• Amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar
  • Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari
  • Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin
    8

    Fundamental (nazariy) tadqiqotlar – tabiat va jamiyatdagi yangi hodisa va 
    qonuniyatlarni ochib berishga va yangi nazariyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy 
    izlanishlardir. Bu izlanishlar biror ob`ekt, narsa, voqea va hodisalar tabiatida va ular 
    orasidagi bog’liqligida nimalar yotishini ilmiy asoslab berishga, kishilar bilim 
    doirasini oshirishga, insoniyatning mavjud dunyoni chuqurroq tushunishiga 
    qaratilgan.
    Fundamental (nazariy) tadqiqotlarda tavakkalchilik va mavhumlik darajasi 
    katta va konkret ijobiy natija olish ehtimolligi 10 % dan oshmaydi. Lekin shunga 
    7
    А. М. Прохоров Физика твёрдого тела и её роль в науке и практике // УФН. 1976. — Т. 118, № 2. — С. 193-
    198.
    8
    Kothari C.R. Research methodology (Methods & Techiques) // New Delhi: New age international limited, 2009.- 
    p.2-5 


    18 
    qaramay fundamental tadqiqotlar fanning va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 
    asos hisoblanadi.
    Amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar ma`lum bir texnik muammolarni moddiy 
    qiziqishlar va jamiyat manfaati bilan bog’liq holda hal qilishni o`z oldiga vazifa qilib 
    qo`yadi. Amaliy tadqiqotlar, asosan ilmiy-texnik tadqiqotlar fundamental 
    tadqiqotlarda aniqlangan bilimlarni moddiylashtirishga qaratilgan. Texnika 
    sohasidagi amaliy tadqiqotlar tabiat bilan bevosita ish ko`rmaydi, balki uning 
    tadqiqot predmeti bo`lib mashina, texnologiya, jarayon yoki tashkiliy struktura, 
    ya`ni boshqacha qilib aytganda “sun`iy tabiat” xizmat qiladi. Bu tadqiqotlarning 
    amaliy yo`naltirilganligi kutilgan natijalarni olish ehtimolligini kattalashtiradi (80-
    90 % gacha).
    Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari – bu amaliy tadqiqotlar 
    natijalarini texnikaning (mashina, qurilma, material, modda, mahsulotlarning) yangi 
    tajribaviy modellarini yaratish va ishlatish, hamda mavjud texnikani 
    takomillashtirish ishlaridir. Ishlab chiqish bosqichida ilmiy tadqiqot natijalari ishlab 
    chiqarishga qo`llashga yaroqli shaklga kiradi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish