mutaxassis sozandalar «CHen-CHun» ansambliga o’tib ketdilar. Lekin ushbu ansambl ham XX asr ikkinChi yarmisiga kelib inqirozga uChradi va tarqab ketdi. Mazkur ikki ansambl respublikamizning ko’p millatli musiqa madaniyati tarixida unutilmas iz qoldirdi.
1957 yilning yozida Moskva shahrida jahon yoshlari va studentlarining VI xalqaro festivali tantanali ravishda bo’lib o’tdi. Mazkur festivalga tayyorgarlik ko’rish jarayonida O’zbekiston sobiq komsomollar Markaziy Qo’mitasi, viloyat tashkilotlari bilan birgalikda respublika miqyosida yosh san’atkorlardan «Yoshlik» deb nomlangan ikki guruh tuzildi: birinChisi Milliy estrada ansambli – badiiy rahbari Ye.V.Frank, musiqa rahbari Zarafshon Sodiqov va ikkinChisi Estrada ansambli (rusCha guruh) – badiiy rahbari Ye.V.Frank, musiqa rahbarlari, kompozitorlar V.Dement’ev va E.SH.Salihovlar tayinlandilar. Bu ansamblning sozandalari: E.Salihov – akkordeon, V.SveChnikov – gitara, X.Xalilov – klarnet, Malikov – fleyta, Ye.Reznik – kontrabas, V.V.Dementg’ev – fortepiano va ba yan; yakkaxon xonandalar: B. Zokirov, L.Zokirova, N.Zokirov, O.Bardina, F.Sodiqova, R.Nomozov, L. TSelepidis, F.Ashurova, A.Qozoqov, I.Sarabekova, N.Eshonxo’jaeva; raqqosalar: F.Eshonxo’jaeva, R.Qurbonova, I.Aleksandrova. Xonanda va raqqosalarning ijrosiga ansambllardan biri jo’r bo’lardi. Bulardan tashqari, malakali sportChilar aka-uka Asatur yanlar va T.Xoldorovlar ham kontsert dasturida faol qatnashardilar. Yoshlik, do’stlik, tinChlik mavzusida tuzilgan va tasdiqlangan rang-barang dastur asosida O’zbekiston yosh san’atkorlari o’z san’atlarini jahon yoshlari oldida namoyish qildilar va festival diplomiga sazovor bo’ldilar. Kontsert dasturini sahnalashtirishda mashhur rejissyorlar A.Ginzburg va Yu.StepChuklar yordam berdilar. Kontsert dasturini mohir so’z ustalari V. GineviCh, B. Nasritdinov, l, Karakasadov va Yu. Golg’dmanlar olib bordilar. Dasturga kiritilgan qo’shiq, Cholg’u va raqs musiqalarini E. Salihov va V. Dementg’evlar bastalagan.
Mazkur kontsert dasturida ilk bor xonanda Botir Zokirov estrada sahnasiga qadam qo’ydi va shu zahoti yalt etib ko’zga ko’rindi. Uning ajoyib, noyob tembi, betakror ovozi barCha tinglovChilarni maftun qildi. Ushbu festival uning san’atga bo’lgan munosabatini, qolaversa taqdirini butunlay o’zgartirib yubordi. Ma’lumki, u aslida otasi, O’zbekiston xalq artisti, opera teatrining yakkaxoni Karim Zokirov kasbini egallash ni yatida Toshkent davlat konservatori yasining akademik xonandalik fakulg’tetida tahsil olar edi. Estrada san’ati uni o’ziga rom qildi. O’sha yili B. Zokirov o’qishini konservatori yadan Toshkent davlat teatr va rassomChilik institutiga ko’Chirdi va o’qishni shu yerda bitirdi.
1958 yilda O’zbekiston Madaniyat vazirligining buyrug’iga asosan O’zbekiston davlat estrada jaz orkestri tashkil qilindi. Orkestrning badiiy rahbari lavozimiga O’zbekiston xalq artisti, kompozitor SH.A.Ramazonov, musiqa rahbari lavozimiga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, kompozitor A.A.Dvoskin va direktor lavozimiga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, musiqashunos T.Jumaevlar tayinlandilar. Mazkur orkestrga ilk bor quyidagi sozandalar ishga taklif qilindilar: A.KravChenko, M.Rustambekov, B.Saydullaev va N.Slezkin – skripkaChilar; A. Mansurov, A. Xavkin – violonChelChilar; S. Nurmuhamedov – fleyta; V. SveChnikov – gitara; SH. Isaboev, Yu. Isxakov, A. Karimov, I. Babashkin – saksafon va klarnetChilar; G. Spodnik, V. Kaptaevskiy – trubaChilar; Li Aleksandr, A. Fran tskeviCh – trombonChilar; D. Sokolov – fortepiano; I. Mallaev – tor; B. Gushin – zarbli Cholg’ular. Bu Cholg’ulardan tashqari rubob (tor), Chang va doira sozlari ham kiritildi.
Orkestrga quyidagi xonandalar ishga taklif qilindi: Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Olg’ga Kogay, Bahrom Mavlonov, Elmira Urazbaeva. Jamoa tarkibida bir guruh raqqosalar ham bor edi. Orkestrning shakllanish jarayonida repertuarni boyitish va jamoaga yordam berish uChun Moskvadan atoqli kompozitor va aranjirovkaChilar yan Frenkelg’ va Aleksandr Nesterov vaqtinCha ishga taklif qilindi. SH. Ramazonov va A. Dvoskin ular bilan repertuar xususida fikr alashib, bir guruh o’zbek kompozitorlari bilan uChrashuvlar o’tkazishni, xonanda va raqqosalar uChun estrada uslubida qo’shiq va raqs musiqalarini yaratishda yordam berishlarini iltimos qildilar. Bu ijodkorlar orkestr repertuarini shakllantirish ustida, yosh xonanda va raqqosalar bilan ularning ijrolarini mehyoriga yetkazishda jiddiy va muntazam ish olib bordilar.
Mazkur orkestrning zoxiriy ko’rinishi, tuzilishi yuqorida zikr etilgan Leonid Utyosov rahbarligidagi mashhur Estrada jaz orkestr – Big-bendga o’xshab ke tsa ham, lekin undan ijroChilikning uslubiy yo’nalishida milliy muay yanlik, ruhiy koloriti bilan ajralib turardi. ya’ni orkestr rahbarlari faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab o’z tamoyillarini milliy uslubiy yo’nalishga asoslanib belgilab oldilar. Ana shu tamoyilga binoan orkestr dasturini tuzishda o’zbek va boshqa sharq xalqlarining musiqa folg’kloridan foydalanib, ularni ko’p ovozli uslubda aranjirovka qilish, O’zbekiston kompozitorlarining turli mavzularda yaratgan qo’shiq va musiqalari bilan repertuarni boyitish kabi maqsadlarga erishdilar. Buni ko’plab misollarda ko’rish mumkin.
1959 yil fevral oyining 2-14 kunlari Moskvada o’tkazilgan O’zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasi dasturida A. Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri va barCha ijroChi jamoalar qatori O’zbekiston estrada jaz big-bend orkestri ham ilk bor tayyorlagan katta dasturi bilan faol qatnashdi. Kontsert shoir E. Vohidov so’ziga kompozitor SH. Ramazonov yaratgan «Salom Moskva» va «Qutlaymiz» qo’shiqlari bilan xonanda Bahrom Mavlonov (kelgusida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist) ijrosida boshlandi. Kontsert dasturida quyidagi qo’shiq va Cholg’u musiqalari jarangladi: Luiza Zokirova ijrosida kompozitorlar SH. Ramazonov va A. Nesterov bilan hamkorlikda qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shiqlari «Namanganning olmasi» va «Ey mehribonim» (birinChi ijro), Botir Zokirov ijrosida kompozitor M. Burhonovning «Maftun bo’ldim» (T. To’la so’zi), Misr kompozitori Farid el Etroshning «ArabCha tango» va «Xayr, muhabbat» va singlisi bilan duet bo’lib ijro etilgan hindCha qo’shiq gulduros qarsaklar bilan kutib olindi va ularga shuhrat keltirdi. Orkestr dasturida aytib o’tilgan qo’shiqlardan tashqari Olg’ga Kogay va Elmira Urazbaevalarning o’zbek va rus tillarida ijro etgan qo’shiqlari va kompozitor yan Frenkelning orkestr uChun maxsus yaratgan «Kuz» nomli pg’esasi ham olqishlarga sazovor bo’ldi. Umuman mazkur orkestr muvaffaqiyat qozondi, uning to’g’risida ijobiy maqolalar Chop etildi va o’sha yili orkestr Rossiyaning bir neCha yilik shaharlarida gastrolda bo’ldi. Sobiq SSSRda O’zbekiston estrada orkestri mashhur bo’lib ketdi.*****
Orkestrning bunday muvaffaqiyatga erishishining sababi shundaki, u ilk ijodiy qadamidan boshlab jahonda mavjud bo’lgan jaz orkestrlarining tuzilishi va uslubiy yo’nalishlariga ko’r-ko’rona taqlid qilmay, o’z milliy uslubiy yo’lini topishga harakat qildi, izlandi, ijobiy natijalarga erishdi, o’ziga xos zamonaviy milliy estrada jaz orkestr sifatida o’zini ko’rsata oldi. U ko’p qirrali, rang-barang, xilma-xil repertuari va noyob ovozli yosh estrada xonandalarining ijrolari bilan tomoshabinlarni maftun qildi. Orkestrning kontsert dasturida maxsus jaz Cholg’u musiqa va jaz orkestriga xos bo’lgan improviza tsi ya kam bo’lganligi hamda qo’shiq janriga, milliy musiqa usuli va koloritiga aranjirovkada muhim ahamiyat berilganligi sababli «SHarqona ashula jazi» degan ibora ham paydo bo’ldi. Bularning hammasi milliy estrada uslubini izlab topish yo’lidagi muay yan bosqiCh bo’lib qoldi.
Mazkur orkestr 1959 yil Toshkentda o’tkazilgan Osiyo va Afrika yozuvChilarining «Bandung ruhi» nomli xalqaro konferen tsi ya qatnashChilariga bag’ishlab ikkinChi, maxsus yangilangan kontsert dasturini tayyorladi va namoyish qildi. Ushbu kontsert dasturida asosan o’zbek, hind, xitoy, arab, indonezi ya, eron xalqlarining orkestr jo’rligida qayta ishlangan qo’shiqlari keng o’rin oldi. Ayniqsa, B. Zokirov ijrosidagi «ArabCha tango», afg’on xalq qo’shig’i «O, karvonboshi», Eron taraqqiyparvar jamoat arbobi Xusrav Ruzbex nohaq hibsda yotgan vaqtida bastalagan «Maro bebus» nomli qo’shiq, meksikanCha «Xayr muhabbat» kabi qo’shiqlar hamda o’zbek xalq qo’shiqlari asosida yan Frenkel yaratgan «Fantazi ya» orkestr ijrosida jarangladi. Umuman kontsertning har bir nomeri konferen tsi ya qatnashChilarida katta taassurot qoldirdi. Ushbu dastur bilan orkestr respublikamizning barCha viloyatlarida hamda sobiq SSSR shaharlarida zamonaviy o’zbek estrada san’atini keng targ’ibot qildi va ulkan muvaffaqiyat qozondi.
1962 yil 17 iyuldagi sonida «Sove tska ya kulg’tura» gazetasi O’zbekiston estrada orkestrini tanqid ostiga oldi. Unda shunday deyiladi: «O’zbekiston estrada orkestri Ittifoqimizda eng mashhur jamoalardan biri. Uning ijroChilik mahorati baland. Lekin orkestrning uslubiy yo’nalishi haqiqiy jaz orkestri big-benddan uzoqlashishi sezilmoqda, Chunki orkestr rahbariyati repertuarni boyitishda sharq xalq qo’shiqChiligi bilan haddan ortiq qiziqib, ularni ko’p ovozli musiqa vositalari bilan uyg’unlashtirish bilan birga orkestr ularga jo’r bo’lish bilangina Chegaralanib qolmoqda. SHu sababli repertuarda jaz orkestr uChun maxsus yaratilgan Cholg’u musiqasi va original qo’shiqlar yetarli emas. BizningCha, orkestr rahbarlari O’zbekiston va qardosh respublikalarning kompozitorlari ijodiga muhim ravishda ehtibor bermay, ularni jalb qilmay qo’ydilar. O’ylaymizki, orkestr rahbariyati va jamoasi ijobiy xulosa Chiqaradilar degan umiddamiz». Ushbu maqoladan orkestr rahbariyati to’g’ri xulosa Chiqarib, kelgusida repertuarni boyitishda kompozitorlarga murojaat qila boshladi va jaz orkestrning bilimdoni, kompozitor va mohir aranjirovkaChi Anatoliy Kroll va dirijyor Yevgeniy Jivaevlar ishga taklif qilindilar. Orkestrning sozandalari bir munCha yangilandi1, istehdodli yosh xonanda va sozandalar taklif etildi. A. Kroll qisqa vaqt ishlashiga qaramasdan big-bend orkestrining har bir Cholg’u guruhini ijro sadolarini mukammal ravishda, ravon va sifatli jaranglashishiga va orkestrning uslubi yo’nalishiga katta ehtibor berdi hamda jamoa rahbariyati va kompozitorlar bilan hamkorlikda yangi dastur tuzishda ishtirok etdi. yangi dasturda quyidagi asarlar orkestr, xonanda va raqqosalar ijrosida jarangladi: orkestr ijrosida: M. Mirzaev va yan Frenkellarning «Bahor valg’si», A. Nesterov va A Malaxovlarning o’zbek xalq kuyi « yallama yorim» asosida yaratilgan musiqali hajviy pg’esa, M. Mirxoliqov ijrosidagi o’zbek xalq doira usullari; xonanda L. Zokirova ijrosida «Ey mehribonim», tojik xalq qo’shig’i «Azoblar adog’i», «Namanganning olmasi», hind kinofilg’midan «Ax» va misr xalq qo’shig’i «O, ko’zlarimdan uyquni olib qoChgan»; xonanda F. Oleneva ijrosida V. Fl yarkovskiyning «Stang’ takim, kak ya xoChu» va L. L yadovning « ya o sChastg’e poyu» (G. Xodosov so’zlari); sozanda-trubaChi I. Burko ijrosida kompozitor Ye. Jivaevning «Truba uChun pg’esasi»; xonanda va konferansg’e V. GileviCh ijrosida V. Konsonning «Znakomstvo s orkestrom» va «Pogovorim o jeno’inax» ( ya. Pri tsker so’zlari) hamda ya. Ziskindning «Obo’iy yazqk» qo’shiqlari; xonanda Naufal Zokirov ijrosida X. Izomovning «Qahramon qizlar» (M. Qoriev so’zi) va negrCha «16 tonn» qo’shiqlari; xonanda Yu. To’raev ijrosida SH. Ramazonov va A. Dvoskinlarning «Toshkent haqida qo’shiq», Sabodashning «MariChka», X. Izomovning «Toshkent osmoni»; xonanda B. Zokirov ijrosida suri yali bastakor O. Atxulla Sulaymonning «O’tgan kunlar uChun yig’layman», Z. SHohidiy va Ter-Osip yanlarning «Muhabbat», eron xalq vatanparvar qo’shig’i «Meni o’p», S. Yudakovning «Lirik valg’s» qo’shig’i, bengal qo’shig’i «Sening ovozingni men hamma yoqda eshitaman», livan qo’shig’i «O, gul» va M. Burhonovning «Maftun bo’ldim» qo’shig’i; raqqosa K. Yusupova ijrosida xorazmCha raqs «Larzon» va M. Ashrafiyning «Dilorom» operasidan «ArabCha raqs»; raqqosa E. Rasulho’jaeva ijrosida o’zbekCha raqs «O’yinqaroq qiz» kabi Cholg’u musiqa, qo’shiq va raqslardan iborat dasturni orkestr tomoshabinlarga havola qildi. Orkestr Toshkentda, respublikamiz viloyatlarida, Ukraina, Belorussi ya, Litva, Latvi ya, Estoni ya va Leningrad shahrining Estrada teatri binolarida yangi dasturi bilan kontsert Chiqishlari qildi va olqishlarga sazovor bo’ldi.
Misol sifatida 1963 yilning sent yabr oyida Leningrad estrada teatri binosida Botir Zokirov rahbarligidagi O’zbekiston davlat estrada orkestri bergan kontsert dasturini keltiramiz:
I bo’lim

  1. M. Mirzaev, yan Frenkelg’ «Bahor» orkestr ijro etadi

  2. Luiza Zokirova ijrosida o’zbek xalq qo’shig’i «Ey mehribonim»

tojikCha qo’shiq «Kone ts muCheniy»
o’zbek xalq qo’shig’i «Namanganning olmasi»

  1. M. Mirxaliqov doirada O’zbek xalq musiqa usullarini ijro etadi

  2. V. Konson «Znakomstvo s orkestrom» V. GileviCh ijro etadi

  3. « yallama yorim» A. Nesterov va A. Malaxov qayta ishlagan, orkestr

ijro etadi

  1. V. Konson va ya. Pri tsker «Pogovorim o jeno’inax» V. GileviCh ijro

Etadi

  1. L. L yadova « ya o sChastg’e poyu» (sl. G. Xodosova) va

  2. V. Fl yarkovskiy «Stang’ takim, kak ya xoChu» F. Oleneva ijro etadi

  3. E. Jivaev «Pg’esa dl ya trubq s orkestrom» D. I. Burko ijro etadi

  4. X. Izomov «Qahramon qizlar» va negr qo’shig’i «16 tonn» N. Zokirov

ijro etadi

  1. O’zbek raqsi «O’yinqaroq qiz» E. Rasulxo’jaeva ijro etadi

  2. A. Dvoskin «Toshkent haqida qo’shiq», Sabodash «MariChka» va X. Izomov «Toshkent osmoni» Yu. To’raev ijro etadi

II bo’lim

  1. G. Mushelь «O’zbekCha syuita» orkestr ijro etadi

  2. ya. Ziskind «Obo’iy yazqk» V. GileviCh ijro etadi

  3. Hind kinosidan «Ax» va misr qo’shig’i «O poxitivshiy son moix»

L. Zokirova ijro etadi
4. Xorazm raqsi «Larzon» va «ArabCha raqs» Klara Yusupova ijro etadi
5. Botir Zokirov ijro etadi: O. Ataulla Sulaymon « ya plaChu o
proshlom» (Suri ya qo’shig’i), Z. SHohidiy, Ter-Osip yan «Muhabbat»,
eron vatanparvarlik qo’shig’i «Meni o’p», S. Yudakov «Lirik valg’s»,
bengalCha qo’shiq «Sening ovozingni men hamma yoqda eshitaman»,
«O, gul» va M. Burhonovning «Maftun bo’ldim»
Konferans – intermedi yalar – Vladimir GileviCh
Musiqa rahbari va dirijyor Yevgeniy Jivaev


1964 yilda O’zbekiston tashkil topganligining 40 yilligiga tayyorgarlik ko’rish arafasida barCha san’at jamoalari kabi O’zbekiston estrada orkestri ham kontsert dasturini qaytadan ko’rib Chiqdi va yangiladi. Orkestr repertuaridagi ilgari ijro etilgan ayrim qo’shiq va Cholg’u asarlari saqlanib qolgani holda yangi dastur tuzildi. SHuni aytib o’tish joizki, orkestrning avvalgi dasturlarida o’zbek va boshqa SHarq xalqlarining qayta ishlangan kuy va qo’shiqlar ustuvorlikka ega bo’lsa, 1964 yildan boshlab O’zbekiston va xorijiy davlatlar kompozitorlarining estrada orkestri va xonandalar uChun maxsus yaratilgan qo’shiq va Cholg’u musiqasi ko’proq o’rin egalladi. Yillar davomida orkestrning repertuari yangi, original qo’shiq va Cholg’u asarlar bilan boyitildi. Masalan, birgina B. Zokirovning ijrosida quyidagi quyidagi qo’shiqlar bunyodga keldi: kompozitor I. Akbarovning «Gazli», «Qaydasan» (Turob To’la so’zlari), «Yor kel» va «Qo’shChinor» (H. G’ulom so’zlari), «Rahno» (S. Akbariy so’zi); Kompozitor A. Muhamedovning «Bu oqshom» (M. Qoriev so’zi), X. Izomovning «Ko’zi xumor» (SH. SHomahmudov so’zi), «Sen» (O. Xojiqosimov so’zi), fran tsuz tilida kompozitor J. Morening «Serd tse v noChi» va E. Masiasaning «Pesn ya o druge»; kompozitor E. Salixovning «Qurboning bo’lay» (Q. Mahsumov so’zi), «Sog’indi jon» (E. Vohidov so’zi), «Umid» (A. Muxtor so’zi) kabi qo’shiqlar juda ham mashhur bo’lib ketdi. Xonanda Luiza Zokirovaning ijrosida kompozitor A. Dvoskin qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shiqlari «Qora ko’z» va «Yor-yor», kompozitor D. Zokirovning «O’zbekiston diyorim» va «Ko’Chalar» (Turob To’la so’zlari) va tojik xalq qo’shig’i «Sevgilim» kabi qo’shiqlar tinglovChilar tomonidan iliq qabul qilindi. Xonanda Yu. To’raevning ijrosida kompozitor M. Burhonovning «O’zbekiston gul diyorim» (E. Vohidov so’zi), SH. Ramazonovning «Intizorman» (M. Rahmon so’zi), «Sevdim dildan» (A. Isroilov so’zi), «Dilrabo» va «SHahlo ko’zim» (O. Kamtar so’zi); kompozitor A. Muhamedovning «Oshiqman» (P. Mo’min so’zi), kompozitor D. Saydaminovaning «Oydin yo’l» (A. Muxtor so’zi), ukrain kompozitori S. Sabodashning «Oseng’» (Lu tsenko so’zi) kabi qo’shiqlar mashhur bo’lib ketdi. Botir Zokirovning ukasi, estrada xonandasi Naufal Zokirovning ijrosida yan Frenkelning «Ogromnoe nebo» (R. Rojdestvenskiy so’zi), kompozitor Hamid Rahimovning «Sevimli o’lkam» (M. Qoriev so’zi), A. Kalg’varskiyning «Krqlatqe snq» (O. Levi tskiy so’zi), F. Zokirovning «Sabo» ( To’la so’zi), T. Babaevning «Perva ya lyubovg’» (Ushakov so’zi), fran tsuz kompozitorlari Manuelning «Ketma», Kemfertning «Notanish ayol», kompozitor B. Gienkoning «Toshkent haqida qo’shiq» (D. Polinin so’zi) kabi qo’shiqlar jarangladi. Tilga olingan qo’shiqlarning aksariyati turli avlod vakillari dilida xanuzgaCha saqlanib kelmoqda. Qo’shiqlar bilan birgalikda O’zbekiston estrada orkestrining repertuari orkestr uChun maxsus yaratilgan quyidagi Cholg’u musiqa asarlari bilan boyitildi: kompozitor A. GonCherenkovning «SHarq syuitasi», V. Milovning quvnoq va sho’x harakatli «SevuvChan trubaChi» pg’esasi; A. Malaxovning o’zbek xalq kuylari asosida yaratilgan «Doira yulduzi» va «SHodlik» pg’esalari, I. Akbarovning «Ketma nigor» qo’shig’i asosida yaratilgan «Fantazi ya»si; A. Kalg’varskiyning mashhur qo’shiqlar asosida yaratgan «Parafraz»i; V. Silinning o’zbek xalq kuylari mavzusiga yaratgan pg’esasi; orkestr kontsertini yakunlash uChun E. Salixovning «Final-pg’esa»si va raqqosa F. Raxmatullaeva uChun bastakor va sozanda Orif garmon Toshmatovning juda mashhur bo’lib ketgan «Andijon polg’ka» va «ArabCha raqs» kabi aranjirovka qilingan musiqa asarlari orkestr repertuaridan munosib o’rin egalladi.
1968-1970 yillarda kompozitor E. Salixov O’zbekiston estrada orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimida faoliyat ko’rsatdi. U orkestrning ijroChilik savi yasini yanada yuqori darajaga ko’tarish va repertuarini boyitishda mohir estrada xonandasi, sevimli Botir Zokirov bilan hamkorlikda ishladi. Unga atab yuqorida zikr etilgan qo’shiqlarni yaratdi. Kompozitor va dirijyor Yevgeniy SHir yaev orkestrga musiqa rahbari lavozimiga taklif qilindi. Orkestr dasturini bir munCha yangiladi va kontsert faoliyatini davom ettirdi. 1970 yil Moskva estrada teatri binosida sobiq SSSR xalqlarining san’at bayrami kunlari, ya’ni 23 va 25 aprelda kontsert berdi. Mazkur kontsertda B. Zokirov, N. Zokirov, Yu. To’raev, Eson Qandov, Saodat Zokirova, A. Petrove ts va raqqosalar M. Ahmedova va Z. Raxmatullaevalar qatnashdilar. Kontsertni konferansg’e Vladimir Lapin mohirlik bilan olib bordi. Moskva tomoshabinlarida kontsert katta taassurot qoldirdi.
SHuni aytib o’tish joizki, 60 yillarning oxiri va 70 yillarning boshlarida jahondagi barCha mamlakatlarda katta jaz orkestri inqirozga uChrab, o’z muxlislarini yo’qota boshladi. Ommaviy musiqa san’atida yangi yo’nalish – bit-musiqa barq ura boshladi. Bundan O’zbekiston estrada orkestri ham istisno bo’lmadi. Orkestr jamoasi o’z mavqeini yo’qotmaslik uChun orkestr asosida «O’zbek myuzik-xoll»ini tashkil qilish g’oyasi tug’ildi. O’zbekiston Madaniyat vazirligiga murojaat qilindi va O’zbekiston respublikasi rahbariyati ushbu g’oyani qo’llab-quvvatladi hamda moddiy yordam ko’rsatdi. SHunga asosan 1973 yilda o’zbek estrada san’atining yorqin yulduzlari, O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirov va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Yunus To’raevlar hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll»i2 tashkil topdi. Mazkur jamoa yangi dasturining matn mualliflari M. Gindin va G. R yabkinlar mashhur arab ertaklari «Ming bir keCha»ga murojaat qilib, «Sindbodning yettinChi sayohati» nomli teatrlashtirilgan s tsenariy yozdilar. S tsenariy quyidagi bo’limlardan tashkil topgan: «Bozor», «O’g’irlash», «Yulduzlar va yulduz folbinlari», «Sindbod-dengizChi», «Jin», «Ruh qushning parvozi», «Xon saroyi», «Askarlar», «Ozodlik». S tsenariy mazmuniga binoan myuzik-xoll tarkibiga « TSvet» nomli vokal-Cholg’u ansambli quyidagi san’atkorlar: V. Gevork yan – musiqa rahbari, Yu. Kasparov, N. Nurmuhamedova, S. Madjidov, T. Qodirova va A. Tara yan hamda baletmeyster R. Do’stmatovning maxsus tuzgan balet jamoasi kiritildi. Dasturni tayyorlashda T. Boboev, E. Salixov, A. Kalg’varskiy, E. Qalandarov, G’. Xoliqov kabi kompozitorlar musiqa bastalash uChun jalb qilindi. Ma’lumki G’arbiy Yevropada myuzik-xollni «revyu» ham deyishadi, ya’ni bu so’z yaxshi qo’shiq, raqs va boshqa san’at turlaridan tuzilgan va birin-ketin ijro etiladigan nomerlar yig’indisini anglatadi. Toshkent myuzik-xolli bu yo’nalishdan bormay, adabiy mazmun asosida, dramatik spektakl kabi qiziqarli, rang-barang dasturni o’z tomoshasining asosi qilib oldi. Albatta, estradada bunday murakkab dastur tuzish havfli edi. Lekin Toshkent myuzik-xolli jamoasi va rahbariyati tinmay ijodiy izlandilar va yaxshi natijalarga erishdilar. Mazkur dasturni respublikamiz, sobiq Ittifoq respublikalarda, Moskva va Leningrad shaharlaridagi tomoshabinlar katta qiziqish va mamnuni yat bilan kutib oldilar. Matbuotdagi maqolalarda ham ijobiy baho berildi.
SHuni aytib o’tish joizki, mazkur Myuzik-xoll yosh xonandalar uChun haqiqiy estrada maktabi bo’ldi va ular ilk bor haqiqiy estrada yakkaxoni sifatida shakllandilar. SHunday xonandalardan biri Natalg’ ya Nurmuxamedova 1972 yil havaskorlarning sobiq Butunittifoq «Allo, talantlarni izlaymiz» televizion tanlovining g’olibi bo’ldi, 1976 yilda Rigada o’tkazilgan siyosiy qo’shiqlar tanlovining diplomanti, 1977 yili «S pesney po jizni» tanlovi g’olibi, 1983 yil yaltada so tsialistik hamdo’stlik mamlakatlari qo’shiqlarining eng yaxshi ijrosi uChun o’tkazilgan tanlov g’olibi, 1984 yilda Polshaning Zelena Gura shahrida o’tkazilgan estrada festivalida ishtirok etdi, 1984 yil sent yabr oyida «Drezden-84» xalqaro shl yager (ommaviy) qo’shiqlar tanlovining birinChi mukofoti bilan taqdirlandi. Bunday yutuqlarning zamini to’g’risida N. Nurmuxamedova shunday degan edi – «Men ana shu yutuqlarga erishishimda eng avvalo Botir Zokirov rahbarligidagi Toshkent myuzik-xollidan olgan saboqlarim asos bo’ldi. Bu jamoada men juda ko’p narsalarni o’rgandim. Bemalol aytishim mumkinki, estrada xonandasi sifatida shu jamoada shakllandim. ya’ni Myuzik-xoll men uChun nafaqat qo’shiq aytish, balki aktyorlik sirlarini, ijro uslublarini o’rgatuvChi bir maktab bo’ldi. Ayniqsa, Botir Zokirovning qo’shiq ustida astoydil ishlashi va san’atga nisbatan fidoyilik fazilati menga katta tahsir ko’rsatdi».
Afsuski, O’zbekiston estrada orkestri tarixida Myuzik-xoll dasturi yagona bo’lib qoldi. Estrada san’atida pop-musiqa, rok-musiqalarning vokal-Cholg’u guruhlari ustuvor o’ringa Chiqib ketdi. SHu sababli O’zbekiston estrada orkestri o’z faoliyatini 1978 yilda butunlay to’tatdi. Umuman, respublikamizda estrada san’atining rivojlanishida O’zbekiston estrada orkestri muhim rol o’ynadi va tarixda iz qoldirdi. Uning rahbari Botir Zokirov esa yakkaxon xonanda sifatida o’z faoliyatini boshqa ijroChi jamoalar bilan umrining oxirigaCha – 1985 yil 23 yanvargaCha davom ettirdi.
XX asrning 60-yillarida sobiq SSSRning Teleradioqo’mitasida «Simfo-jaz orkestri» vujudga keldi. Mazkur jamoa estrada san’atini rivojlanishi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Qardosh respublikalar teleradioqo’mitalarida ham o’sha yillari «Simfo-jaz orkestrlari» paydo bo’ldi. O’zbekiston teleradioqo’mitasi tarkibida ham 1964 yilda kompozitor Enmark Salixov rahbarligida «Estrada orkestri» tashkil topdi. E. Salxov boshqa ishga o’tganligi sababli 1965 yilning ikkinChi yarmida jaz musiqasining bilimdoni, mohir aranjirovkaChi, pianinoChi va dirijyor Yevgeniy Jivaev orkestrning badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimiga tayinlandi. Mazkur orkestr dastlab faqat damli – truba, trombon, saksafon va zarli musiqiy Cholg’ulardan tuzilgan edi. Kelgusi yildan boshlab torli va ayrim o’zbek musiqa Cholg’ulari ham kiritildi va «Estrada-simfonik orkestr» deb ataldi. Orkestrning ikkinChi dirijyori lavozimiga kompozitor E. Qalandarov, mohir sozanda-torChi I. Mallaev va xonanda A. Troi tskiylar ishga tayinlandilar. Akademik, bastakor Yunus Rajabiy rahbarligidagi Maqom ansamblida xizmat qilayotgan istehdodli xonanda, kelgusida O’zbekiston xalq artisti Muhabbat SHamaeva 1964 yilda mazkur orkestrning yakkaxoni lavozimiga o’tkazildi. Bu lirik xonanda o’zining noyob, shirali, katta diapazonli ovozi bilan xalq ashulalari, estrada qo’shiqlari hamda kompozitorlarning ko’p qismli yirik musiqa asarlaridagi yakkaxon nomerlarni mohirona ijro etib, tinglovChilarni maftun etdi. U o’zbek, tojik xalq qo’shiqChilik anhanalarini puxta o’rganib, birorta ham xonandaga taqlid qilmay, o’ziga xos ijroChilik yo’lini topdi, tinglovChilar dillariga nafis va go’zal musiqa ohanglarini baxsh etib, XX asr O’zbekiston musiqa san’ati tarixida samarali iz qoldirdi.
Mohir xonanda M. SHamaeva kompozitor E. Salixovning «Bog’ o’rtasi shoxsupa» (X. Saloh so’zi) va «Qiz bola» (P. Mo’min so’zi), SH. Ramazonovning «Sir o’zingda» (A. Po’lat so’zi), E. Qalandarovning «Yor-yor», D. Soatqulovning «Mohigul» (H. G’ulom so’zi) kabi estrada qo’shiqlarini ilk bor ijro etib, elga tanildi. O’zbekiston radiosi to’lqinlarida, teleko’rsatuvlarda va kontsert dasturlarida jaranglagan bu qo’shiqlar hamda kompozitor G’. Qodirovning «Bahor qo’shig’i» (O’. Rashid so’zi) va «MirzaCho’l yor-yori» (M. Qo’shoqov so’zi); M. Yusupovning «Yulduzli keChalar» (A. Isroilov so’zi); D. Zokirovning «Ko’Chalar» (T. To’la so’zi); I. Hamroevning «Dilda bahor o’ynaydi» (T. Ilhomov so’zi) va «Tinglang meni sayyoralar» (M. Karimov so’zi); I. Akbarovning «Qor yog’ar» (S. Zunnunova so’zi) va «Azizim» (J. Jabborov so’zi); SH. SHohimardonovaning «Oltin baldoq» (T. To’la so’zi) va «Gul qo’shig’im» (A. Isroilov so’zi), «Muhabbat valg’si» (M. Qoriev so’zi), «O’n sakkiz yoshligim» (G. Nurullaeva so’zi), D. Saydaminovaning «Mangu olov» (H. Muhammad so’zi); K. Kenjaevning «TelefonChi qiz qo’shig’i» (O. Ravshan so’zi); S. Jalilning «Qo’shig’im» (A. Isroilov so’zi); N. Xasanovning Ye. Jivaev aranjirovkasida «Kuyla yigirma yoshim» (Mirtemir so’zi); S. Anvarovning «Xay gullar» (O’. Rashid so’zi) va «Qoshlaringni Chimirmagin» (S. Qo’qonboev so’zi); rusiyzabon qo’shiqlardan M. Blanterning «Katyusha», A. Za tsepinning «Belqy ro yalg’», L. Afanasg’evning «Gl yaju v ozyora sinie» kabi jami 400 dan ortiq qo’shiqlar uning repertuaridan joy oldi va ijro etildi.
O’zbekiston teleradiokompani yasining Estrada-simfonik orkestri rahbariyati 1965 yilda Toshkent davlat Tibbiyot instituti badiiy havaskorlik ashula va raqs ansamblining faol qatnashChisi, tez orada shirali, yoqimli, mayin ovozi bilan xalqqa tanilgan xonanda Rahno SHaripovani orkestri yakkaxoni lavozimiga taklif qildi. SHu yildan boshlab yillar davomida u mazkur orkestr va Toshkentdagi tibbiyot muassasalarining birida shifokor bo’lib xormay-tolmay mehnat qilmoqda. Uning betakror ovozi, insoniy go’zalligi, yuksak didi, sahnada o’zini erkin va odobli tutishi va ayniqsa, qo’shiqlarning mazmuni hamda musiqiy obraziga katta ehtibor berishi, ularni mehyoriga yetkazib ijro etishi tomoshabinlarni maftun qilib kelmoqda. SHu sababdan bo’lsa kerak, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, estrada yulduzlaridan biri Rahno SHaripova sahnada uzoq umr ko’rib kelmoqda. U. Qo’shiqChilik san’atiga bolaligidan kirib keldi. Onasi Bertaxonim Davidova-SHaripova (1910-1990 yy.) mohir xonanda, aktrisa musiqa san’ati olamiga 1925 yilda Toshkent tramvay deposi qoshidagi V.V. Leysik rahbarligida tashkil topgan badiiy havaskorlik to’garagi jamoasiga kirib keldi va tez orada laparChi-raqqosa va ashulaChi xonanda sifatida elga tanildi. Kelgusida Moskva musiqali studi yasida tahsil olib qaytgaCh, 1928 yili «Bertaxonim va Hoji Umar» deb nomlangan ansambl tashkil etib, respublikamizning barCha viloyatlarida kontsertlar berib, mashhur san’atkor bo’lib yetishdi. U 1930-1933 yillarda O’zbek davlat musiqali drama teatrida, 1933-1934 yillarda O’zbekiston radiosi Yunus Rajabiy rahbarligigidagi ashula-Cholg’u ansamblida va 1934-1965 yillarda Lohutiy nomidagi Tojikiston davlat teatrida (bir yil), keyin Alisher Navoiy nomidagi (avval musiqali teatr) 1939 yildan opera va balet davlat teatrida xonanda-aktrisa sifatida «Halima», «Bog’bon qiz», «Gulsara», «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Er-Targ’in», «Olmos» va boshqa spektakllarda esda qolarli obrazlar yaratdi. Bu tug’ma istehdod sohibasi Bertaxonim o’zbek xalq musiqiy merosini ustozlardan puxta o’rgandi. Mohir san’atkor Hoji Umar bilan birgalikda «Do’ppi», «CHoynak-piyola», «Belbog’», «Oyijon», «Omon yor», «Bo’g’maCha bilagim» va boshqa laparlarni ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Bertaxonim o’zi esa «TalqinChai savti kalon», «Ufori savti kalon», «QashqarChai savti ushshoq», «TalqinChai mustahzodi navo», «Ey dilbariman», «Daromadi ushshoq» kabi mumtoz ashulalarni mohirona ijro etib tinglovChilarni maftun qilar edi. Betakror, shirali ovoz sohibasi, xonanda-aktrisa Bertaxonim Davidova-SHaripova o’zining ko’p qirrali faoliyati bilan XX asr o’zbek musiqa san’ati tarixida yorqin iz qoldirdi. Mashhur san’atkorlar Tamaraxonim va Gavharxonimlar Bertaxonim va Hoji Umarning san’atlaridan bahramand bo’lish bilan birga ulardan ko’plab san’at sirlarini o’rganganliklari haqida eslashardi. Rahnoxonning otasi Bayzo SHaripov garChi san’at sohasida ishlamasa ham, xalq qo’shiq va ashulalarini yaxshi ijro etib, yoru-birodarlarini juda xursand qilardi. Ularning xonadonida musiqa kanda bo’lmas edi deb M. Burhonov, M. Leviev va M. Nasimovlar shunday eslashardi: «Mehmondo’st, ajoyib oilalar bo’lgan SHaripovlar, Karim Zokirovlar, Yu. Rajabiy, Oqilovlar, Halima Nosirovalarning xonadonlarida musiqiy-shehriy keChalar muntazam bo’lib turardi. Bu keChalarda (turli davrlarda) M. Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Komil Yashin, Gavharxonim, Karim Zokirov, Jo’raxon Sultonov, Tolibjon Sodiqov, Kseni ya Davidova, Sora Samandarova, G’ulom Abdurahmonov, Isoxor va Margarita Oqilovlar, G’anijon Toshmatov, Sora Eshonto’raeva, Abror Hido yatov, Olim Xo’jaev, Fazlitdin SHamsutdinov, Nazira Ahmedova turmush o’rtog’i Rasul G’ulom bilan, Mar yam Yoqubova, Komil Yormatov, Malik Qayumov, Mukarrama Tug’unboeva va boshqa san’at ahli, ayrim davlat arboblari ishtirok etishardi. SHaripovlarning xonadonida yig’ilganimizda Tamaraxonim va Bayzo SHaripovlar iltimosiga ko’ra jozibali ovozlari bilan o’zbek klassik ashulalardan ijro etib, bizlarni maftun qilardilar. Bu keChalarda qo’shiq, lapar, ashula, yalla, raqs, aski ya va san’atkorlar haidagi gurung avjiga Chiqar edi. Ularning sevimli qizlari Rahno bolaligida turli-tuman qo’shiqlar aytib, raqsga tushib, hammaning ehtiborini o’ziga qaratar edi. Mehmonlar esa unga ofarinlar aytib, bu qiz haqiqiy san’atkor bo’ladi bao’orat qilishardi. Darhaqiqat, yillar o’tib Rahno SHaripova san’atkor va shifokor bo’lib yetishdi».
Yorqin istehdod sohibasi Rahno SHaripova mana shunday musiqmy muhitda o’sdi, san’atga qiziqdi, musiqa uning qalbiga singdi. Bolalar bog’Chasiga borgan vaqtlaridanoq qo’shiqlar aytib, raqsga tushishni o’rgandi. Toshkent shahar 50-son o’rta ta’lim maktabida o’qigan yillari badiiy havaskorlik to’garagiga faol qatnashdi, o’zbekCha, rusCha, ozarbayjonCha, tojikCha, ital yanCha, ispanCha qo’shiqlari bilan turli tanlovlarda g’olib Chiqib, hammani lol qoldirdi. Toshkent davlat tibbiyot institutida o’qib yurgan kezlari ham badiiy havaskorlik jamoasiga faol qatnashdi, tanildi va umrini estrada san’atiga hamda shifokorlik kasbiga bag’ishladi.
Xonanda R. SHaripova professional ijroChi sifatida ilk bor O’zbekiston kompozitorlari S. Jalilning «Kuyla davrim hur qizi» (S. Yo’ldoshev so’zi), G’. Qodirovning «A yajonim koyimang» (S. Zunnunova so’zi) va «Vodiy durdonasi» (H. SHaripov so’zi), X. Izomovning «Kim o’zi?» (E. Rahim so’zi) va «Kimga aytay» (A. Po’lat so’zi); SH. Ramazonovning «GulChi qiz» (M. Qoriev so’zi) va «Onaizor» ( ya. Qurbon so’zi), E. Salihovning «Qaydasan» va «Ajabo» (H. Muhammad so’zlari) hamda «Qiz qo’shig’i» (A. Isroilov so’zi) kabi estrada qo’shiqlarini magnit tasmasiga yozdirdi va ularni teleko’rsatuvlarda, estrada kontsertlarida ijro etib, olqishlarga sazovor bo’ldi. O’tgan yillar davomida kompozitorlar shoirlar bilan hamkorlikda maxsus uning uChun turli mavzularda rang-barang, jozibali qo’shiqlar yaratishdi. Bu barCha qo’shiqlarning nomlarini keltirish imkoniyati yo’q. Uning ijrosida yangragan qo’shiqlardan ayrimlarini eslatib o’tamiz: I. Hamroevning «Rubobim» (O. Muxtor so’zi), Ye. Jivaevning «Dilbarim, dilkashim, dilbarim» (O. Muxtor so’zi), Ye. SHvar tsning «Alvon lolalar» (M. Qoriev so’zi), «Letniy son», «Dvoe juravley» (A. Faynberg so’zlari) va «Alla» (I. Tokmakova so’zi); A. Berlinning «S novqm godom» (R. Farhodiy so’zi), B. Umidjonovning «Oshiq» (Jomiy so’zi), «Gul bargi» (H. yahyo so’zi), «Bahori ya» (M. Baxti so’zi) va «O, yulduzlar» (M. Qoriev so’zi); G’. Xoliqovning «Lolam» (K. Sahdulla so’zi), «Sening sovg’ang» (H. Muhammad so’zi), D. Saydaminovaning «Seni o’ylayman» (M. Muhamedov so’zi); SH. SHoymardonovaning «O’n sakkiz yoshligim» (G. Nurullaeva so’zi) va «Navbahor Chorlaydi» (Z. Obidov so’zi); N. Norxo’jaevning «Nikoh uzugi» (N. Narzullaev so’zi); D. Ilyosovning «Seni o’ylaganda» (S. Zunnunova so’zi); bundan tashqari kompozitor E. Qalandarovning 30 dan ortiq qo’shiqlarini ijro etdi. Ular orasida «Kupola» va «Semeynqe xlopotq» (A. Faynberg so’zlari), «Nozligim», «Yor-yor havolar», «Oq kabutar» va «Onajonim bolajonim» (H. SHaripov so’zlari); «Visol», «Kuyla dugona» (N. Narzullaev so’zlari) kabi qo’shiqlar uning repertuaridan munosib o’rin oldi.
SHuni alohida tahkidlash joizki, Rahno SHaripovaning ijodiy faoliyati maxsus unga bag’ishlangan quyidagi televizion filmlarda o’z ifodasini topdi: 1968 y.»Rahno SHaripova kuylaydi» (30 daqiqa), 1976 yil. «Orkestr bilan shifokor kontserti», 1981 yil. Sobiq SSSRning Chet el davlatlari bilan madaniy aloqa o’rnatish Bosh boshqarmasining «Pesni narodov Vostoka» turkumli buyurtmasi asosida «Poyot Rahno SHaripova» (40 daqiqa), 1985 yil. «Ekran» birlashmasining «Bahor qo’shiqlari» turkumida; 1992 yil. Turki ya teleradiokompani yasi tomonidan suratga olingan «Rahno SHaripova kuylaydi» (36 daqiqa), 1993 yil O’zbektelefilg’mining «Rahno SHaripovaning xonadonida mehmonmiz» (30 daqiqa); 1996 yil. O’zbektelefilg’m «Taqdir» (30 daqiqa); 1999 yil O’zbektelefilg’m «Hayot sahnasida» (30 daqiqa); 2000 yil. «Yurakning kengliklari» telefilg’mi (30 daqiqa); 2001 yil. «San’atim-saodatim» telefilg’mi (30 daqiqa); 2002 yil. «Mening shahrim» telefilg’mi (25 daqiqa), 2002 yil. «Rahno SHaripova kuylaydi» telefilg’mi (25 daqiqa). Bulardan tashqari, O’zbekiston san’at namo yandalariga bag’ishlangan quyidagiCha nomlangan hujjatli va televizion filg’mlarda Rahno SHaripovaning vovzi yangragan: 1957 yil, Moskvada «TinChlik va do’stlik» shiori ostida IV xalqaro yoshlar va studentlar festivaliga 1956 yili «Ular Moskva festivalida» nomli kinooCherkda; 1973 yil, «O’zbekiston san’ati» hujjatli filg’mda; 1975 yil, «Sehrli torlar» o’zbek filg’mida; 1978 yil, «O’zbekiston san’at ustalari» telefilg’ida; 1980 yil, «O’zbekiston – xorijiy sayyohlar nigohida» hujjatli qilg’mda; 1981 yil, «Quyoshli O’zbekiston qo’shiqlari» o’zbek filg’mida; 1982 yil, «O’zbekistonning usul va kuylari» telefilg’mida; 1983 yil, «O’zbekistonning qo’shiq va raqslari» telefilg’mida; 1985 yil, «Gulla, yashna O’zbekiston» telefilg’mida. Yuqorida tilga olingan kinofilg’mlardan tashqari R. SHaripova mustaqil respublikamizning o’n yillik davrida O’zbekiston kompozitorlarining qator qo’shiqlarini magnit tasmasiga yozdirdi va kontsertlarda namoyish qilib kelmoqda, uning repertuarida estrada qo’shiqlaridan tashqari o’zbek va tojik mumtoz qo’shiqlari, qardosh xalqlarning qo’shiq namunalari mavjud. Yillar davomida o’zi ijro qilgan qo’shiqlardan yangi aranjirovkada «Ovozli syuita» nomli dastur tuzib, uni targ’ib qilib kelmoqda.
O’zbekiston estrada yulduzlaridan biri, 1976 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist faxriy unvoniga sazovor bo’lgan Rahno SHaripova o’zining fidokorona mehnati, ijroChilik mahorati, mustaqil Vatanga sadoqati, go’zal hayotga bo’lgan muhabbati bilan respublikamizning zamonaviy estrada san’atiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligining 10 yillik tantanalari munosabati bilan u «SHuhrat» medali bilan taqdirlandi.
O’zbekiston teleradiokompani yasining Estrada-simfonik orkestri ijodiy yo’nalishi va yuqorida zikr qilingan xonandalar M. SHamaeva va Rahno SHaripovalarning radio to’lqinlarida, teleko’rsatuv va estrada sahnalarida dastlabki bergan kontsertlari musiqa shinavandalarining ehtiborini o’ziga qaratdi va tez orada orkestr respublikamizda eng obro’li estrada jamoasiga aylandi. Kelgusi yillarda mazkur jamoada Pavel Borisov, Nadejda CHuradaeva, Rahno Sobirova, Malika Alimova, Leonid Makeev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Kozim Qayumov va SHaxboz Nizamutdinov kabi xonandalar ma’lum yillarda ishladilar. Orkestrning birinChi tashkilotChisi, kompozitor E. Salixovdan so’ng, turli yillarda badiiy rahbar va bosh dirijyor lavozimida quyidagi san’atkorlar faoliyat ko’rsatdilar: Yevgeniy Jivaev (hozirgi ikkinChi dirijyor), Doni Ilyosov, Anor Nazarov va 1996 yildan buyon kompozitor Alisher Ikromov rahbarlik qilib kelmoqda.
Mazkur orkestr jo’rligida XX asrning 70-yillaridan boshlab hozirga qadar orkestrda ishlagan juda ko’p xonandalar ijro etadigan qo’shiqlarini magnit tasma va kompakt disklarga yozdirishga mu yassar bo’ldilar. Ular orasida O’zbekiston xalq artistlari B. Zokirov, I. Jalilov, M. Razzoqova, Yu. Usmonova, M. Toshmatov, G’ulomjon Yoqubov; Tojikiston xalq artisti Laylo SHaripova; O’zbekistonja xizmat ko’rsatgan artistlar A. Rajabov, Yu. To’raev, E. Qandov; estrada yakkaxonlari Roksana Baba yan, N. Nurmuxamedova, Zarina-bonu (Zarina Yusupova), L. Nigmatova va boshqalar bor. Orkestr kino va telefilg’mlarning musiqalarini yozishda ishtirok etdi va hozir ham ishtirok etmoqda. So’nggi yillarda orkestrga kelgan yoshlar ham o’z san’atlari bilan faol xizmat qilmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda mazkur orkestr jamoasi respublikamizda zamonaviy estrada musiqa san’atini rivojlantirish va targ’ib qilishda juda katta ahamiyat kasb etdi. Albatta, har qanday ijodiy jamoa faoliyati qiyinChiliklarsiz, muammosiz bo’lmaydi. Bu estrada-simfonik orkestrini ham o’ziga yarasha qiyinChiliklari va muammolari mavjud. Orkestr rahbariyati va jamoasi doimiy ravishda yangilik va ijodiy mukammallikka intilib, qiyinChiliklarni yengib, mustaqil O’zbekistonimizning zamonaviy estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga ulkan hissa qo’shib kelmoqda.
O’zbekistonda estrada san’atini rivojlantirish jarayonida 60-yillarni oxiriga kelib jaz jamoalarining ijodiy yutuqlari va mavjud kamChiliklarni aniqlash, ularga baho berish, kelgusi yo’nalishni belgilash va shu munosabat bilan ko’rik-tanlovlar o’tkazish zaruri yati yuzaga keldi.
1968 yil aprelda O’zbekiston komsomoli Markazi qo’mitasi, O’zbekiston Madaniyat vazirligi, O’zbekiston kompozitorlari uyushmasi birgalikda «Toshkent-68» deb nomlangan jaz musiqasi birinChi festivalini o’tkazdilar. Festivalda 17 professional va hamaskor orkestrlar hamda jaz ansambllari ishtirok etdilar. Bu ko’rik-tanlovda «Turkiston yulduzChasi» jaz kvinteti birinChi, V. Pol yanskiy rahbarligidagi jaz kvarteti ikkinChi va I. Alyoshin rahbarligidagi «SHarq»jaz kvarteti uChinChi o’ringa sazovor bo’ldilar. V. A. Uspenskiy nomidagi 11 yillik musiqa maktab-internati o’quvChisi I. Dmitriev eng yosh ijroChi sifatida maxsus sovringa ega bo’ldi. Toshkent elektrotexnika instituti qoshidagi kompozitor E. Qalandarov rahbarligidagi «Modulg’» nomli big-bend jaz ansambli va Tshkent davlat konservatori yasining tolibasi Ton ya Ibragimova diplomga sazovor bo’ldilar. Konservatori ya talabasi V. Pol yanskiy «Dildor» nomli o’zbek xalq qo’shig’ini jaz-rok ansambliga qayta ishlab, aranjirovka qilishda yaxshi natijaga erishgani uChun maxsus mukofotga sazovor bo’ldi.
Mazkur ko’rik-tanlov respublikamiz yoshlari orasida katta big-bend orkestrni o’rniga kiChik jaz-rok yoki milliy Cholg’u sozlar bilan akkordeon, elektr gitara, doira va boshqa zarbli Cholg’ulardan tuzilgan ansambllar tashkil qilishga qiziqish kun sayin ortib borayotganligini ko’rsatdi. ya’ni XX asrning 60-80-yillarida O’zbekiston viloyatlaridagi shaharlarda, yirik korxonalarning madaniyat saroylarida, ayrim o’rta va oliy ta’lim muassasalarida havaskor jaz-rok yoki milliy – xorijiy Cholg’ular uyg’unligida tuzilgan ansambllar soni juda ko’p edi. Ularning ko’plari tez orada turli sabablarga ko’ra tarqab ketdilar. Faqat ayrimlari ijodiy izlanib, professionallikka intilib, ijroChilik mahoratlarini oshirishga, repertuarini boyitishga ahamiyat berganlari tufayli ularning kontsertlarini yosh shinavandalar olqishlar bilan kutib olardilar. Masalan, Toshkentda tashkil topgan «Sintez», «Inter», «Sado», Buxoro shahrida «Kvazarlar» jaz-rok ansambli ayrim davrgaCha tomoshabinlarning sevimli jamoalariga aylandilar. Ular ham, ma’lum vaqt o’tgaCh tarqab ketdilar. Faqat Andijonda o’zbek va xorijiy Cholg’ular uyg’unlashgan «Tabassum» ansambli sahnada uzoq umr ko’rdi.
Mazkur ansamblь haqida Xusanboy Boltaboev « yashasin «Tabassum»3 nomli maqolasida shunday yozadi: «Andijon san’at shinavandalari orasida bu ansambl va uning badiiy rahbari Avazbek Mahmudovni tanimagan, eshitmagan kishining o’zi yo’q. Yoshlarni san’atga jalb qilish, ularning qizg’in faoliyatiga fayz kiritishda «Tabassum» ansamblining o’ziga xos o’rni bor.
«Tabassum» 1962 yil oblastg’ komsomol qo’mitasi qoo’ida havaskorlik ansambli sifatida tashkil etildi. Mazkur ansambl 1967 yildan buyon munsazam ravishda oblastg’, respublika va Ittifoq festivallarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jamoa birinChi marta V TSSPS, VLKSM Markaziy qo’imtasi, O’zbekiston LKSM Markaziy qo’mitasi, respublika Madaniyat vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 1969 yilda ansambl birinChi Butunittifoq xalq ijodiyoti festivali laureati bo’ldi. 1972 yilda SSSRning 50 yilligiga atab Leningrad shahrida o’tkazilgan «O’zbekiston – O’rta Osiyo durdonasi» mavzuli keChasiga taklif etildi. SHahar madaniyat saroyida, «Gostiniy dvor»da hamda Okt yabr rayonidagi xalq ijodiyoti hisoboti bayramlarida kontsert berdi.Mazkur jamoa VLKSM Markaziy Qo’mitasining targ’ibot kontsert brigadasi va «O’zbekiston komsomoli» targ’ibot poezdi tarkibida ko’pgina Chei mamlakatlarda, respublikamizning de yarli barCha viloyatlarida kontsert namoyish qildi. 1981 yilda maxsus sayyohlar guruhi qatori venger-sovet do’stligi festivalida, 1983 yilda Yugoslavi yada o’tkazilgan siysiy qo’shiqlar umumjahon festivalida qatnashdi. 1984 yilda esa ansambl Bolgariyada o’tkazilgan katta bayram tantanalarida ishtirok etdi».
Respublikamizda kelgusi yillarda «Tabassum» ansambliga o’xshagan qo’shma Cholg’u-sozlar vokal-estrada ansambllari ko’payib bordi.
1970 yilda sobiq Butunittifoq Teleradioqo’mitasi «Yosh ovoz – talantlarni izlaymiz» ko’rik-tanlov o’tkazilishi ehlon qilindi. Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining o’quv teatri direktori, shu institutni bitirgan mohir sozanda, aktyor va tashkilotChi German Rojkov mazkur ehlonga binoan tezlik bilan istehdodli talabalardan SHahboz Nizomiddinov – xonanda va rubobChi (kelgusida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist), Bahodir Jo’raev – xonanda va bas-gitaraChi, Sergey Avanesov – xonanda va gitaraChi, rassom Dmitriy TSirin – zarbli Cholg’ular; Toshkent davlat konservatori yasi talabalaridan Farrux Zokirov – xonanda va doiraChi, nayChi, gitaraChi (kelgusida O’zbekiston xalq artisti va ansambl badiiy rahbari), Askar Fatxulin – xonanda, pianinoChi, sintezatorChi, elektroorgan ijroChisi (kelgusida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist), Ravshan Zokirov – xonanda va gitaraChi, SHamil Zokirov – xonanda va pianinoChi, ansamblning musiqa rahbari, kompozitor va dirijyor Yevgeniy SHir yaev, ovoz rejissyori Arkadiy Arkashevskiy kabi yosh san’atkorlardan vokal-Cholg’u ansambli tashkil qildi, repertuar dasturini tuzdi va repeti tsi yalarni boshlab yubordi. Bu ansambl guruhiga qanday nom berish haqida ko’p izlanishlardan so’ng mashhur kinorejissyor Anatoliy Qobulovning taklifi asosida bu guruh « yalla» deb nomlandi.
1971 yilning 9 fevralida « yalla» vokal-Cholg’u ansambli o’zining ilk kontsert dasturini tomoshabinlarga havola qildi va olqishlarga sazovor bo’ldi. O’sha yili respublikamizda o’tkazilgan ko’rik-tanlovda ansambl g’olib Chiqdi va Rossiyaning Sverdlovsk shahrida mintaqaviy ko’rik-tanlovda qatnashishga yo’llanma oldi.Bu yerda ham g’oliblikni qo’lga kiritib, Moskvada o’tadigan ko’rik-tanlovda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. Sobiq Butunittifoq televideniesida ilk bor kontsert berishga mu yassar bo’lgan « yalla ansambli repertuarida F. Zokirovning qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i « yallama-yorim», bastakor Orif garmon Toshmatovning «Andijon polg’kasi» (Sayyor so’zi) va yosh kompozitor E. Solihovning «Qiz bola» (P. Mo’min so’zi) qo’shiqlari tomoshabinlar ehtiborini o’ziga tortdi va tez orada ansambl mashhur bo’lib ketdi.
SHu yildan boshlab « yalla» vokal-Cholg’u ansambli jamoasi o’z ustida jiddiy ishladi, o’z ijroChilik uslubini shakllantirdi va repertuarini boyita bordi. Bu ijodiy izlanishlar natijasida « yalla» o’zining yorqin ijroChilik mahorati qiyofasiga, o’ziga xos ijodiy uslubga ega bo’ldi va professional kamolotga erishdi. Ansambl jamoasi yillar davomida repertuarni rang-barang, xilma-xil qilish ni yatida o’zbek xalq qo’shiq, yalla va laparlarga murojaat qilib, ularni zamon ruhiga moslab qayta ishladilar, o’zlari yangidan- yangi qo’shiqlar yaratdilar, xorijiy xalqlar va kompozitorlar qo’shiqlaridan ham keng foydalandilar. ya’ni ansambl repertuarini boyitishda qo’shiqning milliy, sharqona bo’lishiga katta ehtibor berganliklari sababli, hamma yoshdagi tomoshabinlar ularning barCha kontsert dasturlarini qizg’in olqishlar bilan kutib olmoqdalar. Ansamblni bunday mashhur bo’lishiga jamoa ahzolarining o’ziga xos sharqona, yorqin, ajoyib bezakli bayramona liboslari ham yordam bermoqda.
1971 yil Moskvadagi «Lujniki» stadionining sport saroyida « yalla» ilk bor kontsert berdi. Zamona zayli bilan kontsert dasturida o’zbek xalq va kompozitorlarning qo’shiqlaridan tashqari, siyosiy mavzuda yaratilgan Yevgeniy SHir yaevning «Krasnoe-Chyornoe» (Ahlo Xo’jaev so’zi) va «Tebe komsomol» (G. Rojkov so’zi), nemis kompozitori Mixalosning «Solidarnostg’ – nasha sila» kabi qo’shiqlari ham yangragan edi. Kontsert tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
1972 yil O’zbekiston adabiyoti va san’ati o’n kunligi Qozog’istonda o’tkazildi. Ana shu anjumanda « yalla» guruhi ilk bor qatnashdi. Qozog’istonda Chiqadigan barCha gazetalar « yalla» to’g’risida ha yajonli fikrlarni bayon qildilar. O’sha yili « yalla» guruhi Maldova respublikasida «San’at bayrami»da qatnashdi va turli sahnalarda o’tkazilgan kontsertlari tomoshabinlarda juda katta taassurot qoldirdi. Bu kontsertlarda kompozitor David Tuxmanovning «Zvezda Vostoka» (R. Bobojon so’zi) qo’shig’i birinChi marta ijro etildi va mashhur bo’lib ketdi. O’sha 1972 yilda « yalla» Polg’sha poytaxti Varshavada o’tkazilgan xalqaro «Estradna ya pesn ya – 72»da qatnashisho’a taklif qilindi. Varshavaning Fan va madaniyat kongresslari saroyida o’tkazilgan kontsertlarda « yalla»ning kontsert dasturini har bir nomerini tomoshabinlar gulduros qarsaklar bilan kutib olganliklari to’g’risida «Kurg’er polg’ski», «JiChe Varshava», «Slovo Povshexne» gazetalarida «Bu ajoyib, milliy anhanaga boy zamonaviy rok-ansambl bu yerda qatnashayotgan barCha estrada guruhlari orasida mutlaqo ajralib turadi. Bu haqiqiy zamonaviy milliy san’at» – degan iliq fikrlar bayon qilingan edi. O’sha yili « yalla» guruhi respublikamizda, qardosh respublikalarda, Rossiyaning turli yirik shaharlarida gastrollarda bo’ldi. «Sove tska ya kulg’tura» gazetasining 1972 yil 8 avgust sonida Chop etilgan maqolada shunday deyiladi: «SolneChna ya respublika Uzbekistan – bogata tradi tsionnoy i sovremennoy muzqkalg’noy kulg’turoy. V respublike mnogo ispolnitelg’skix kollektivov, sredi nix « yalla», vqrossha ya iz xudojestvennoy samode yatelg’nosti – segodn ya professionalg’nqy, originalg’nqy ansamblь, vklyuChayuo’iy i na tsionalg’nqe instrumentq i djazovqe. OCheng’ taktiChno, s bolg’shim vkusom obrabatqvayu ts ya zdesg’ uzbekskie narodnqe melodii, priobretayuo’ie novoe, sovremennoe zvuChanie i Chto oCheng’ suo’estvenno, ne ter yayuo’ie pri etom svoego na tsionalg’nogo kolorita. ansamblь podkupaet strogostg’yu, sderjannostg’yu ispolneni ya, s tseniCheskim taktom (daje v kostyumax uChastnikov), vlyulennostg’yu v iskusstvo». yana yarim yil o’tgaCh, 1973 yil fevralda « yalla» ansambli O’zbekiston sobiq komsomoli Markaziy qo’mitasining mukofotiga sazovor bo’ldi.
Mazkur ansamblning ijodiy shakllanish deboChasida O’zbekiston xalq artisti, ulug’ estrada xonandasi Botir Zokirov ansamblning ijodiy yo’nalishiga, qo’shiqlarni tanlashda, o’rganishda, repertuarning xilma-xil, rang-barang tuzishda muntazam yordam berdi va o’zi ham shu guruh bilan ayrim kontsertlarda faol qatnashdi.
Ma’lumki, Botir (1936-1985), Luiza, Navfal (1941-1976), Farrux, Ravshan, SHamil Zokirovlar mashhur san’atkorlar oilasida tavallud topishgan. Ularning otalari, O’zbekiston xalq artisti, opera solisti Karim Zokirov (1912-1977) va onalari SHohista a ya (Saidova) Zokirova (1917-2000) 1952-1962 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali teatrda yetakChi xonanda sifatida juda ko’p obrazlar yaratgan. Zokirovlar sulolasiga asos qo’ygan bu ikki ustozlar o’g’il-qizlarini tarbi yalashga va ularni haqiqiy inson va san’atkor bo’lib shakllanishlariga jonlarini fido qildilar. Yuqorida nomlari zikr qilingan Rahno SHaripova, Isaxor Oqilov, Halima Nosirovalarning xonadonlarida o’tkazib turiladigan adabiy-musiqiy keChalarda doimiy ravishda qatnashgan yozuvChi va san’atkor ahli ayrim vaqtlarda Zokirovlar xonadonida ham yig’ilib shunday keChalar tashkil etishgan. Mazkur keChalarda shehri yat, musiqa, aski ya, gurunglar avjiga Chiqardi. Yig’ilganlarning iltimosiga ko’ra uy egalari o’zbek xalqining mumtoz ashulalaridan «CHorgoh», «Dugoh», «Ey, nigorim», «Navbahor», «Ko’Cha bog’i I», «Karimqulbegi II», «Istarman», «Ilg’or» va folg’klorga mansub qo’shiq, yallalardan ijro qilib, hammani xushnud qilar edilar. Bu san’atmakon xonadonda ana shunday muhitda ularning o’g’il-qizlari o’sdilar, musiqa san’atiga mehr qo’ydilar, xalq musiqa merosini ruhan his etib vo yaga yetdilar. Kelgusida ularning har biri o’z mustaqil yo’llarini topib ketdilar.
1972 yili « yalla» vokal-Cholg’u ansambliga Farrux Zokirov badiiy rahbar etib tayinlangandan keyin ansamblning mavqei yanala ortdi va faqat respublikamizda emas, balki turli xorijiy mamlakatlarda ham mashhur bo’ldi va hozirda ham tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’lmoqda. Buning boisi nimada? Eng avval shuni aytish kerakki, XX asrning 70-yillari respublikamizda jaz-rok uslubiy yo’nalishida bunyodga kelgan professional va havaskor vokal-Cholg’u ansambllarning orasida « yalla»ning uslubi yo’nalishi boshqalardan keskin ravishda farq qildi. U kompozitorlarning qo’shiqlaridan tashqari asosan o’zbek xalqining anhanaviy qo’shiq, lapar, yalla janrlariga murojaat qilib, ularni jaz-rok uslubidagi musiqaning eng yaxshi namunalariga xos bo’lgan vosita va shakllari bilan uyg’unlashtirishga katta ehtibor qaratdi. SHuning natijasida xalq orasida bir oz unutib yuborilgan anhanaviy o’zbek xalq qo’shiqlaridan « yallama yorim», «BoyCheChak», «Handalak», «G’ayra-g’ayra», «Qilpillama», «Ganji qorabog’», «Sumalak», «Omonyor», «Torimning siri» (T. To’la so’zi) kabi qo’shiqlar ansambl ijrosida yangiCha qirralar bilan, zamonaviy ruhda yangradi. Ansambl xalq qo’shiqlarini qayta ishlash, yangiCha jilo berish bilan birga F. Zokirov yaratgan «Andijonga boray dedim», «Men al-Xorazmiy», «Bolalik taronasi» (Ahlo Xo’jaev so’zlari), «UChquduq» (Yu. Ertin so’zi), «SHahrisabz», «Yurt ishqida yonaman», «Majnuntol», «Sendan go’zali yo’q» kabi original qo’shiqlarga masxaraboz va aski yaChilar bellashuvi ulanib ketdi. JarChi(A. To’laganov)ning so’zlariga javoban quvnoq «Masxaraboz», «Dorboz», «Lola», «Tabarruk tumor» qo’shiqlarini hamma yoshdagi tomoshabinlar miriqib tinglaydilar. Albatta, bu tilga olingan va boshqa ko’pgina qo’shiqlarni ansambl yuksak professional darajada va aktyorlik mahorati bilan ijro etishi sahnadagi dekorativ bezaklar, sozandalarning sharqona, lekin shu bilan birga zamonaviy liboslari – bularning hammasi bir-biriga mosligi va go’zalligi tufayli tomoshabinlar uChun « yalla» eng sevimli jamoaga aylandi.
1977-1978 yillari « yalla» repertuarni boyitishda ayrim sabablarga ko’ra bir oz inqirozga ham uChradi. Bu to’g’rida F. Zokirov Moskvada Chop etiladigan «Muzqkalg’na ya jizng’» jurnalining 1987 yil 10-sonida rok-musiqaga nisbatan o’z fikrini bildirib, « yalla» faoliyati haqida: «1977-1978 yillar « yalla» inqirozga uChragan edi. Ayrim ijroChilar bilan xayrlashdik. Ularning o’rniga yosh professional sozandalarni taklif qildik. Ularning har biri jaz-rok musiqasining xususi yatlarini bilimdoni, mustaqil fikrlay oladigan ijroChi, ya’ni tom mahnodagi sozandalarning yangi avlodidir. Ular ansamblimizga yangi ruh, yangiCha uslubiy yo’nalish olib kirdilar. To’g’risini ay tsam, men uChun bu juda qiyin keChdi, lekin bizlarning ijodiy hamkorligimiz tez orada rivojlanib ketdi. Ayniqsa Toshkent davlat konservatori yasini skripka mutaxassisligi bo’yiCha bitirgan Rustam Ilyosov bilan fikrlashimiz, didimiz, dunyoqarashimiz, jaz-rok musiqaga bo’lgan munosabatimiz mos tushdi. R. Ilyosovning ota-onalari xuddi bizning ota-onamizdek o’zbek xalq anhanaviy musiqa merosining bilimdonlari edilar, bizning qalbimizga xalq qo’shiqlari ona suti bilan kirgan. Tomoshabinlarimiz sof holdagi jaz-rok uslubini qabul qilmasliklarini biz yaxshi anglar edik, shu sababli uning elementlaridan ijodiy foydalanishga harakat qildik. CHunki faoliyatimiz turli yoshdagi tinglovChilarga xizmat qilishga qaratilgan. O’z ijodiy va ijroChilik yo’limizni topib olishga erishdik. Biz dunyo bo’yiCha gastrollarda bo’lamiz, barCha kontsert zallarda « yalla» ansamblini qizg’in olqishlar bilan kutib oladilar. Buning hammasi bizning halol mehnatimizning natijasidir».
1979 yildan buyon « yalla» ansamblida O’zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rahbarligida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Aliev Abbos (klavishli Cholg’ular, gitara va vokal), To’xtaev Javlon (bas-gitara, gitara, vokal), To’laganov Alisher (zarbli Cholg’ular, vokal) va musiqa rahbari Qo’ziev Sarvar (klavishli Cholg’ular, vokal) kabi yuqori malakali, har biri oliy ma’lumotli san’atkorlar ijod qilib kelmoqdalar. Mazkur guruh ahzolari bir jon, bir tan bo’lib doimiy ravishda repertuarni yangi- yangi qo’shiqlar bilan boyitib, yuksak darajada ijro etmoqdalar. « yalla»ning yangi parvozi» nomli maqolada Xolida Baratova4 Xalqlar do’stligi saroyida bo’lib o’tgan « yalla» ansamblining kontserti to’g’risida o’z taassuroti va mazkur guruh bilan yaqindan tanishib, shunday yozadi: - «Musiqa sadolari ostida pardalar ikki tomonga surildi. Elektr Chiroqlari nuridan Charog’on sahnaga Navoiy bobomiz davridan meros qolgan antiqa liboslarda xonandalar Chiqishdi. « yalla» ansamblining yangi programmasi «BarCha davrlarga taalluqli Choyxona» deb nomlangandi.
Sahnada jarChi ovozi yangraydi: «Odamlar-u odamlar, eshitmadim demanglar, keyin afsus yemanglar! Bugun « yalla» ansambli hammamizni musiqa Choyxonasiga – bayram tantanasiga Chorlaydi. Hammangiz shoir-u, xonandalar, masxaraboz-u aski yaChilar musobaqaga marhamat qiling!!»
Haqiqatan ham ko’z oldimizda dafhatan sharqona Choyxona namoyon bo’ldi. Bu tomoshaning s tsenariysini « yalla»ning badiiy rahbari Farrux Zokirov va moskvalik taniqli rejissyor Mark Rozovskiylar yozishgan. Navoiy, Umar Hayyom, R. Tagor, SHekspir va Sergey Yeseninning ezgulik, muhabbatni tarannum etuvChi shehrlari yangi estrada tomoshasining negizini tashkil etdi. SHarq musiqasi bilan yo’g’rilgan har bir qo’shiqni tomoshabin gulduros qarsaklar bilan olqishladi. Nima uChun tomoshabin « yalla»ni bunChalik sevadi?

  • O’ylashimCha, takrorlardan, qoliplardan voz keChgani uChun bo’lsa kerak, - deydi Rustam Ilyosov. – Biz o’z uslubimizni, o’z qiyofamizni topishga muvaffaq bo’ldik. Bu programma ustida ish olib borishimiz jarayonida duCh keladigan kundalik muammolarimiz ko’pligini inkor qilmaydi.

Kontsertda meni xayratga solgan narsa, avvalo, sharq Choyxonasining sahnada tasvirlanishi, bugungi urfga xos elementlar bilan yo’g’rilgan sharqona kiyimlar va albatta professionalizm, yuksak ijroChilik madaniyati, aktyorlik mahorati bo’ldi».
« yalla» guruhining ijodiy faoliyatida repertuarni yangilashda teatrlashtirilgan dastur tuzish ustuvor turadi. Yuqorida tilga olingan «CHoyxona» teatrlashtirilgan dastur kabi « yalla» o’zining o’n ikki yillik faoliyatini « yallama yorim, yalla» deb nomlangan teatrlashtirilgan dastur bilan tomoshabinlar oldida hisobot kontsert bergan edi. Bu dastur uzoq yillar davomida turli kontsertlarda namoyish etildi. Kontsertlarning birida qatnashgan O’zbekiston xalq artisti, ulug’ san’atkor Tamaraxonim shunday degan edi: « yalla» ansambli xalq ijodi va o’zbek estradasining eng yaxshi anhanalari negizida beniho ya yorqin programma yarata oldiki, unda milliy va zamonaviy ohanglar o’rtasida oltin ko’prik mavjuddir».
Darhaqiqat « yalla» guruhining 40 yildan ortiq davridagi ijodiy faoliyati to’g’risida doston yozish mumkin. O’zbek xalqining faxri bo’lgan bu ansambl zamonaviy o’zbek estrada qo’shiqChilik san’atini nafaqat respublikamizda, bulki juda ko’p xorijiy davlatlarda namoyish qilmoqda. Ayniqsa, bunday gastrol safarlari jonajon Vatanimizning mustaqillik yillarida anhanaga aylandi. « yalla» ansamblining o’zbek estrada san’atini rivojlantirish jarayonida qilgan xizmatlari respublika rahbariyati tomonidan munosib baholandi. Jamoa 1990 yili davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. 2002 yilning 30 okt yabrida « yalla» ansambli Moskvaning «Rossiya» kontsert zalida o’zining 30 yilligini keng nishonladi.
Respublikamizda zamonaviy estrada san’atining XX asrning 70-80-yillaridagi tarixiy jarayonga qay tsak. Bu davrda respublika rahbariyati va jamoatChilik tomonidan estrada san’atini rivojlantirish uChun turli tadbirlar o’tkazildi. Umuman 70-yillarda birin-ketin bir talay jaz-rok estrada guruhlari paydo bo’ldi. 1971 yili Toshkentda S. Gilev konservatori ya talabalaridan «Inter» nomli dastlabki jaz-rok ansamblini tuzdi. Bu ansambl 1972 yili sobiq Butunittifoq televizion tanlovi – «Yosh ovozlar»ning g’olibi bo’ldi. Bundan avval, 1971 yilda yuqorida tilga olingan «Kvazarlar» (Buxoro) va « yalla» ansambllari ham laureat bo’lgan edilar. 1974 yilda esa «Sintez» guruhi ham shunday tanlov g’olibi bo’ldi. Afsuski, « yalla»dan tashqari tilga olingan jaz-rok guruhlar sahnada uzoq umr ko’rmadilar. 1977 yilda Toshkentdagi «Yoshlar uyi»da respublika jaz klubi tashkil topdi. O’sha yili Farg’ona shahrida ham xuddi shunday klub oChildi. Ularning qamrovida havaskorlar va professional jaz guruhlar paydo bo’ldilar. Ulardan biri 1978 yilda S. Gilev tashkil qilgan professional jaz-rok guruhi respublikamizdagina emas, balki sobiq SSSRning turli shaharlarida kontsertlar berdi. O’zbekiston kompozitorlarining estrada musiqalari asosida popurri-improviza tsi yalar yozilgan gramplastinka ham Chiqarildi. Lekin, oradan uCh yil o’tgaCh, mazkur guruh tarqab ketdi. 1979 yili esa «Turkestanska ya zvezdoChka» jaz-rok kvinteti ham «SHarq syuitasi» nomli gramplastinka Chiqardi, ammo ushbu guruh ham 1983 yilda tarqalib ketdi.
O’zbek estrada san’atini kelgusida keng rivojlantirish jarayonida yosh kadrlar tayyorlash uChun 1978 yili «O’zbekkontsert» qoshida ikki yillik estrada- tsirk san’at studi yasi, Hamza nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurtida estrada bo’limi tashkil etildi. Mazkur estrada bo’limi 1990 yili bilim yurt tarkibidan Chiqarildi va maxsus Estrada- tsirk bilim yurti tashkil topdi. 1996 yilda esa O’zbekiston davlat konservatori yasida estrada fakulteti tashkil qilindi. SHunday qilib respublikamizda estrada san’atini rivojlantirish uChun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hamma imkoniyatlar yaratildi. SHuni tahkidlash lozimki, 1977 yilning ikkinChi yarmida sobiq O’zbekiston SSR Markaziy Komiteti har yili estrada san’ati ijroChiligi bo’yiCha ko’ri-tanlov o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Qarorga asosan 1978 yildan boshlab har yili estrada san’ati bo’yiCha respublika tanlovini o’tkazish tahkidlandi. Qaror ayniqsa havaskor estrada estrada jamoalarini va yakka xonanda, yosh istehdodlarni aniqlab, ularni professional kontsert tashkilotlariga jalb qilish va respublikamizda estrada san’atini keng ravishda rivojlantirishga qaratilgan edi. Bunga 1982 yilda sobiq SSSRning 60 yilligiga tayyorgarlik arafasida juda katta ehtibor qaratildi. Ko’rik-tanlovlar o’tkazildi va birin-ketin turli estrada jamoalar ham bunyodga keldi.
Toshkent jaz klubiga 1982 yili yuqori malakali sozanda S. Morduxaev boshliq bo’lgaCh, klubning faoliyati yanada yurishib ketdi. Klubda turli tadbirlar o’tkaziladigan bo’ldi. 1982 yilda Rossiyaning yaroslavl va Krasno yarsk shaharlarida o’tkazilgan jaz festivallarida respublikamizdan G. Kaprielov rahbarligidagi «Osiyo» jaz-rok guruhi va S. Morduxaev rahbarligidagi jaz-rok guruhi qatnashdi. Bu ikki yangi tuzilgan jaz-rok guruhlar festival sovriniga sazovor bo’ldilar. Moskvada o’tadigan anhanaviy jaz festivalida kompozitor E. Qalandarov (fortepiano) va S. Gilev (kontrabas)dan iborat duet olqishga sazovor bo’ldi. L. Otabekov rahbarligidagi «Sato» guruhi o’ziga xos yo’nalish topib, kontsertlar berishdan tashqari o’zbek va tatar xalqlari musiqiy folg’klori asosida ikkita alohida gigant disk Chiqarishga erishdi. Klub qoshida 1984-1986 yillarda G. Lukg’ yanovning «Kadans», A. Krollining «Sovremennik», G. Kaprielovning «Zamonaviy musiqa laboratori yasi» nomli ansambl, Farg’onaning «Sato» ansambli va G. Pushkin rahbarligidagi jaz-rok kabi jamoalar paydo bo’ldi. G. Pushkinning jaz-rok ansambli o’ziga xos ovozga ega edi. U professional jamoa sifatida har qanday uslubdagi jaz musiqalarini bemalol ijro etishi bilan milliy folg’klorga asoslangan qo’shiq va musiqiy kompozi tsi yalar hamda o’zbek kompozitorlarining asarlari bilan repertuarini boyitishga harakat qildi. Ansambl dasturining birinChi bo’limida estrada nihollaridan bo’lmish N. Nurmuxamedova va M. Toshmatovlarning Chiqishi bo’lsa, ikkinChi bo’limda esa turli jahon estrada musiqalari va folg’klorga asoslangan o’z kompozi tsi yalarini ijro etishardi. Ushbu guruh respublikamizda, Rossiya va Boltiqbo’yi respublikalarining turli shaharlarida o’tkazgan gastrollari, 1987 yil bahorida estrada artistlarining VIII sobiq Butunittifoq tanlovi sovrindori bo’lganligi o’zbek jaz san’atining katta yutug’i deyilsa mubolag’a bo’lmaydi.
1989 yilda «Efsans» («Afsona») nomli qrim-tatar jaz ansambli tashkil topdi. Ansamblning badiiy rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Fevzi Bel yalov jamoaga musiqa rahbari Edik Asanov va R. Faizov, N. Ramazonov, S. Asanov, M. Ablaev, Z. Mustafoeva, N. yahyoev, R. Aliev, Yu. Ibragimov, N. Ilyosov, L. Yoqubova, D. Aslonova kabi sozanda xonanda va raqqosalarni jalb qildi. Ushbu jaz-rok ansamblining kontsert dasturi rang-barang xalq qo’shiq, kuylari asosida tuzilgan va ansambl uChun maxsus yozilgan Cholg’u va raqs musiqalaridan iborat edi. Tomoshabin Zera CHillieva5 «Oq yo’l, Esfans» maqolasida o’zining taassurotlarini shunday bayon qilgan: «Ajoyib! Nafosat, hissiyot va koloritga to’liq qo’shiqlar tingladik. Ha, juda qiziqarli. G’ayratga to’liq ajoyib yoshlarni ko’rib quvonaChan kishi. Hammaga tanish, qadimiy kuy va ohanglar o’ziga xos, butunlay yangiCha ijro etildi. Uning musiqaChilari yuksak professionallikka ega, ular inson qalbini ha yajonlantira oluvChi tuyg’ularni zamonaviy talqinda mahorat bilan namoyon eta oldilar. Albatta, barkamollikka etishish uChun ko’p ter to’kishga tshg’ri keldi. Lekin maqsad aniq belgilangan ekan, shu yo’ldan sabot bilan borish kerak». 1990 yilda mazkur ansambl butunlay Qrimga ko’Chib ketdi.
1978 yil «O’zbekkontsert» birlashmasi yangi estrada jamoalar tashkil qilish ni yatida Botir Zokirov raisligida komissiya tuzib, ko’rik-tanlov o’tkazdi. Mazkur ko’rikda havaskor estrada guruhlari ishtirok etdilar. Natijada «Navro’z» estrada jamoasi va «Sado» vokal-Cholg’u ansamblining birlashtirib, 38 nafar ijroChilardan iborat myuzik-xollga o’xshash jamoa tuzildi. Bu jamoa baynalminal dastur tuzib, respublikamizda va qardosh respublikalarda juda ko’plab kontsertlar bilan xalqqa xizmat qildi. Ammo jamoa soni jihatidan katta bo’lganligi sababli gastrollarda moli yaviy qiyinChilikka uChradi va bir yildan so’ng tarqab ketdi. Mohir aranjirovkaChi, sozanda Vladimir Baramqkov rahbarligidagi «Sado» vokal-Cholg’u ansambli o’z ishini davom ettirdi. Uning boshlang’iCh tarkibida quyidagi sozanda va xonandalar ish faoliyatlarini boshladilar: V. Baramqkov – badiiy rahbar va bas-gitara, Yefim Rigar – fortepiano, elektr organ, Ulug’bek Mahmudov – nay, rubob va akustik gitara, Vladimir Boldin – solo gitara va skripka, Yusuf Raxmatullaev – sintezator, Sergey Alyoshin g’ zarbli Cholg’ular; xonandalar Kumush Razzoqova, Lyudmila Romanidi. 1980 yili xonandalar Natali ya Sin yakova va Alla Bo yarkina ansambldan bo’shatildilar, ularning o’rniga Aziza Muxamedova qabul qilindi. Ansambl jamoasi baynalminal dastur tuzib, tomoshabinlarga xizmat qila boshladi va tez orada mashhur bo’lib ketdi. UCh nafar yosh yakkaxonlar – Kumush Razzoqova, Mila Romanidi va Aziza Muxamedova «Sado» ansamblining vokal triosini tashkil etibgina qolmasdan, jamoani sobiq Ittifoqda va xorijiy mamlakatlarda shuhrat qozonishiga ham o’z hissalarini qo’shdilar. 1979 yil fevral oyida Leningrad shahrida o’tgan Butunittifoq estrada ko’rik-tanlovida faol qatnashib, ansambl diplomga sazovor bo’ldi, o’sha yili Ozarbayjonda bo’lib o’tgan O’zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasida qatnashdi. 1981-1987 yillari esa «Sado» ansambli ikki marta Afg’onistonda, Rossiyaning turli shaharlarida, Boltiqbo’yi, Ukraina, Belorussi ya, Germani ya, SHvey tsariya, Afrika qithasidagi ayrim davlatlarda, 1982 yili Vg’etnamda o’tkazilgan sobiq Sovet Ittifoqi madaniyati kunlarida ham boshqa jamoalar bilan birga ishtirok etdi. «Sado» ansamblining Rossiya va xorijiy mamlakatlarda o’tkazgan ayrim gastrol kontsertlarida quyidagi san’atkorlar faol qatnashdilar: mashhur raqqosa Dilafro’z Jabborova, raqqosalar Munira Argunboeva va SHoira G’oibnazarova, doiraChilar Odil Kamolxo’jaev va Xusan Azimov, original janr ijroChisi Andrey Petrove ts. «Sado» ansambli bir neCha bor Moskvaning «Rossiya» markaziy kontsert zalida Alla PugaCheva, Sofi ya Rotaru, Iosif Kobzon, Lev Leshenko, «Apelg’sin», «Sabri» kabi mashhur xonanda va jamoalar bilan birga gala kontsertlarda ishtirok etdi. Ansambl E. Salixov, D. Saydaminova, A. Ikromov, Raymond Pauls kabi kompozitorlar bilan hamkorlik qilib,repertuarini boyitib turdi. 1988 yili Latvi yaning Yurmala shahrida o’tkazilgan estrada-ko’rik tanlovida Aziza Muxamedova uChinChi sovringa sazovor bo’ldi va kelgusida turli ansambllarda va o’zi tuzgan guruh bilan mustaqil ishlaydilan bo’ldi, Lyudmila Romanidi esa «Moskontsert» birlashmasiga ishga taklif qilindi. SHu sababli «Sado» 1988 yilda tarqab ketdi.
1972 yili O’zbekiston davlat filarmoni yasida kompozitor Ulug’bek Salixov rahbarligida «Sintez» nomli estrada ansambli quyidagi sozanda va xonandalardan tashkil topdi: Bulat Mustafaev – tenor saksafon, Ramil Ni yazov – trombon, Erik Zayniev – gitara, S. Kitanov – zarbli Cholg’ular; xonandalar: Natal ya Nurmuxamedova, Ismoil Jalilov, Nikolay Rublev, Bahodir Xalikov, Mansur Toshmatov. Mazkur ansambl 1976 yili «Navo» nomi bilan ataldi va 1982 yili tarqab ketdi.
1973 yili Toshkent davlat teatr va rassomlik instituti qoshida pianinoChi Asqar Fatxulin rahbarligida «Navo» nomli havaskor estrada ansambli tashkil topgan edi. Bu ansambl 1974-1975 yillarda o’tkazilgan havaskor estrada ijroChilari ko’rik-tanlovlarining g’olibi bo’ldi. 1976 yilda esa «O’zbekkontsert» birlashmasiga taklif qilindi. Ansamblda dastlab quyidagi sozanda va xonandalar faoliyat ko’rsatgan edilar: musiqa rahbari, pianinoChi A. Fatxulin, solo gitara va vokal – G. Birkin, ritm gitara, vokal – O. SHomiladze, bas-gitara, vokal – S. Nazarov, sintezator – A. yakubov va E. Mendilson, zarbli Cholg’ular – V. Pivovarov. yakkaxon xonandalar: Dilorom Madalixo’jaeva, Kozim Qayumov, Mansur Toshmatov, Tat yana Gubanova va Nodira Sultonova. Ushbu ansambl 1978 yilda sobiq Butunittifoq estrada ko’rik-tanlovi sovrindori bo’ldi. Mazkur ansamblda ilk bor ish faoliyatini boshlagan ayrim istehdodli xonandalar kelgusida mashhur san’atkor sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo’ldilar.
Ulardan biri, O’zbekiston xalq artisti, estrada xonandasi Mansur Toshmatov. U Toshkentda, mashhur sozanda va aski yaChi, O’zbekiston xalq artisti G’anijon Toshmatovning o’rtanCha o’g’li 1954 yilda tavallud topdi. O’rta ta’lim maktabda o’qidi, maktab havaskorlik to’garagiga faol qatnashdi, musiqa san’atiga qiziqdi, otasida ibrat oldi. Dastlab badiiy havaskorlarning maktab va tumanlarda o’tkazilgan ko’rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Respublika ko’rigining diplomanti bo’ldi. Musiqaga bo’lgan muhabbati uni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining musiqali drama fakultetiga yetakladi. Bu oliy o’quv yurtida u Vera Nikolaevna Sundukova va Saydazim Murotxonavlardan ovoz texnikasi, ijroChilik mahorati bo’yiCha saboq oldi. 1972 yili yuqorida tilga olingan «Sintez» ansamblida ishtirok etdi. 1973 yildan esa o’zi o’qiyotgan institutning «Navo» havaskorlik estrada ansambliga qatnashdi. Institutda o’tkazilib turadigan ijroChilar ko’rik-tanlovlarida ishtirok etib, 1974-1975 yillar g’olib bo’ldi. 1976 yili «O’zbekkontsert» tarkibiga qabul qilinishi munosabati bilan u professional sahnada yakkaxon sifatida xizmat qila boshladi. Xonanda shu yildan boshlab o’z ijroChilik uslubining topib olishda va repertuarini boyitishda ko’p izlandi, o’zbek, rus, ingliz, ital yan tillarida qo’shiqlar ayta boshladi. SHu bilan birga o’zining ijroChilik mahoratini oshirish yo’lida tinmay ishladi. Tez orada u kuChli, dipazoni keng, jozibali ovozi va rang-g’arang, mazmundor, jo’shqin qo’shiqlari bilan el-yurtda, sobiq Ittifoqda, Chet ellarda estrada san’ati ixlosmandlariga tanildi. Masalan, sobiq SSSRning markaziy televideniesi tomonidan 1978 yil o’tkazilgan «S pesney po jizni» ko’rik-tanlovda sovrindor bo’ldi. O’sha yili Bolgariyada o’tkazilgan anhanaviy xalqaro «Oltin Orfey» nomli ko’rik-tanlovda esa faxriy uChinChi o’rinni egalladi.
Xonanda M. Toshmatov o’tgan yillar davomida o’z repertuarini kun sayin boyitib bordi. Kompozitorlarning turli mavzularda yaratgan va o’zi bastalagan qo’shiqlarni kontsert sahnalarida, televidenieda namoyish qilmoqda. Bu qo’shiqlarning ko’plari magnit tasmalari va kompakt disklarga yozilgan. U repertuar tanlashda original qo’shiqlar bilan birga ko’pChilikka ma’lum bo’gan qo’shiqlarni ijro etibgina qolmay, ularga o’ziga xos ijroChilik uslubi bilan yondashadi. Xonanda ijro etgan juda ko’plab qo’shiqlar orasida Ye. SHir yaevning «Russkie beryozq» (T. Nigmatulin so’zi), E. Salixovning «Ballada o monumente» (A. Xo’jaev so’zi), I. Akbarovning «Gazli» (T. To’la so’zi), D. Tuxmanovning «Zvezda Vostoka» (R. Bobojon so’zi), A. Majukovning «Odnajdq» (I. Reznik so’zi), Jak Revo va Klod Franselarning «Mening yo’lim» (Jilg’ Tido va Polg’ Anka so’zlari), Jon Lennonning «KeCha» (Pol Makkartni so’zi), bastakor M. Murtazoevning «Farg’ona tong otgunCha» (Xaziniy so’zi), xalq ashulalaridan «Qo’shChinor» (A. Navoiy so’zi), o’zi yaratgan qo’shiqlardan «SHirin ertaklar» (P. Mo’min so’zi), «Firov o’tdimi» (E. Oxunova so’zi), «Sen uChun» (O’. Rashid so’zi) va kompozitor hamda bastakorlarning boshqa qo’shiqlari xonandani kamolotga sari yetakladilar.
Yorqin istehdod sohibi M. Toshmatov yillar davomida ijroChilik faoliyati bilan bir qatorda tashkilotChilik, rahbarlik, pedagogik ishlar bilan zamonaviy o’zbek estrada san’atini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. U 1976-1979 yillari «Navo» estrada ansambli guruhining yakkaxon-solisti, 1979-1981 yillarda O’zbekiston teleradiokompani yasi Estrada-simfonik orkestrining yakkaxoni, 1981-1982 yillarda sobiq Sovet armi yasi safida xizmat qildi. 1982-1984 yillarda Jizzax viloyat filarmoni yasi qoshida «Sangzor» estrada ansambli tuzdi va unga rahbarlik qildi. 1984-1985 yillari Toshkent «Sahnadagi tsirk»ida yakkaxon, 1985-1987 yillari M. Qoriyoqubov nomidagi o’zbek filarmoni yasining musiqa bo’limida yakkaxon, 1987-1989 yillari «O’zbekteatr» qoshidagi «Fayz» nomli «Qo’shiq teatri» tashkil qildi va unga rahbar bo’ldi, 1989-1992 yillari «O’zbekkontsert»da yakkaxon, 1992-1999 yillari Mudofaa vazirligining Ashula va raqs ansambli yakkaxoni, shu yillarda «Setora» qizlar estrada ansamblini tuzdi va uni rahbari bo’ldi, 1999 yildan buyon O’zbekiston davlat konservatori yasining estrada fakulg’tetida pedagog lavozimida ishlamoqda. Mazkur ishlar bilan band bo’lishiga qaramay, M. Qoriyoqubov nomidagi o’zbek filarmoni yasi qoshida O’zbekiton xalq artisti, sevimli xonanda Botir Zokirov nomidagi Estrada-jaz orkestriga rahbarlik faoliyatini olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi rahbariyati e yatrada xonandasi M. Toshmatovni zamonaviy o’zbek estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga qo’shgan samarali xizmatini 1986 yili «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» va 1995 yilda «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlari bilan taqdirladi.
«Navo» estrada ansamblining yana bir yakkaxoni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Kozim Qayumov o’ziga xos, betakror, shirali ovozi bilan tez orada el-yurtga tanildi. U Toshkentning «CHaqiChmon» mahallasida 1955 yil oddiy ishChi oilasida dunyoga keldi. 1963-1973 yillarda 132-o’rta ta’lim maktabda o’qidi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi, avval havaskorlar to’garagiga qatnashdi, 1968-1973 yillarda Toshkentning SHayxantohur iumanidagi Hamza nomli 7 yillik musiqa maktabida Obid Xoliuhamedovdan g’ijjak Chalishdan saboq oldi. Maktabning 3 sinfini bitirgaCh, bir vaqtning o’zida gitara Chalishga ham qiziqdi. SHu tariqa u musiqa bilan jiddiy shug’ullana boshladi. Maktabni bitirgaCh, u CHilonzor tumani Usmon Yusupov nomidagi madaniyat saroyida «Osiyolilar» vokal-Cholg’u ansamblida gitaraChi va xonanda sifatida ishtirok etdi. Kozim Qayumov estrada artisti bo’lib ketishini shunday eslaydi: «Agarda «O’zbekkontsert»ga qarashli «Sintez» ansambli rahbari, kompozitor Ulug’bek Salixov bizning ansamblimizga tashrif buyurmaganda, mening keyingi taqdirim qanday bo’lishi haqida bir narsa deyish qiyin. U meni 1945 yil o’z ansambliga taklif qildi. yangi ansamblda ishlay boshladim. Ismoil Jalilov menga ovoz texnikasini o’rgatishda homiylik qildi. «Sintez» ansambli mening taklifim bilan «Navo» deb atala boshladi».
Xonanda Kozim Qayumov 1975 yildan boshlab Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining drama va kino akteri fakulg’tetida tahsil ko’rdi. Institutda o’qib yurgan yillarida ham Estrada ansambliga faol qatnashib turdi. 1978 yili Moskvada o’tkazilgan sobiq Butunittifoq estrada artislarining ko’rik-tanlovida ikkinChi o’rin va laureatlik unvoniga sazovor bo’ldi. 1979 yili Qrimning yalta shahrida birinChi sobiq Butunittifoq estrada qo’shiqlari ko’rik-tanlovida faol qatnashdi. U rus, pol yak, nemis, serb, xorvat tillarida 10 dan ortiq qo’shiqlar ijro etdi. CHiqishining so’nggida SH. Rashidov so’ziga Ye. SHir yaev bastalagan «SHirin keldi» qo’shig’ini aytib tomoshabinlar va hayhat ahzolarini maftun qildi va laureatlik unvoni bilan qaytdi. 1980 yilda «Navo» ansambli bilan Yugoslavi yaning bir neCha shaharlarida gastrolda bo’ldi. Bu davlatda u estrada yulduzlari R. KaraklaiCh, Z. CHoliCh va boshqalar bilantanishdi. Kompozitor KovaChning «Kristina» qo’shig’ini serb, xorvat va rus tillarida ijro etib, olqishlarga sazovor bo’ldi va bu qo’shiq uning ijrosida juda mashhur bo’lib ketdi.
1982 yili K. Qayumov ayrim sabablarga ko’ra «Navo» anesamblini tark etdi. O’sha yili O’zbekiston teleradiokompani yasi qoshidagi Estrada-simfonik orkestrga ishga kirdi va 1998 yilga qadar faoliyat ko’rsatdi. 1998-2003 yillarda «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasida badiiy rahbar lavozimida ishladi. 2003 yildan buyon O’zbekiston davlat konservatori yasining teatr-studi yasining direktori va konservatori yada o’tkaziladigan kontsertlar rejissyori va badiiy rahbari lavozimlarida ishlamoqda.
Xonanda Kozim Qayumov o’tgan yillar davomida ijroChilik mahoratini oshirishda ko’p mehnat qildi, izlandi, repertuarini boyitdi. Uning repertuarida asosan o’zbek kompozitorlarining turli mavzularda yaratgan qo’shiqlari, qayta ishlangan (aranjirovka qilingan) o’zbek xalq qo’shiqlari ustuvorlikka ega. SHu bilan birga jahon xalqlarining va kompozitorlarining qo’shiqlari ham keng o’rin olgan. U har bir qo’shiq yaratilishida kompozitorlar bilan hamkorlikda qunt bilan ishlaydi. Xonanda juda ham ko’p qo’shiqlar ijro etdi. Ularning orasida Ik. Akbarovning «Omad lahzasi», Ye. SHir yaevning «Yoshligim» (H. Olimjon so’zi), A. Rasulovning «Jonona» (P. Mo’min so’zi), V. Baramqkovning «CHarxpalak» (SH. Boshbekov so’zi), bastakor-aranjirovkaChi Doni Ilyosovning estrada-simfonik orkestr uChun qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i «Yor keladi», «Yovvoyi tanavor», «Oromijon», xor bilan aytiladigan «Qalanlar I», Hamzaning «Sayyora (Furqat so’zi), K. Jabborovning «Etmasmidim» (Fuzuliy g’azali), turk xalq qo’shig’i «SHibidam» kabi juda ko’p qo’shiqlar estrada shinavandalarining o’rtasida mashhur bo’lib ketdi. Uning o’zi ham A. Oripov so’ziga yaqinda «Munojotni tingla» deb nomlangan qo’shiqni badiiy filg’m uChun yaratdi.
Estrada xonandasi K. Qayumov zamonaviy milliy estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga samarali hissa qo’shdi. Uning mehnati munosib taqdirlandi – 1987 yilda unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» faxriy unvoni berildi.
XX asrning 70-80-yillarda yoshlar orvsida zmonaviy estrada san’atiga qiziqish yanada avj oldi. Respublikamizning viloyatlarida va poytaxtda juda ko’p havaskor estrada guruhlari paydo bo’ldi. Masalan, 1978 yilda o’tkazilgan ko’rik-tanlovning ikkinChi davrasida 46 ta badiiy havaskorlar guruhlari va 41 nafar yakkaxon xonandalar qatnashdilar. Ushbu ko’rik-tanlovda qatnashgan «Ritm», «Gulshan», « TSvet», «Katangens», «Syurpriz», «Sinxron», «Dikenlend» va boshqa vokal-Cholg’u guruhlar Yevropa estrada gnuruhlariga taqlid qilgan holda o’zbekCha qo’shiqlarni ijro etishga harakat qilsalar-da, uzoq sahnaviy umr ko’ra olmadilar. SHu bilan birga, havaskor ansambllarning ayrimlari asosida professional estrada ansambllari ham bunyodga keldi. Masalan, yuqorida tilga olingan « yalla», «Sado», «Navo» kabi guruhlar ham havaskorlik to’garaklaridan ish boshlagan edilar. 1978 yil Samarqand shahrida Bahrom Abdullaev rahbarligida tashkil topgan «Zarafshon» nomli havaskor estrada ansambli maktabdagi havaskorlik to’garagiga qatnashib yurgan Nasiba Abdullaevani o’z tarkibiga taklif qildi. Xalqimizning sevimli xonandasi, O’zbekiston xalq artisti, o’zbek estradasi yulduzilaridan biri Nasiba Abdullaeva estrada san’atiga kirib kelishini shunday tahriflaydi: «1978 yili o’rta maktabni tamomlagan kezlarim edi. IjroChilik gruppamizda hozir elektroorganChi va sintezatorChi bo’lib ishlayotgan Samel BorisoviCh Kalustov bilan qo’shni edik. U ovozimga ilgaridan ehtibor berib yurar ekan Chamasi, bir kuni kutilmaganda meni repeti tsi yaga taklif qildi. SHu tariqa ovozim «kashf» etildi. Keyin «Zarafshon» ansambliga taklif qilishdi. U ovozimni asta-sekin, sabr-toqat bilan estradaning o’ziga xos qonuni yatlari tomoni «bukib» oldi. Radio va televideniedagi ilk muvaffaqiyatlarim ham o’sha davrga to’g’ri keladi. «Qo’shiq-81» respublika televizion tanlovida ishtirok etib, birinChi o’rinni oldim. Bizning guruhimiz E. Abdullaev – nog’ora, B. Abdullaev – gitara-solo, E. Kuknariev – gitara-bas A. Safarov – gosha-nog’ora, S. Kalustov – elektroorgan va sintezator kabi sozandalardan iborat edi. Mening estrada xonandasi bo’lib yetishib Chiqishimda, san’atda o’z yo’limni topishimda, el nazariga tushib, Nasiba Abdullaeva bo’lishimda turmush o’rtog’im Eldor Abdullaevning juda katta mehnatlari borligini alohida tahkidlayman va bu bilan faxrlanaman. Bizning estrada guruhimiz asosida 1979 yili «Samarqand» nomli professional estrada ansambli bunyodga keldi. Mazkur ansambl 1980 yili Samarqand viloyat filarmoni yasiga taklif ilindi. 1987 yildan boshlab ushbu ansambl filarmoni ya tarkibidan Chiqib, o’zi moli yaviy mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1994 yildan buyon ansambl Toshkentda istiqomat qilib, xalqqa xizmat qilmoqda.
XX asr 80-yillarining boshida mazkur ansambl xonandasi Nasiba Abdullaeva qo’shiq shinavandalarining nazariga tushdi. U o’ziga xos shirali, maftunkor tembrli ovozi va yuqori sahna madaniyati, nozik didi bilan muhlislarni o’ziga rom qilib kelmoqda. Xonanda yigirma yildan ortiq davr mobaynida xalqqa xizmat qilish jarayonida o’z repertuarini doimiy ravishda yangidan- yangi jozibali, rang-barang, turli mavzularda yaratilgan mazmunli qo’shiqlar bilan boyitib kelayotgani quvonarli holdir. U ijro etgan barCha qo’shiqlar gramplastinka, magnit tasmalarga, kompakt-disklarga yozilgan, teleradioning «Oltin fond»ida saqlanmoqda. Sevimli xonanda ijro etgan qo’shiqlardan ayrim namunalarni eslaib o’tmoqChimiz. Estrada ansambli uChun aranjirovka qilingan xalq qo’shiqlaridan: «Bari gal», «Tanavor», «Lazgi», «Sumbula», «Aylonay», «Dodarakam»(tojik xalq qo’shig’i), «Demadimmi»(turk xalq qo’shig’i); kompozitorlar yaratgan original qo’shiqlardan: U. Jivaevning «Samarqand»(H. Muhammad so’zi), N. Musaevning «Azizim onam» (SH. Husanov so’zi), E. Salixovning «Sevgi bahori» (H. Muhammad so’zi), M. Levievning «O’rik gullaganda» (Hamid Olimjon so’zi), Ahmad Zoir musiqasi va so’zi «Orizu gum kardam», A. Rasulov musiqasi va so’zi «Yoqasiz», «Jonim mening» va «Malol» (S. Dilxun so’zlari), «Ado bo’ldim» (xalq so’zi), «Arzimni aytdim» (Huvaydo g’azali), «Muhabbat bormi dunyoda», « yallama deyman» (I. Ji yanov so’zlari), A. Ergashevning «Baxt o’zi nimadir» (I. Ji yanov so’zi), R. Mahmudovning «Kelasiz» (I. Ji yanov so’zi), A. Xolmurodovning «Ko’rgim kelar», «Jonim» (I. Ji yanov so’zlari), «Umr bahori», «Taqdir qori» (B. Bobomurod so’zlari), N. Muhamedovning «Qaldirg’oCh» (K. Siddiqxo’jaev so’zi), SH. Tursunovning « yaxshi odamlar» (M. Otajonova so’zi) kabi dilrabo qo’shiqlari bilan xonanda tinglovChilar qalbiga mahnaviy ozuqa ulashib kelmoqda.
Tahkidlash joizki, ona Vatanimiz mustaqillikka erishishi bilan estrada san’atiga muhim ehtibor qaratilmoqda. O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva 2001 yilda o’z rahbarligida quyidagi sozandalardan iborat yangi ansambl tashkil qildi: A. Xolmurodov – klavishli Cholg’ular va aranjirovkaChi, S. Muhammadiev – Zarbli Cholg’ular, B. Ahmedov – gitara bas, L. GershkoviCh – gitara solo, V. Badirov – zarbli Cholg’ular, M. So’fixo’jaev – klavishli va boshqa Cholg’ular. Bulardan tashqari, D. Safaeva – matbuot ishlari bilan, D. Zufarov – mahmuri yat xodimi va N. Muhamedov – ansamblning menedjeri lavozimlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Sevimli xonanda Nasiba Abdullaeva ansambl bilan yillar davomida xalqqa xizmat qilib, zamonaviy milliy estrada san’atini respublikamizda va xorijiy o’lkalarda targ’ib qilib kelmoqda. Qator yillar davomida u Turki ya, Isroil, Arabiston, Hindiston, Germani ya, Fran tsi ya, yaponi ya kabi talay mamlakatlarda o’z san’atini namoyish qildi va olqishlarga sazovor bo’ldi. Uning samarali mehnati respublika rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. 1987 yilda unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist»,1993 yil «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlari berildi va 1999 yil «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.
Respublikamiz milliy estrada san’atining yulduzlaridan yana biri O’zbekiston xalq artisti G’ulomjon Yoqubovni ham alohida o’rni bor. Bu tug’ma istehdod sohibi o’ziga xos tembrli, noyob ovozi bilan ajralib turadi. Zamonaviy qo’shiqChilik olamida o’zining ajoyib san’ati, yuksak didi, yeng tafakkurli aqlu-zakovati bilan sermashaqqat hayot va ijod yo’lini bosib o’tmoqda. U Toshkent shahrining Ko’kCha dahasida (hozirgi SHomahmudovlar mahallasi) Toshpo’lat Yoqubov (1953 yil vafot etganlar) oilasida 1950 yilning 1 martida tavallud topgan. Otadan uCh yoshida ayrilib, onasi O’lmasoy Yoqubova (1981 yili olamdan o’tganlar) tarbi yasida vo yaga yetdi. Ko’kChadagi 40-son o’rta maktabda ta’lim oldi, bolaligidan musiqaga qiziqdi. Maktabdagi badiiy havaskorlik musiqa to’garagiga faol qatnashdi. Kompozitor Tolibjon Sodiqov nomidagi Toshkent shahar 7 yillik musiqa maktabida mashhur dutorChi G’. Qo’Chqorov sinfida ta’lim olib, 1969 yili Hamza nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurtiga o’qishga kirdi. Bu o’qish bilan bir davrda Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining musiqali drama fakulg’tetida tahsil oldi. 1973 yili Jizzax viloyat musiqali drama va komediya teatrida ishladi. 1974-1986 yillari M. Qoriyoqubov nomidagi O’zbekiston davlat filarmoni yasida yakkaxon xonanda sifatida ishladi. Mazkur san’at dargohadi dilrabo qo’shiqlari bilan tez orada el-yurtga tanildi.
1986 yili G’ulomjon Yoqubov o’z rahbarligida filarmoni ya tarkibida milliy estrada guruhini quyidagi mashhur sozandalardan tashkil qildi: Abduxoshim Ismoilov – g’ijjak, Abduvosit Toshpo’latov – Chang, G’ofur Roziqov – dutor va banjo, Solih Saidov – tor va gitara, Abdumannon Mirzaev – sintezator, Habibullo Rasulov – doira va boshqa zarbli Cholg’ular. Mazkur ansambl Yevropa estrada guruhlariga taqlid qilmasdan, zamonaviy milliy estrada qo’shiqChilik san’atini rivojlantirish va targ’ibot qilishni maqsad qilib qo’ydi. Ansambl yuqori savi yali ijroChilik mahorati bilan tez vaqtda xalqimizning iftixoriga aylandi. Bundayo yutuqning sababi G’. Yoqubov o’z repertuarini O’zbekiston xalq artisti A. Ismoilov bilan hamkorlikda, kun sayin turli mavzularda yaratilgan o’zbek xalq va bastakorlarning qo’shiqlari bilan boyitdi, tabiat bergan fusunkror, shirali, sharqona betakror ovozi bilan har bir qo’shiqni ijrosi ustida puxta ishlab, takomiliga yetkazishga harakat qildi. O’tgan yillar davomida uning kontsert dasturlariga kiritilgan qo’shiqlarning barChasini nomlarini keltirish mushkul. Bu haqda xonandaning o’zi shunday deydi: «...BarCha ijro etgan qo’shiqlarimning sonini bilmayman, ular juda ham ko’p. 1986 yilda Chop etilgan «Oltin disk» turkumidagi qo’shiqlarim ijodimda ham, hayotimda ham katta voqea bo’ldi. Bundan tashqari, O’zbekiston teleradiokompani yasi qoshidagi Estrada-simfonik orkestr jo’oligida ham anChagina qo’shiqlarni magnit tasmalariga va kompakt-disklarga yozdirishga mu yassar bo’ldim». Mazkur disklarda yozdirgan hamda kontsertlarda yangrayotgan qo’shiqlari sevgi-muhabbat, ona Vatan, tabiat nafosatini kuylashga qaratilgan. U ijro etgan qo’shiqlarning ohangdorligi, o’ynoqiligi, lirik jozibasi bilan tinglovChilarni rom etadi. Xonanda kuylaganda tomoshabin ahlining yurak torlari beixtiyor jimirlaydi, hislari jo’sh urib, ularga zavq bag’ishlaydi, saodatli tuyg’ularni tarannum etadi. Masalan, uning kuylagan qo’shiqlari orasida kompozitor A. Rasulovning «Dilorom», «Nargiz», «Tango» (M. Yusuf so’zlari), «Oybaldoq», «Yorimsan», «Aylan» (I. Ji yanov so’zlari) va xonanda o’zi yaratgan «Vohay-vohay» (O. Erkin so’zi), «Aldandim» (U. Abduazimova so’zi), «Sening kulishlaring», «Sen o’zing», «O’ylasam» kabi qo’shiqlar fikrimizning dalilidir.
SHuni aytish joizki, G’. Yoqubov ijro etadigan ayrim qo’shiqlariga raqqosa yoki raqqosalarni ham qo’shadi. U shunday deydi: «Qo’shiq xalq diliga manzur bo’lishda raqsning ham o’z o’rni bor. Bu albatta raqqosaning mahoratiga bog’liq. Ma’lumki, qo’shiq mahnosinibarmoqlar, ko’zlar, imo-ishoralar, tana harakati, ya’ni butun borlig’i bilan tasvirlab, bayon qila olish har bir raqqosaning qo’lidan kelavermaydi. Har doim qo’shiqqa raqqosa juda mos kelishini istayman, izlanaman va topaman. O’zbek xalqi jiddiylik va quvnoqlikni uyg’unlashtiradigan orzu-havas ruhi bilan sug’orilgan, obrazlar yorqinligi bilan ajralib turadigan, ham musiqa, ham raqs, ham ovozni o’zida mujassamlashtirgan yallalarni xush qo’radi». Bu serg’ayrat xonanda Vatanimizning poytaxti va barCha viloyatlarda o’tkazilgan tadbirlarda, gastrollarda, televizion ko’rsatuvlarda faol qatnashib, xalq olqishlariga sazovor bo’lmoqda. U 50 ta xorijiy mamlakatlarda o’zbek, rus, arab, eron, turk, tojik tillarida o’z ijodini namoyish qildi.
Xonanda G’. Yoqubov yuqorida tilga olingan sozandalar guruhi bilan uzoq yillar davomida ishladi. XX asrning oxirlarida ayrim sabablarga ko’ra mazkur ansambl guruhi tarqab ketdi. U sozandalardan yangi, ikkinChi estrada guruhini tuzdi va shu guruh bilan xalqqa xizmat qilib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi rahbariyati xonanda G’ulomjon Yoqubovni yurtimizda milliy estrada san’atini rivojlantirishga qo’shgan samarali xizmatlari uChun 1981 yili O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, 1987 yili O’zbekiston xalq artisti, 1992 yili Qoraqalpog’iston xalq artisti faxriy unvonlari, 1997 yili «Do’stlik», 1999 yili «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirladi.
XX asrning 90-yillarida esa o’zbek xalqi hayotida keskin ravishda tarixiy o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekiston mustaqil davlat bo’ldi. Uning siyosiy-ijtimoiy, madaniy-mahnaviy hayotida shonli o’zgarishlar bo’lmoqda. Jahondagi juda ko’p davlatlar O’zbekistonning mustaqilligini tan oldi. Ular bilan siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar kun sayin rivojlanib bormoqda. Darhaqiqat, respublikamiz jahon miqyosida madaniy hamkorlik doirasini kengaytirib, aloqalarni mustahkamlamoqda. Ana shunday muhitda respublikamizning musiqa madaniyati va ayniqsa estrada san’atida ham o’zgarishlar ro’y bermoqda.
O’zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo’lgandan buyon respublika Hukumati teatr, musiqa, raqs va estrada san’at turlarini yanada rivojlantirishga katta ehtibor bermoqda. Mazkur sohalarni kamol topishiga qaratilgan maxsus farmon va qarorlar qabul qilinib, amalda joriy qilinmoqda. Bu o’rinda 1996 yil 5 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasini tashkil etish to’g’risidagi Farmoni alohida ahamiyatga sazovordir. Iazkur farmonga asosan M. Qoriyoqubov nomidagi O’zbek davlat filarmoni yasi hamda «O’zbekkontsert» negizida «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi tashkil topdi. Bu tashkilot zimmasiga O’zbekiston xalqlarining musiqiy merosini, zamonaviy musiqa hamda raqs san’atlarini rivojlantirish, eng yaxshi yutuqlarni asrash va targ’ibot qilish kabi ulkan vazifalar topshirildi. SHu bilan birga, Mustaqil Vatanimiz – O’zbekistonda 1995 yildan boshlab har yili «O’zbekiston Vatanim manim» qo’shiq festivali, 1997 yildan boshlab har ikki yilda Samarqand shahrida «SHarq taronalari» xalqaro musiqa festivali o’tkazish, shuningdek, 1999 yili «Sado» respublika professional yangi qo’shiqlar festivali, 2000 yili bolalar san’at festivallari va har yili «Navro’z» bayramini nishonlash to’g’risida qabul qilingan qarorlar amalda joriy etiloqda.
O’zbekistonda bqori malakali estrada san’ati mutaxassislarini tayyorlash uChun ham muhim ehtibor qaratilmoqda. Yuqorida zikr qilinganidek, 1996 yili O’zbekiston davlat konservatori yasida estrada musiqa fakulteti, ilgarigi estrada- tsirk bilim yurti negizida ilk bor maxsus Estrada- tsirk kolleji hamda viloyatlardagi san’at kollejlarida estrada bo’limlarining tashkil topishi va istehdodli yoshlarni rag’batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000 yildan boshlab har yili o’tkaziladigan «Nihol» mukofoti tahsis etildi.
O’zbekiston estrada san’ati sohasida tashkiliy ishlar bilan bir qatorda yoshlar orasida estrada guruhlari va yakka ijroChilarning paydo bo’lishi va ularning repertuarlarini boyitishga, ijroChilik mahoratlarini kamolotga yetkazishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Avvalo shuni aytish kerakki, o’zbek estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga tamal toshini qo’ygan, kelgusida yuksak darajaga yetkazgan yulduzlar – Tamaraxonim, Botir Zokirov, Rahno SHaripova, Yunus To’raev, Bahrom Mavlonov, Staxan Rahimov, Farrux Zokirov, Mansur Toshmatov, G’ulomjon Yoqubov, Kozim Qayumov, SHaxboz Nizomiddinov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Nasiba Abdullaeva, Sultonposhsha O’daeva va boshqa estrada xonandalarining boshlagan ishlarini yangi avlod estrada san’atkorlari – I. Farmonov, Ravshan Namozov, Azim Mullaxonov, Muhriddin Xoliqov, G’iyos Boytoev, Mavluda Asalxo’jaeva, Saloxiddin Azizboev, Mohira Asadova, Gulbahor Sulaymonova, Yulduz Abdullaeva, SHahlo Rustamova, SHoira Haydarova, Toshpo’lat Matkarimov, Sayyora Qozieva, Manzura Yo’ldosheva va boshqa o’nlab estrada ijroChilari bilan birga «Nihol» mukofotiga sazovor bo’lgan Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Sevara Nazarxon, Izzatilla Ibrohimov, Abdulaziz Karim, SHerali Hojiev, Nilufar Rahmatova Larisa Moskalyovalar davom ettirib, xalqqa xizmat qilmoqdalar.
SHuningdek, Mustaqillik yillarida quyidagi guruhlar bunyodga keldi: Sarvar Qoziev rahbarligida kamol topgan hamda turli estrada tanlovlari sovriniga sazovor bo’lgan «Qars», Abdulaziz Karim rahbarligidagi «Asr», Rashid Holiqov rahbarligidagi «SHahzod», Muhammadjon Ro’zimuxamedov rahbarligidagi «SHofayz», Doniyor Mamedov rahbarligidagi «Bayram», Abdulla SHomag’rupov rahbarligidagi «Nola», Tohir Sodiqov rahbarligidagi «Bolalar», M. Toshmatov tashkil qilgan, «Nihol» mukofotiga sazovor bo’lgan «Setora» guruhi, Umid SHaxobov rahbarligidagi «Marjon» guruhi, Sevara rahbarligidagi «Sidriz» va «Xo’ja», «Toj», «Sarbon», «Diyor», «Bunyod», «Safar» kabi estrada guruhlari zamonaviy estrada san’atining taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bu tilga olingan estrada guruhlarining ijodiy yutuqlari va kamChiliklari ham mavjud.
XX asrning 90-yillarida o’zbek estrada san’ati olamiga xonanda, O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o’zining keng nafasi, noyob ovozi va birgina o’ziga xos ijroChilik yo’li bilan kirib keldi. Bu tug’ma istehdod sohibasi, estradamizning eng yorqin yulduzi yillar davomida turli mavzularda yaratilgan qo’shiqlari bilan tomoshabinlarni maftun qilib, olqishlarga sazovor bo’lmoqda. Uning ijroChilik san’ati shu qadar qiziqarliki, har bir ijro etgan qo’shig’i yo dard, yo tashvish, yo ilinj, goho hazinlik va g’amginlik, goho sho’xChan ruhni o’zida mujassamlashtirganligi bilan tinglovChilarni xayratga solib kelmoqda. Bunday ijodiy yutuqlarga ega bo’lish uChun u sermashaqqat hayot va ijod yo’lini bosib kelmoqda.
Xalqimizning sevimli xonandasi Yulduz Usmonova musiqa san’ati olamiga kirib kelishini shunday tahriflaydi: «Men Marg’ilon shahrida 1963 yilning 12 dekabrida tavallud ko’rganman. Otam Urayimoxun Usmonov (1926), onam Rahimaxon Akbarova (1932) Marg’ilon ipakChilik korxonasida ko’p yillar davomida halol mehnat qilishdi. Oilamizda to’rt o’g’il, to’rt qizmiz. Men oltinChisiman. Bolaligimda juda sho’x, tirishqoq va urishqoq bo’lganman. Uyda, ko’Chada, maktabda ko’p dakki eshitardim, qo’shiq aytishni yaxshi ko’rardim. Bu sohada onamning qo’shiq aytishlari men uChun ilk maktab bo’ldi. Maktabning 8 sinfini bitirib, otam va onam ishlayotgan ipakChilik korxonasiga ishga kirdim. Korxonaning madaniyat klubidagi havaskorlik ashula va raqs ansamblida ishtirok etardim. Meni turmushga uzatishmoqChi bo’lishdi, men turli bahonalar bilan rad etdim. Musiqaga o’qish hayolimda ham yo’q edi. Bir kuni baxtimga korxonamiz klubiga Marg’ilon shahar partiya qo’mitasining birinChi kotibi o’z hamrohlari bilan kelishdi. Biz ularga ansamblimiz dasturini ko’rsatdik. Mening ovozim va aytgan ashulam ularga juda mahqul kelib, Marg’ilondagi pedagogika bilim yurtiganing musiqa bo’limiga tavsi ya etishdi va shu yerda o’qidim. «Marg’ilon xandasi» ansamblida faol qatnashdim. O’zim «Marg’ilon qizlari» ansamblini tuzdim. Ustozlarim Tamaraxonim va Gavharxonimlar yaqindan yordam berishdi. SHaharda o’tkazilgan ikkita ko’rik-tanlovda ishtirok etib, g’olib bo’ldim. Ustozlarning maslahatlariga binoan 1984 yili Toshkent davlat konservatori yasining vokal tayyorlov bo’limiga o’qishga kirdim. 1986 yildan boshlab konservatori yaning «SHarq musiqasi» fakultetida tahsil ko’rdim. Menga O’zbekiston xalq artisti, professor Saodat Qobulova ustozlik qildilar. Ularga o’z mehr-muhabbatimni izhor qilaman. Konservatori yada o’qib yurgan kezlarim, yashirishning hojati yo’q, bo’lg’usi qizim Nilufarning otasi bilan birga to’ylarga borib, xizmat ham qilib turardik. SHu davrda men o’z muhlislarimni topa boshladim. Men o’z repertuarimni xalqimizning noyob ashulalari va estrada qo’shiqlari bilan boyitib borardim. 1987 yili hayotimda kutilmagan hodisa ro’y berdi. O’sha yili «Istiqlol» saroyida xonanda Nasiba Abdullaeva kontsertiga Chiptalar sotilgan edi. Kontsertdan bir kun oldin xonanda xastalanib qolibdi. O’sha vaqtdagi «O’zbekkontsert» birlashmasining direktori Jalol TuroboviCh Rahmatullaev menga murojaat qilib, Nasibaning o’rniga kontsert berishni iltimos qildi. Taklifni qo’rqmasdan qabul qildim va ertasiga ehlon qilingandan so’ng, birinChi marotaba katta sahnaga Chiqdim. Zalda avvaliga qiyqiruvlar bo’ldi, ayrim tomoshabinlar Chipta pullarini qaytarib olishdi. Zalda qolganlar mening dasturimni tinglab, kontsertdan mamnun bo’lib, qarsaklar bilan olqishlashdi. Mazkur kontsert men uChun katta sinov va estrada xonandasi bo’lishimda asosiy burilish bo’ldi».
Ma’lumki, yuragida Cho’g’i bor xonanda ijroChini yuksaklikka ko’taradigan, xalqqa tanitadigan, elga aziz qiladigan bir omil bor. Bu omil – ijodiy izlanish, og’ir mehnatdan qoChmasdan, halol mehnat qilish, tinglovChi-tomoshabinni hurmat qilish va sevishdan iborat. Haqiqiy san’atkorga istehdodni yaratganning o’zi bersa-da, u shaxsiy xuzur-halovatidan, oromidan keChib, o’ziga xos uslubi yo’lini topishga, muttasil ravishda yangilikka va kamolot Cho’qqisiga intilishi darkor. SHundagina u ezgu maqsadlariga erisha oladi. Estrada xonandalari orasida bu talabga xonanda Yulduz Usmonova mukammal ravishda amal qilib kelmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. U konservatori yada o’qib yurgan kezlari o’ziga mahqul bo’lgan shehrlarga kuy bastalashda ijodiy izlandi, mashqlar qildi va ijobiy natijalarga erisha bordi. Qo’shiq yaratishda har bir shehrning o’zida mavjud bo’lgan pinhoniy iChki ohanglarni topishga harakat qilib, betakror qo’shiqlar yaratdi. SHuning uChun bo’lsa kerak uning turli mavzularda ilk bor yaratgan «Qoqilaman», «Mayda-mayda», «Hamroz» kabi qo’shiqlaribilan shoir I. Ji yanov so’zlariga bastalagan «Tanhoman», «Nilufar gulim», «Yor bo’lasizmi», «Ayol» (SH. Salimova so’zi), «Ayol oshiq bo’lsa» (B. Bobomurod so’zi) kabi lirik-dardli qo’shiqlar bilan birga ijtimoiy-siyosiy mavzuda yaratilgan «HeCh kimga bermayman seni O’zbekiston», «O’zingdan qo’ymasin xalqim», «Xalq bo’l edim» (Muhammad Yusuf shehrlari), kompozitor Anor Nazarov musiqasi «Men neChun sevaman O’zbekistonni» (Abdulla Oripov so’zi) kabi tahsirli, ifodali, jozibador qo’shiqlar tinglovChilarning qalb tublariga yetib, maftun qilmoqda. Darhaqiqat, Yulduz Usmonovaning kontsert repertuari boy. U baxtli hayotni, ishq-muhabbatni, insonlarni, Vatanimizni ulug’lash bilan birga insoni yatning boshiga tushgan yovuz urushlarni, ekstremizmni qoralashga, tinChlikni saqlashga bag’ishlangan qo’shiqlar bilan xalqimizni xushyorlikka dahvat etadi.
Umuman, Yulduz Usmonovaning ijroChilik faoliyati ayni kamolot pallasiga yetdi. Uning qo’shiqChilik san’atiga bo’lgan munosabati, talabi, qiziqishi, yuksak estetik savi yasi bilan O’zbekistonning milliy estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga ulkan hissa qo’shmoqda. O’zbek estrada san’atining yorqin yulduzi Yu. Usmonova birgina ona-yurtimizda emas, balki xorijiy mamlakatlarda ham mashhur. U 1988 yili Latvi yaning Yurmala shahrida o’tgan estrada ko’rik-tanlovida diplom bilan, 1991 yili o’tgan «Osiy ovozi» xalqaro ko’rik-tanlovda ikkinChi o’rin, 1995 yili «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 1997 yili «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlarga hamda 2000 yil «Ofarin» tanlovining «Eng yaxshi qo’shiqChi» nomina tsi yasiga sazovor bo’ldi.
Yu. Usmonovaning hayoti va ijodiy faoliyati bilan qiziquvChilar rus tilida Chop etilgan, maxsus uning faoliyatiga «Tarona» jurnalining 2002 yil 10 (17) soni, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2003 yil 21 mart sonidagi uning san’atga bo’lgan munosabati haqidagi intervyusi bilan tanishishlari mumkin.
Yuqorida zikr qilingan barCha professional orkestr va ansambllar, ularning tashkilotChilari, badiiy rahbarlari, xonanda va sozandalarining ijodiy faoliyatlari, izlanishlari, mashaqqatli mehnatlari tufayli respublikamizda zamonaviy milliy estrada san’ati bunyodga keldi, rivojlandi. Ana shu jarayonda albatta, har bir ijroChi xonanda- yakkaxon o’z estetik didi, tanlab olgan yo’li, oldiga qo’ygan maqsadi bilan repertuarni boyitishda kompozitorlar barCha avlodlarining qo’shiqlaridan tanlab yoki xalq va o’zi bastalagan qo’shiqlarni aranjirovka qilish uChun mutaxassislarga murojaat qilib, bu qo’shiqlarni qiyomiga yetkazib ijro etishga harakat qilgan san’atkorning mavqei oshib boraveradi, buning uddasidan Chiqa olmay sahnani tark etganlar ham oz emas.


