• buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar




Download 18.92 Kb.
Sana28.03.2024
Hajmi18.92 Kb.
#179959
Bog'liq
4-mavzu Logistika tizimida zaxiralarni boshqarish tizimi
voters-list-p-759, 1-mavzu Autocad dasturi, 2 kus VARIANT, 2-referat, курсант Собиров Н Т НАМУНА, Academic-Data-401191100157, 14455, Zamona o\'qituvchi-3, Mehnat bozorida davlatning ish bilan bandlik siyosati susxrob, Tanlanmaning boshlang ich statistik tahlili, analogli imslar, Мустафоев А А десер3 (2) (2), IFYTDeDOB1QhxbjzJKswRJ6uMzuc4COX9Fs0Du67, 1-мавзу ССИ, taqriz11

Moddiy zaxiralar — bu ishlab chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan xomashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va boshqa moddiy qiymatlardir. Korxonada zaxiralarning asosiy qismini moddiy oqimning texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlaridan tashkil topadi.
Xomashyo materiallarini yetkazib berish, ko‘p hollarda davriy ravishda amalga oshiriladi, ularning iste’moli, asosan, uzluksiz bo‘ladi va kelib tushish vaqti bilan mos kelmaydi. Har bir korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xomashyo. materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg’i va boshqa resurslarning ma’lum turdagi zaxiralari tashkil etiladi. Zaxiralarni tashkil etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular — narxlarning mavsumiy o‘zgarishi; yetkazib berishlaming qabul qilingan grafigining buzilishi: talabning o‘zgarishi va boshqalar.
Xomashyoning mahsulotga aylanishi yolida va mahsulotning oxirgi itse’molchigacha bo‘lgan harakatida zaxiralarning ikkita asosiy turi tashkil etiladi: ishlab chiqarish va mahsulot zaxiralari.
Ishlab chiqarish zaxiralari iste’molchi-tashkilotlarda shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Mahsulot zaxiralari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan iste’molchiga qaratilgan harakatidagi zaxiralardan, ya’ni ulgurji va chakana savdo korxonalarida, tayyorlov tashkilotlarida va yo’ldagi zaxiralardan iborat.
Moddiy oqimlarni boshqarish konsepsiyasining amaliyotda qo’llanilishi zaxiralar yig’indisini optimallashtirish bilan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bog’liq. Zaxiralarni optimallashtirishning mezoni bo’lib buyurtmalarni bajarishga va materiallarni saqlashga ketadigan umumiy xarajatlar hisoblanadi. Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
• buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar;
• xarid narxi bilan belgilanadigan xarajatlar;
• zaxiralarni saqlash (ombor)ga ketadigan xarajatlar;
• «yetishmovchilik» natijasidagi yo‘qotishlar.
Zaxiralarni boshqarishning bir nechta strategiyalari mavjud. Bu strategiyalar maxsus xizmatlar ishchilariga. oddiy hisoblarni o‘tkazish asosida zaxiralarni boshqarishda korxonaning siyosatini aniqlash imkonini beradi.
Eng katta ehtiyotkorlik strategiyasi. Bu strategiya, asosan, zarur zaxira miqdori bir kun ichida zaxiralarning maksimal iste’molini yetkazib berishning eng katta davomiyligiga ega bo‘lgan davriga vig'indisi sifatida aniqianadi. Natijada keyingi buyurtma berilish vaqtiga to‘la miqdorda ishlatilib tugatilmaydigan zaxiralar vujudga keladi.
Qo'shimcha zaxira strategiyasi. Bu holda iste’molchilarning kafolati moddiy resurslarning qo'shimcha zaxiralarini tashkil etish hisobiga ta’minlanadi.
Logistik funksiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar hamma turdagi omborlardan moddiy resurslarni xarid qilishda, ombor operatsiyalarini bajarishda, transport va yuklash tushirish ishlarini bajarish jarayonida va hokazolarda vujudga keladi.
Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etishda vujudga keladigan xarajatlar guruhiga quyidagi funksiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi:
• turli xil maqsadlarga yo‘naltirilgan zavod omborlarini ishlatish;
• zaxiralarni shakllantirish va saqlash;
• ichki tashish ishlarini tashkil etish;
• jo‘natilgan tovarlarni tanlash va ularni qadoqlash;
• hujjatlarni tayyorlash.
Tovar harakati shakllari va sxemalarini tanlashda xarajatlarning optimal kombinatsiyasi aniqlanadi, bunda xarajatlarning asosiy tashkil etuvchilaridan biri (transport xarajatlar) nisbatan yuqori darajada bo‘lgan taqdirda ham ularning umumiy miqdori eng kichik darajada bo'lishi kerak.
Masalan, havo yo‘llari orqaii yuk tashish boshqa turdagi transport vositalarida yuk tashishga qaraganda qimmatroq bo‘lsa ham, ular tovar harakatiga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi va yukni tezroq yetkazib berish imkonini beradi.
Optimallashtirishning konkret masalalarini hal qilishda aniq maqsadlar qo‘yiladi — fovdani maksimallashtirish; logistik xarajatlarni minimallashtirish; xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish; yetkazib berish muddatlarini ta’minlash va hokazo.
Transport turini tanlashda ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yuklarni tashishning ratsional radiusini aniqlash usuli qo‘llaniladi. Bu holatda transportning muqobil turlari uchun (masalan temir yo‘l va avtomobil) yukni yetkazib berishga ketadigan xarajatlar aniqlanadi, ular yuk turiga, tashishning faoliyati va chizmasiga, yuk miqdoriga va transport tariflariga bog‘liq.
Download 18.92 Kb.




Download 18.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar

Download 18.92 Kb.