• Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Dasturlash tillarini o‘rgatuvchi mobil ilova yaratish tamoiylari shukurov Erkinjon Sodiq o’g’li




    Download 429.54 Kb.
    Sana22.04.2024
    Hajmi429.54 Kb.
    #204618
    Bog'liq
    6-sho\'ba Shukurov E.-1
    Акли заиф болаларнинг уз узларига бахо бериш хусусиятлари, 149881

    DASTURLASH TILLARINI O‘RGATUVCHI MOBIL ILOVA YARATISH TAMOIYLARI
    Shukurov Erkinjon Sodiq o’g’li
    SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali, o‘qituvchi
    erkinjonshukurov1997@gmail.com
    Abdurazakova Diyora Timur qizi
    SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali, talaba
    diyora0120@gmail.com
    Annotatsiya: Mazkur tadqiqot ishi dasturlash tillarini o‘rgatuvchi mobil ilova yaratishga qaratilgan bo‘lib, asosiy e’tibor kodsiz dasturlash va u orqali ilova yaratishga qaratilishi kerak. Bu ilovani ishlab chiqarish vaqtni maksimal tejashga yordam beradi.
    Kalit so‘zlar: Inventor, tizim, buyruqlar bloki, interfeys, google disk, sun’iy intellekt.
    Asosiy qism: Bugungi kunda texnologiyalarning tobora rivojlanib borayotganligi sababli, dasturlash sohasini o‘rganishga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.  Veb-ishlab chiqishdan tortib, sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahliliga qadar ko'plab sohalarda python asosiy dasturlash tili sifatida tanlanadi. Ko’plab o’rganuvchilar turli saytlar, kitoblar va qo’llanmalardan python dasturlash tilini mustaqil o‘rganishga harakat qiladi, ushbu ish orqali mustaqil o’rganuvchilar uchun python dasturlash tilini o’rganish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish maqsad qilingan.
    Yaratilishi ko’zlanayotgan mobil ilova o‘rganuvchilar foydalanishi uchun sodda, qulay va tushunarli interfeysga ega bo‘lishi kerak. Darslar mavzulashtirilgan tartibda joylashtirilgan bo‘lib, har bir mavzu tanlab kirilganda, mavzuga oid materiallar, pdf fayllar, taqdimotlar, video darsliklar va mavzuga oid test bilan boyitilgan bo’lishi hamda har bir mavzu yakunida test ishlash orqali mavzu mustahkamlanishiga erishish kerak. Bundan tashqari mobil ilovamizning asosiy maqsadi python dasturlash tilini o’rganishga qaratilganligi bois keyingi o’rinlarda kichik dasturlarni komplyatsiya qiluvchi qisimlar ham qo’shish rejalashtirilgan. Albatta o’rganuvchilar barcha mobil ilovalar kabi bu ilovada ham har bir dars yakuniga yetmagunicha keyingi darsni boshlashni imkoni bo’lmaydi.
    Ushbu mobil ilovani sodda, qisqa vaqt ichida ortiqcha dasturlash tillarisiz yaratib foydalanish uchun qulay holatga keltirishda App Inventor onlayn, kodsiz bloklar orqali mobil ilovalarni yasash mumkun bo’lgan tizimdan foydalanamiz. Bu tizimdan foydalanish ilovani yaratish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. Ilovaga joylashtirilgan nazariy ma’lumotlar pdf formatidagi materiallar ko’rinishida to‘g‘ridan – to‘g‘ri google diskdan yuklash, va keyinchalik shu ma’lumotni google diskdan boshqasiga o’zgartirish imkoni bu dasturni keyingi o’rindagi imkoniyatlarini birmuncha oshiradi.
    Dasturni yaratishda https://ai2.appinventor.mit.edu/ sayitidan bevosita foydalanamiz.
    Bu tizimning qulayliklaridan biri dasturni kodsiz, buyruqlar bloklari orqali yaratish bo’lsa, yana bir qulayligi sifatida ham iOS ham Android uchun dasturni bir paytda ishlatib ko’rish imkoniyatining mavjudligi.

    Xulosa
    Tadqiqot ishida bo‘lajak dasturchilarda dasturlash ko‘nikmalarini oshirish uchun zarur bo’lgan vositalar va ulardan samarali foydalanish tadqiq qilindi. Dasturlashni mobil ilova orqali o’rgatish uchun zarur ilovani ishlab chiqish hamda bu ilovani ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan asosiy jihatlari, mobil vositani ishlab chiqishda qo’llaniladigan texnologiyalar tadqiqot ishida aniqlab olingan.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini
    kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. “Academic research in educational sciences”, 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
    2. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs inginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
    3. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане.
    "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
    4. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
    5. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. “Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)”, Special issue, 116-121.
    6. Сaрдoржoн Кoдиржoн Yгли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. “Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)”, 2(3), 280-285.
    7.https://docs.flutter.dev
    8. https://uz.martech.zone
    9. https://en.wikipedia.org
    10. https://designlab.com
    Download 429.54 Kb.




    Download 429.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturlash tillarini o‘rgatuvchi mobil ilova yaratish tamoiylari shukurov Erkinjon Sodiq o’g’li

    Download 429.54 Kb.