Shifokor nazorati




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana07.02.2024
Hajmi1 Mb.
#152626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Усманходжаева А А , Адилов Ш К ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ, 2017 (1)

 
Bel shakli umurtqa pog‟onasi fiziologik egriliglari va patologik 
qiyshayishlarga bog‟liq bo‟ladi (normal, yumaloq, egik, yassi). Ular ko‟p hollarda 
umurtqa pog‟onasi shakliga bog‟liq bo‟ladi. Bu o‟z o‟rnida qad-qomatni 
shakllanishida muhim rol o‟ynaydi. 
Umurtqa egrilik darajasini o’lchash: a) sagital va b) frontal tekislikda. 


Podyapolskiy skoliozimetrida 
Umurtqa pog‟onaning ko‟krak qismi orqa yo‟nalishi bo‟yicha sagital 
qiyshikligi ortishi – kifoz yoki bukrilikka olib keladi. Agar kifoz bo‟yin 
umurtqasidan to bel umurtqasigacha rivojlangan bo‟lsa, bu holda bel yumaloq 
ko‟rinishda bo‟ladi. Qiyshiqlik oldi yo‟nalishi bo‟yicha (bel sohasi) bo‟lsa bu 
holda lordoz ko‟rinishda bo‟ladi. Shu yo‟nalishlarga qo‟shimcha ravishda yon 
tomonlarga ham qo‟shilsa, skolioz ko‟rinishi bo‟ladi. Agar qiyshiqlanish cho‟qqisi 
o‟ng tomonga qaragan bo‟lsa, bu o‟ng tomonlama skolioz deyiladi. Agarda chap 
tomonga qiyshaygan bo‟lsa, chap tomonlama skolioz deyiladi. Agar qiyshaygan 
soha yuqori qismi bir tomonga, pastki qismi ikkinchi tomonga qiyshaygan bo‟lsa, 
bu holda S-simon skolioz deyiladi. Qad-qomatni buzilishi va umurtqani qay 
tomonga qiyshayganligini aniqlashda bel uchburchaklarini tekshirish yaxshi natija 
beradi.
Bel shakllari: a) normal; b) yumaloq; c) tekislashgan; d) egarsimon
Qiyshayishlar aralash hollarda ham bo‟lishi mumkin. Kifoskolioz, 
lordoskolioz, tabiiy egriliklarni tekislanishi natijasida bel yassi shakliga kiradi. 
Umurtqa pog‟onani old, orqa va yon tomonga qiyshiqligini aniqlashda 
Podyapolskiy asbobidan foydalaniladi. Bu uskuna gorizontal teshiklar bo‟lgan 
yog‟och bo‟y o‟lchagichni eslatadi. Bu teshiklarda oson kirg‟iziluvchi 25 sm 
uzunlikdagi taxtachalar joylashadi. Tekshirish vaqtida taxta cho‟p suriladi va 
umurtqalarni o‟tkir qirrali o‟siklari bilan uchrashtiriladi, bu umurtqa pog‟onasi 
qonturini aniqlashda yordam beradi va buni qog‟ozga tushiriladi. Yon tomonga 
bo‟lgan qiyshayishni Mikulich skolioziometr yordamida amalga oshirish mumkin. 
U ikki chiziq bo‟liqli metall jazvardan iborat bo‟ladi. Jazvar biri erkin yuzaga
pastga va yonga suriladi. 



Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish