• Ilmiy tadqiqot predmeti
  • Metodologiya tushunchasi
  • Metodologiya
  • Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

     
    2.Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya. 
     
    Ilmiy tadqiqot – bu real dunyo hodisalarini, qonuniyatini va ob`ektiv haqiqatini 
    o`rganish (bilish) jarayonidir.
    Bilim – ob`ektiv mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma`lumotlar 
    majmuiga ega yoki xabardor bo`lish. 
    O`rganish (bilish)  - ilmiy tadqiqot natijasida odam ongining, odam fikrining 
    bilmaslikdan bilimga, noto`g’ri bilimdan to`laroq va aniq bilimlarga qiladigan 
    murakkab harakatidir.
    Ilm – kishining o`qish, o`rganish va hayotiy tajriba asosida orttirgan bilimi, 
    ma`lumoti.
    Ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tadqiqot ishlari, har qanday ijodiy mehnat kabi uchta 
    asosiy tashkil etuvchidan iborat:
    odamning maqsadli faoliyati, ya`ni ilmiy tadqiqot mehnati;
    ilmiy tadqiqot predmeti; 
    ilmiy tadqiqot vositalari. 
    O`rganish va izlanishning konkret usullarini va ilmiy tadqiqot vositalarini 
    (o`lchovchi, hisoblovchi va h.k.) ishlatgan holda tadqiqot ob`ekti (ilmiy tadqiqot 
    predmeti) haqida yangi va aniq bilimlarni o`rganish uchun odam maqsadli ilmiy 
    faoliyatini amalga oshiradi.
    Ilmiy tadqiqot predmeti – bu ilmiy tadqiqot jarayonida o`rganiladigan ob`ekt.
    Tadqiqot ob`ekti bo`lib moddiy dunyoning har qanday predmeti (masalan, 
    avtomobil, jihoz, val va h.k.), hodisasi (massa almashinuv jarayoni, dvigatel 
    silindridagi ishchi aralashmaning yonishi va h.k.) hodisalarning bir-biriga 
    bog’liqligi (masalan, valning yeyilish darajasi va unga tushadigan yuklama orasidagi 



    bog’liqlik va h.k.), xossalar (masalan, avtomobil dinamikasi, moylovchi moddaning 
    qovushqoqligi va h.k.) xizmat qiladi. 
    Metodologiya_tushunchasi'>Metodologiya tushunchasi– faoliyatda qo`llaniladigan ma`lum usullar tizimi 
    (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.) va tizim haqidagi ta`limot yoki metod
    nazariyasi. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi
    boshqa vositalarni ham o`rganadi. 
    Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir. Metodologiya termini orqali 
    faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi 
    ta`limot tushuniladi.
    Metodologiya–o’rganilayotgan masalani xususiyatlarini e`tiborga olgan holda 
    tadqiqot metodlarini tanlash va qo’llash imkonini yaratib beruvchi fandir. 
    Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus –ilmiy 
    metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi: 
    • umumiy va ilmiy metodologik kontseptsiyalar;
    • alohida maxsus fanlar metodologiyasi; 
    • tadqiqotlar metodiqasi. 
    Kimki metodologiyani yahshi bilsa, u muammolarni yechish uchun eng maqbul 
    tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning` natijalari asosida yangi 
    ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
    Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning 
    yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy 
    metodologiya ning` ma`lum bir pog’onasi hisoblanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish