KIRISH
O‟zbekiston mustaqil Respublika maqomiga ega bo‟lganidan keyingi davr
ichida erishilgan eng noyob kashfiyotlardan biri Prezident I.A. Karimov
rahbarligida ishlab chiqilgan va ayni vaqtda izchillik
bilan hayotga tatbiq
etilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dir. Aynan ushbu dastur tufayli
mamlakatimizda ko‟p bosqichli va uzluksiz ta‟lim tizimi joriy etildi.
Jismoniy tarbiya va sport xalq turmush tarziga singib ketgan bo‟lib, u
tiniqlik, xushholatlik va uzoq umrlik manbai hisoblanadi. Bizning davlatimiz o‟z
o‟rnida aholini sog‟lomlashtirish, mehnatga layoqatlilik darajasini ko‟tarish
maqsadida qayg‟urmoqda. Sog‟lomlashtirish davlat dasturlarida, eng kichik
yoshdagi bolalardan tortib, to qariyalarga ham katta e‟tibor berilgan. Bu masalada
har
bir oilada, bolalar muassasalarida, maktab internatlarida, kollej va litseylarda,
oliy o‟quv yurtlari va har bir korxona va tashkilotlarda kerakli ishlarni olib borilsa
maqsadga muvofiq bo‟ladi. Aholi barcha qatlamlarini jismonan to‟g‟ri
tarbiyalashda va amaliy ishlarini tashkillashtirishda shifokorlar
va boshqa tibbiy
xodimlarning faol ishtiroki zarur. Shu maqsadda O‟zbekiston sog‟liqni saqlash
vazirligi, O‟zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‟z oldiga:
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‟ullanuvchilarga shifokor nazoratini yaxshilash
va takomillashtirish, oliy tibbiy o‟quv yurtlarida talabalarni jismoniy tarbiya
masalalarini o‟rganish va amaliyotda qo‟llashga
tayyorlash kabi masalalarni
maqsad qilib qo‟ygan. va ijodiy ishlariga va amaliy ko‟nikmalariga ajratildi.
Zamonaviy sport sportchilar natijasiga ta'sir qiluvchi omillarni tez
o„rganishni talab qilmoqda, bu omillarning har xil sport yo„nalishi vakillari uchun
ahamiyatini aniqlaydi, tekshiruvlar natijasida olingan ma'lumotlar, har bir alohida
holatlarda kompleks to„g„ri tibbiy xulosa berish imkonini beradi.
Bu tekshiruvlar
sprotchilar o„rtasida yilda bir marta o„tkaziladi.
Hozirda aholining sog„lig„ini, ayniqsa o„sib borayotgan avlodning sog„lig„ini
yaxshilash dolzarbdir. Shu bilan birga jismoniy tarbiya mashg„ulotlariga
sub'yektlarni doimiy jalb qilish ro„y bermoqda. Bu mashqlarni faqatgina shifokor
jismoniy tarbiya dispanseri va shifokor nazorati xonalari kuchi bilan tibbiy
ta'minlash yetarli emas. Shuni hisobga olib jismoniy tarbiya va sport bilan
shug„ullanuvchilar ustidan shifokor nazorati faqatgina maxsuslangan muassasalar
shifokorlari
tomonidangina emas, balki sog„liqni saqlash tizimidagi davolash
profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan ham bajarilishi kerak. Biroq sport
tibbiyoti asoslari bo„yicha bilimlarni bilmasdan turib professional tanlov, patalogik
xolatlar profilaktikasi, sog„liq va jismoniy holat,
yosh va odamning shaxsiy
(individual) imkoniyatlariga mos, shug„ullanish jarayonida vosita va usullarni
qo„llash bo„yicha savollarni xal qilish qiyinchilik tug„diradi.