Instituti




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana17.12.2023
Hajmi2,53 Mb.
#121790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o`zgarishlarga olib keladi. 
Bu o`zgarishlar adabiyotlarda ko`pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. 
Bu o`zgarishlar shu bilan bog’liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko`rilmagan miqyosda
amaliyotga– sanoat, qishloq xo`jaligi, sog’liqni saqlash, kundalik hayotga joriy
etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik, 
aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kompyuterlar), ayniqsa, ulkan 
o`zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning 
asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi
sharoitida avjolgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy 
tadqiqotlarga ulkan mablag’larni sarflashga majbur qiladi.
XX asrning so`nggi o`n yilliklarida fan-texnika taraqqiyoti axborot 
(kompyuter) inqilobi bosqichiga qadam qo`ydi. Bu bosqichning o`ziga xos
xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga
aylandi. Shu tariqa fan bilan bog’liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak 
ta`lim endilikda har qanday jamiyatning tsivilizatsion rivojlanish darajasini
belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o`rtasidagi 
masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish 
usullarini topish uchun 50–100 yil vaqt sarflangan bo`lsa, endilikda bunga 2–3 
yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo`linmoqda. 
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli 
yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo`lib
qoldi. Natijada XX asrning oxirida fan jadal sur`atlarda o`sib, ijtimoiy mehnatning 
muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko`p sonli ilmiy
muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam
uchraydigan kasb bo`lmay qoldi.
Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o`zlarini qiziqtirgan muammolarni echishga 
buning butun xavf-xatarini o`z bo`yniga olib qo`l urgan ayrim mutafakkirlarning
mashg’uloti emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni 
belgilangan muddatda bajarish va o`z ishi haqida hisobot berishga majbur bo`lgan 
yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat– industrial mehnatning bir turi. Fan
bilan shug’ullanuvchi kishilar hozir«ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
5. Hozirgi zamon fani Katta fan deb ataladi. XX asr oxirida yer yuzidagi 
olimlar soni 5 mln. kishidan oshgan bo`lsa, XXI asrning birinchi o`n yilligida 6 


14 
milliondan oshib ketdi. Fanda15 ming yo`nalish va bir necha yuz ming ilmiy
jurnallar mavjud. Yangi energiya manbalari va axborot texnologiyalari– hozirgi
zamon fanining istiqbolli yo`nalishlari. Fanning internatsionalizatsiyalashuvi
tendentsiyalari kuchayib bormoqda, fanning o`zi fanlararo kompleks tahlil
predmetiga aylanmoqda. Uni o`rganishga nafaqat fanshunoslik, fan falsafasi, balki 
sotsiologiya, psixologiya va tarix ham kirishmoqda.

Download 2,53 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish