• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchisi
  • 317 nafar o‘quvchi ga 45 nafar pedagog xodimlar
  • “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti
  • Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslshatirilgan maktabi tarixi, pedagog xodimlari va o‘quvchilari haqida ma’lumot




    Download 15.35 Kb.
    Sana15.03.2024
    Hajmi15.35 Kb.
    #173287
    Bog'liq
    Мактаб тарихи
    Amaliyot, Тахлил дафтари 1

    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
    Yangibozor tuman ixtisoslshatirilgan maktabi tarixi,
    pedagog xodimlari va o‘quvchilari haqida
    MA’LUMOT
    Yangibozor tuman ixtisoslashtirlgan maktabi 1977-yilda qurib bitkazilgan va Gurlan tumaniga qarashli 38-sonli Аl-Xorazmiy nomidagi o‘rta maktabi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.
    1988-yilda Urganch rayonidagi №1 Аl-Xorazmiy nomli o‘rta maktabiga aylantirilgan.
    1994-yilda 1-sonli litsey-internatiga aylantirilgan.
    1998-yilda Huquq va iqtisod yo‘nalishidagi 10-son viloyat litsey-internat maqomi berilgan.
    2005-yilda 10-son litsey-internati nomi 10-son ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internati deb yuritila boshlagan.
    2008-yilda 10-son ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internati 10-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati deb yuritila boshladi.
    2022-yil 17-avgustda 10-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-aprelda “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-sonli Farmoniga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil etilgan va hozirgi kunda ham shu nom bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
    Maktab 47 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yillar davomida 1 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchisi (Raximova Robiya ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi), 2 ta “Xalq o‘qituvchisi” (Saidmuradova Ziyoda Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, Matyaqubov Xabibullo Tarix fani o‘qituvchisi) unvoni, 1 ta “Mehnat shuhrati” (Nurmetova Soliya nemis tili fani o‘qituvchisi) ordeni, “Do‘stlik”, “Mo‘tabar ayol”, “2-darajali mehnat faxriysi” (Ramazanova Durdona rus tili fani o‘qituvchisi) unvoni bilan taqdirlangan o‘qituvchilar faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda maktabda 317 nafar o‘quvchiga 45 nafar pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Ulardan 4 nafari mutaxassis, 15 nafari 1-toifali, 26 nafari Oliy toifali pedagoglardir. Bundan tashqari maktabning 7 nafar pedagogi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
    Maktabda ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchilar davlat tashkilotlarida turli sohalarda davlatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Masalan: Marks Jumaniyozov Viloyat hokimi lavozimida, Jumaboy O‘tamov viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida, Qadamboy Ramazanov Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida, Tohir Xudoyberganov viloyatlarda harbiy bo‘linma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
    Sultonposhsha O‘dayeva O‘zbekiston xalq artisti, San’at Abdirimov Oliy Majlis deputati, Sherzod ramazanov Viloyat kreminalistika bo‘limi boshlig‘i, Gulshoda Abdirimova tuman MMTB boshlig‘i, Madraxim Saparboyev Ogohiyshunos olim, Gulbahor Bobojonova ginekolog shifokor, Sardor Qo‘shimov, Bunyod To‘liyev tuman hokimi muovini.
    Bundan tashqari maktabda ta’lim olgan 2 nafar o‘quvchi qizlari fan yo‘nalishi bo‘yicha “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
    Download 15.35 Kb.




    Download 15.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslshatirilgan maktabi tarixi, pedagog xodimlari va o‘quvchilari haqida ma’lumot

    Download 15.35 Kb.