Mundarija: kirish I. Bob. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot




Download 121,5 Kb.
bet5/9
Sana11.01.2024
Hajmi121,5 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu “O\'qish darslarida masal o\'tish uslubiyati mundarija kir

II.BOB.MASALNI O’QISH METODIKASI
2.1Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. Masalda insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol, hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi. Masal materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqa da ham qoʻllanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda masalning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). Masal janri unsurlari juda qadimdan maʼluMasal Uning namunalari "Kalila va Dimna" (Panchatantra, 3-asr) tarkibida uchraydi. Masallar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy "ZarbulMasal" asarida masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qad. yunon adabiyotida Ezop (milodiy 6—5-asrlar), Rim adabiyotida Fedr (miloddan avvalgi 1-asr), fransuz adabiyotida Lafonten (17-asr), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov masalning ajoyib namunalarini yaratdidar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qoʻchqorbekov, Ya. Qurbonov va boshqa masal janrini rivojlantirdilar.
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar Masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham Masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha Masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.


2.2Adabiyot nazariyasida Masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop Masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus Masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek Masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili” da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning Masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari Masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi.
O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina Masallar yozganlar.
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning Masallari, axloqiy va tarbiyaviy Masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. Mashhur Masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” Masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.
Jumladan, Masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida Masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida Masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.
2-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) Masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu Masaldagi asosiy xulosa Masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
“CHumoli va Tipratikan” Masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar. Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.
2-sinf “O’qish kitobi” da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar” kabi Masallar joy olgan. Bu Masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi.
Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar Masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular Masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, Masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
2-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) Masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan.
Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha Masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion nuqta va echimi bo’lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
Bolalarni Masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, obrazlarning go’zalligi o’ziga jalb qiladi. SHuning uchun Masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi.
Qadim zamonlardan beri ko'plab xalqlar tez va tez Masal sifatida foydalanganlar samarali usul bolalarda asosiy hayotiy tushunchalar va qadriyatlarni o'rgatish. Masal qisqa hikoya bo'lganligi sababli, bola uni oxirigacha tinglash uchun sabr-toqatga ega bo'ladi. Qiziqarli shakl va qiziqarli, tushunarli qahramonlar kichkina odamga: yaxshilik va yomonlik nima, sevgi va kattalarga hurmat nima va boshqa muhim narsalarni etkazadi. Masalning salbiy qahramonni qoralamasligi, uning kamchiliklarini masxara qilmasligi, lekin shu bilan birga baribir ularga ishora qilishi juda muhim, shunda bola nima qilish mumkinligini va nima mumkin emasligini tushunadi. Afsuski, ko'pgina ota-onalar rivojlanishning dastlabki bosqichida farzandlari Masallarni shunday idrok eta olmaydi, deb hisoblashadi. Bu fikr noto'g'ri.


2.3. Masallarni bolaga beshikdanoq o‘qib berish mumkin. Albatta, dastlab u ularni tushunmasligi mumkin. haqiqiy ma'no, ammo, ongsiz darajada, iz har qanday holatda qoladi.
Erta yoshdanoq Masallar kichkina odamda dunyoga, o'ziga va o'z harakatlariga to'g'ri munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Shunisi ham qiziqki, bunday munosabatni shakllantirish jarayonida bola sizda bor narsani qadrlash kerakligini tushuna boshlaydi.
Qisqa Masallarni o'qish bolalarga o'z qahramonlari bilan quvonch va qayg'uni baham ko'rish imkoniyatini beradi va bu, o'z navbatida, bolani hamdardlik, mehr va rahm-shafqatga o'rgatadi. Yaxshi Masallar bolani bezovta qiluvchi fikrlardan xalos qiladi, unga o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantiradi va ochko'zlik va maqtanchoqlik namoyon bo'lishidan voz kechishga yordam beradi. Qisqa Masallar bolaga hasad yomon ekanligini va agar u biror narsani xohlasa, buning uchun ishlashingiz va maqsadingizga erishishingiz kerak bo'lgan tushunarli shaklda ko'rsatishga qodir. Tabiiyki, bu yoshdagi "ish" deganda, nazarda tutiladi yaxshi xulq-atvor, itoatkorlik, o'rganish va boshqalar.
Eng erta yosh taxminan olti yoki etti yoshgacha, qisqa Masallar bolalarga o'qish uchun juda mos keladi. Bolaning ularni idrok etishi oson, biroq ayni paytda tasavvur rang-barang rasmlarni chizadi va boyitiladi. so'z boyligi. Tez orada siz bolaga o'z fikrlarini aytish osonroq bo'layotganini sezasiz, u endi hovlida tez-tez janjallarga shoshilmaydi, balki qaror qilishga harakat qiladi. ziddiyatli vaziyatlar og'zaki. Qisqasi, bir qarashda tarixda shunchalik chuqur ma’no borki... Gapiraman oddiy so'zlar bilan aytganda, ular bolaga hayotning ko'p qirrali ekanligini ko'rsatadilar va u yoki bu hodisani yaxshi yoki yomonga bo'lishning ma'nosi yo'q. Har qanday vaziyatni ko'rib chiqqach, uni sizning foydangizga hal qilish mumkin va umidsiz vaziyatlar ta'rifi bo'yicha mavjud emas.
O'rgatuvchi Masallar ular koinotning yosh tadqiqotchisiga hamma sir aniq bo‘lishi va yovuzlik albatta jazolanishini ko‘rsatib beradilar. Bola o'z harakatlariga boshqa odamning ko'zi bilan qarashni o'rganadi, xuddi tashqaridan.
Vaqt o'tishi bilan u biron bir ishni qilishdan oldin, uning o'rtog'iga yoki shunchaki tasodifiy o'tkinchiga zarar etkazishi haqida o'ylash kerakligini tushunadi. Bundan tashqari, Masal chaqaloqqa uning ba'zi istaklarini orqa fonga o'tkazish kerakligini, ba'zilari esa butunlay qo'rqish va unga qarshi kurashish kerakligini tushunishga yordam beradi. Albatta, kichkintoyingizga Masal yoki ertak o'qish, printsipial jihatdan sizga bog'liq. Biroq, hatto erta yoshda ham, unga qarama-qarshiliklar, yolg'on hukmlar va bema'nilik bilan to'la dunyoda qulay bo'lishiga yordam berish uchun bola bilan muloqot qilishning bir necha usullarini sinab ko'rish kerak.
Ijod qadim zamonlardan beri ma'lum bo'lib, u doimo ta'limning kuchli vositasi sifatida ishlatilgan. Sababi, bolalar uchun har bir Masalning asosidagi hikoyalar imkon qadar yaqin haqiqiy hayot va shuning uchun hamma uchun tushunarli. Ular, shuningdek, ma'lum bir shaxsni to'g'ridan-to'g'ri hukm qilmasdan illatlarni aniqlashga yordam beradi. Keling, ularning eng qiziqarlilarini eslaylik va bolalar bilan muloqot qilishda ularni ta'lim maqsadlarida qanday ishlatishni ko'rib chiqamiz. Bolalarga kitob o‘qish naqadar foydali ekanligini hammamiz bilamiz, ayniqsa, Masallarni. Keling, nima uchun ekanligini bilib olaylik. Ma'lumki, barcha psixologlar va o'qituvchilar bolaga Masallarni o'qish kerakligiga so'zsiz rozi bo'lishadi. Qahramonlari so'zlashuvchi hayvonlar va ko'pincha butunlay xayoliy mavjudotlar ekanligi bilan haqiqiy voqelikni buzadigan ertaklardan farqli o'laroq, Masallar haqiqatni iloji boricha to'g'ri ifodalaydi, ularning qahramonlari to'liq. haqiqiy odamlar Ularning harakatlarini hayotimizda ham har kuni kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari, ko'plab o'qituvchilar Masallarni o'qish darajasida ham mos keladi, deb hisoblashadi prenatal rivojlanish, ehtimol, bu afsona, lekin bunday amaliyot yomon narsa keltirmaydi. Yuqorida aytib o'tilgan foydali ta'sirlar bilan bir qatorda, bolalarga Masallarni o'qish bizning hayotimizga kirishi mumkin: Sevimli farzandingiz bilan munosabatlardagi uyg'unlik. O'ylab ko'ring va o'zingizga savolga halol javob bering: "Men farzandimning ichki dunyosiga ko'p vaqt ajratamanmi?"
Afsuski, o'zimiz va oilamiz uchun munosib turmush darajasini ta'minlash uchun ko'p mehnat qilishga majbur bo'lgan hayotning shiddatli sur'ati kamdan-kam hollarda bizga imkon beradi bola bilan dildan suhbatlashing. Ko'pincha biz chaqaloqqa nima yaxshi va nima yomonligini aytish, bolalar bog'chasi, hovli, maktab va hokazolardagi vaziyatni tahlil qilish va xulosa chiqarish imkoniyatidan mahrum bo'lamiz. Zamonaviy ota-onalar va ularning farzandlari o'rtasidagi barcha muloqot boshqa o'yinchoq uchun do'konga birgalikda sayohat qilishdan iborat. Shunday qilib, ko'plab otalar va onalar o'zlarining vijdonlarini tinchlantirishadi va bu etarli deb xato qilishadi. Lekin oilaviy an'ana kechqurun birga Masallar o'qish sizga ko'proq narsani beradi. Bola tinchlanib, savollariga javob oladi. Siz bunday deb o'ylamasligingiz kerak Kichkina bola kechinmalardan xoli, aksincha, uning qalbida chalkashlik paydo bo'ladigan, aqli esa doimiy ravishda ishlab, koinot sirlarini mustaqil ravishda tushunishga harakat qiladigan yoshda, tabiiyki, kattalardagiga qaraganda ancha ibtidoiy darajada. Farzandingizga yordam bering! Unga qisqa Masallarni o'qing, unga javoblar va qo'shimcha o'ylash uchun ovqat bering. Bolaning aql-zakovati rivojlanadi. Kechasi kichkina odamga qisqa Masallarni tez-tez o'qing, yotishdan oldin uning holati tinchlanadi, u xotirjam va ma'lumotni eng yaxshi qabul qiladi. Bola bilan birgalikda o'qiganingizni muhokama qilishga harakat qiling, uning fikrini diqqat bilan tinglang. E'tibor bering, Masallar tili sodda va tushunarli, chaqalog'ingiz ham tez orada shu darajada gapiradi! Va siz uning qanchalik oqilona ekanligiga va kattalar kabi gaplashishiga hayron qolasiz.
Farzandingizda kitob o'qishga mehr uyg'otish. Yana ertaklardan farqli o'laroq, Masallarda kattalar hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuning uchun bolalar uchun ertak emas, balki ularni o'qish qiziqroq. O'qishga bo'lgan muhabbatni ortiqcha baholab bo'lmaydi, bundan tashqari, u bolalarni televizor, planshet va zamonaviy davrning boshqa "kamchiliklari" dan uzoqlashtiradi. Bolalarga erta yoshda Masal o'qishga vaqt ajrating, keyin kech bo'lishi mumkin, chunki bola yuqori texnologiyalarga duchor bo'ladi, kitoblar tashlab ketiladi, qadriyatlar buziladi va siz endi hech narsa qilma.
Bolaning tasavvurini rivojlantirish, analitik fikrlash va vaziyatlardan, hatto eng qiyin vaziyatlardan ham munosib chiqib ketish qobiliyati. Bosh qahramonlar misolidan foydalanib, Masal bolalarga do'stlar va keksa odamlar bilan qanday munosabatda bo'lishlari, shuningdek, munozarali muammolarni hal qilish yo'llarini izlash haqida gapirib beradi. Shunday qilib, bolaning ongida bolalar bilan munosabatlar va xatti-harakatlar modeli shakllanadi. turli odamlar, u ruxsat etilgan narsalarning chegaralarini tushuna boshlaydi.
Qanchalik arzimas tuyulmasin, Masallarda bir necha avlodlar davomida to‘plangan ko‘p asrlik hikmat bor. Ko'pchiligimiz so'zlarni tanlay olmaymiz va u yoki bu ta'rifning ma'nosini qisqacha va aniq etkaza olmaymiz.
Hikmatli Masallar bolaga hayotning asl ma'nosi va qadr-qimmatini ko'rsatadi, boshqa odamlarga nisbatan yaxshi ish qilish foydali ekanligini va birinchi navbatda - o'ziga o'rgatadi. Ajablanarlisi shundaki, bolalar bunday idrokga har qanday kattalarga qaraganda yaxshiroq moyil bo'lishadi, ehtimol ularning ongi va ongi hali zamonaviy jamiyat g'oyalari bilan tiqilib qolmaganligi sababli.

Download 121,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 121,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: kirish I. Bob. Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot

Download 121,5 Kb.