1 O’zbekiston estrada orkestrining sozandalari: skripkaChilar – G. Seleznev, V. Kuzne цov, O. Lebedev, E. Chalbaш; trubaChilar – A. Gendel, I. Burko, V. Aleksandrov, G. Kyulaxli-o’g’li; saksafonChilar – Yu. Isxakov, O. Pol яkov, A. Gordeev, E. Ustinov, Ye. Savinov; trombonChilar – I. Kornilov, R. Truшkov, S. Aniskin; gitaraChi – V. SveChnikov, ChangChi – T. O’tbosarov, doiraChi – M. Mirxoliqov, kontrabasChi – L. Xavkin, zarbli Cholg’ular – P. Morduxaev.

2 «Toшkent myuzik-xoll»i bo’yiCha qabul qilingan dasturni ro’yobga Chiqariшda quyidagi san’atkorlar iшtirok etganlar: Boш badiiy raҳbar Yu. To’raev, boш rejissyor Botir Zokirov, boш dirijyor A. Kalvarskiy, dirijyor V. Silin, rassom G. Yungvalьd-XilьkeviCh, nur ustasi V. Besklubov, raqs saҳnalaшtiruvChilar N. Markar яn ц va Yu. Vzorov, saҳna mudiri G. Konvisser.
Orkestrning sozandalari: S. Akbarxo’jaev, A. Aksyonov, A. Aniskin, A. Brizjunov, L Gelьfman, Z. Zaynutdinov, D. Iшmatov, N. Ivaшenko, V. Kox, A. Krasov, A. Leyliev, A. Orgxov, R. Tregulov, A. Chernikov.
яkkaxon xonandalar: B. Zokirov, L. Zokirova, N. Zokirov, Yu. To’raev, E. Qandov, G. Шokirova, A. Petrove ц.
Baletmeysterlar: Z. Raҳmatullaeva va G. Iji цkiy. Balet solistlari: A. Bogomolova, T. Vlasova, M. Ga яnova, N. Jarova, X. Kamoliddinova, N. Kostin, G. Minasova, G. Novgorodova, E. Pr яniChnikova, G. Rum яn цeva, G. Saitova, I. Sodiqova, S. Sulaymonova, L. Tarasenko, T. Xo’jaeva.
«Sindbodning yettinChi sayoҳati» dasturini saҳnalaшtiriшda Botir Zokirov bilan birga moskvalik maшҳur rejissyor Mark Zaxarov iшtirok etgan.

3 «Sovet O’zbekiston san’ati» jurnali № 2, 1987, 11-b.

4 «O’zbekiston san’ati» jurnali, 1988 yil, № 10, 22-25-bb.

5 «Sovet O’zbekiston san’ati» 1989 y., 14-b.

Download 197.15 Kb.




Download 197.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbek estrada san’atining rivojlanish jarayoNI

Download 197.15 Kb.