|
Selsinlar haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 1/3 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 16,5 Kb. | | #125927 |
Bog'liq Selsinlar haqida umumiy ma’lumotlar-fayllar.org (1)
Selsinlar haqida umumiy ma’lumotlar
SELSINLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
lnduksion sinxronlash tizimlarida o'lchov o'zgartkichlari va qabul qiluvchi sifatida o'z-o'zini sinxronlashtirish xususiyatiga ega bo'lgan mikrornashinalar selsinlar deb ataladi.
Sinxron aloqa induksion qurilmalari ma’lum masofaga burchakli yoki chiziqli siljishni burchak burilishiga o‘zgartirilgan siljishlami uzatishga xizmat qiladi. Bu holda berilayotgan burchakni, ya’ni o‘lchov o'zgartkichidan chiqayotgan signalni uzatuvchi qurilma bilan bu kattalikni qabul qilib oluvchi qurilmaga uzatish elektr aloqa vositasida amalga oshiriladi. 0‘lchov o'zgartkichi va qabul qilib oluvchi orasidagi bu bog’lanish aloqa liniyasi deb ataladi. Bunday tizimlarda burchak kattaligini uzatish sinxron ravishda va silliq amalga oshiriladi.
Induksion tizimlarda qo'llaniladigan sinxron aloqalaridagi selsinlar va shuningdek, tizimlarning o'zi ham uch fazali va bir fazali guruhlarga bo'Iinadi.
Elektr val sxemalarida — bir-biridan ma’lum masofada joylashgan ikki elektr motor tezligini bir paytda katta aniqlikda sinxron va fazasi bo‘yicha ham sinxron boshqarish talab etilgan hollarda uch fazali selsinlar qo'llaniladi. Bir fazali selsinlar ikki asosiy ish rejimida ishlashi mumkin: indtkator rejimi, o'lchov o'zgartkichi majburiy aylantiriladi, qabul qilib oluvchi qurilma esa holat o‘lchov o'zgartkichi bo'yicha holatini o'zining sinxronlovchi momenti ta’sirida o‘matadi;
transformator rejimi, o'lchov o'zgartkichi majburiy aylantiriladi, qabul qilib oluvchi qurilma esa burchak nomuvofiqligi funksiyasi bo'lgan kuchla- nishni ishlab chiqaradi.
Har ikki ish rejimlari uchun ham quyidagi sxemalardan biri qo'llanilishi mumkin:
jufllik: o‘Ichov o'zgartkichi — qabul qiluvchi;
ko'p karrali: o'lchov o'zgartkichi — bir necha qabul qiluvchi; d) differensial: ikki o'lchov o'zgartkichi - qabul qiluvchi.
Bir fazali seisin indikator va transformator rejimlarida o'lchov o'zgartkich hamda qabul qiluvchi sifatida ishlashi mumkin,
Bir fazali selsinlarga qo'yiladigan asosiy talablar:
statik va dinamik aniqliklari yuqori bo'lishi kerak. Statik xatolik sekin burilish rejimida uzatilayotgan burchakning uzatish xatoligi qiymati, di- namik xatolik esa uzluksiz aylanishdagi berilayotgan burchakning uzatilish xatoligi;
bir aylanish oralig'ida o'zini-o'zi sinxronlash xususiyati, ya’ni selsinli tizimning bir aylanish oralig'ida faqat bitta turg'un mos holatda bo'lishi;
tezlikning katta qiymatlarida o'z-o'zini sinxronlash xususiyatini saqlab qolishi.
Bu talablarni ta’minlash uchun indikator selsinlari katta solislitirma va maksimal sinxronlash momentlarini yuzaga keltira olishi hamda qabul qiluvchi rotorining tinchlanishi esa eng kam vaqtda bo'Iishi kerak bo'ladi. Transformator selsinlarining solishtirma chiqish kuchlanishlari, berilgan yuklanish qarshiligida iloji boricha katta bo'Iishi va qabul qiluvchining chiqish qarshiligi minimal bo'Iishi lozim.
|
| |