2)Turgan joyda 15 sekundlil maksimal tempda yugurish(sonlar
gorizontal
holatda ko`tariladi)
3) 3minut davomida turgan joyda yugurish, minutiga 180 qadam bilan
(o`smirlar va 18 yoshgacha bo`lgan ayollar uchun 2
minutlik yugurish,sonlar
taxminan 75` ga ko`tariladi)
Birinchi yuklama keyingisi uchun qaysidir ma`noda tayyolov hisoblanadi,
ikkinchisi esa qon aylanishini tezda kuchayishini aniqlaydi,
uchinchisi esa
organizmning qon aylanishini yuqori darajada kuchaygan holatda ushlab turish
qobilyatini aniqlaydi.
Kombinatsiyalangan sinama quyidagi usulda olib boriladi: o`tirgan holatda
10 sekundli uzilishlar bilan puls sanalib,arterial bosim o`lchangach, tekshiriluvchi
30 sekund davomida 20 marta o`tirib turadi . yuklamadan keyingi dastlabki 10
sekundda
puls sanaladi, keyin 40 sekund ichida arterial bosim o`lchanadi. 50-
sekunddan boshlab 10 sekundli uzilishlar bilan yana puls sanaladi toki oldingi
holatiga qaytmaguncha(lekin yuklamadan so`ng kamida 2 minuto`tishi kerak)
keyin yana bir marta qon bosimi o`lchanadi. So`ngra sinamaning ikkinchi qismi
amalga oshiriladi: turgan joyda 15 sekund davomida maksimal tеmpda yugurish.
Shundan so`ng 4 minut ichida puls sanaladi va qon bosimi o`lchanadi(
har bir
minutning boshida va oxirida 10 sekund davomida puls sanaladi, ularni oralig`ida
arterial bosim o`lchanadi) So`ng sinamaning 3 qismi amalga oshiriladi- turgan
joyida minutiga 180 qadam terlik bilan yugurish(metronom bo`yicha) Yugurib
bo`lgandan song 5 min ichida puls sanaladi vaarterial bosim o`lchanadi
(yuqoridagi usulda). Barcha ma`lumotlar yozib olinadi.
Shifokor kartasini
to`ldirish namunasi
Odatda kombinatsiyalashgan sinamada pulsni ortish, sistolik bosimni
ko`tariish va tiklanish davomiylik darajalari har bir keyingi yuklamadan so`ng
ortib boradi.Lekin chidamlilikka shug`ullanadigan shahslarda (marafonchilar,
chang`ichilar va bsh) 3 minutlik yugurishdan so`ng
puls va sistolik bosimda
yuzaga keladigan o`zgarishlar 15 sekundlik yugurishda yuzaga keladigan
o`zgarishlardan pastroq, sababi ular uchun bu odatiy ish ko`rinishi bo`lib organizm
unga tajamli javob qaytaradi. Sprinterlarning jismoniy yuklamaga javob reaksiyasi
chidamlilikka shug`ullanadigan shahslarga nisbatan yuqoriroq.
Funksional sinamalar natijalarini baholash tinch holatdagi puls chastotasi va
arterial bosimni standart jismoniy yuklamadan so`ngi
natijalar bilan baholash
asosida olib boriladi. Bunda jismoniy yuklamadan so`ng pulsning sifat va miqdor
o`zgarishlariga, puls va arterial bosimni avvalgi holatiga qaytishi uchun ketgan
vaqtni hisobga olish kerak. Masalan 30 sekundda 20 marta o`tirib turgandan so`ng
puls soni o`rtacha 10 sekund ichida 16-20 martaga oshadi va avvalgi holatiga
taxminan 90-120 sekundda qaytadi.
Erkaklarda pulsni tezlashishi va normaga qaytish vaqti ayollarga nisbatan kamroq.
Agar sistolik bosim o`rtacha 15-35 mm.sim.us ko`tarilsa va diastolik bosim 5-10
mm.sim.us kamaysa yoki o`zgarmasa, ya`ni puls bosimining ko`tarilishi
asosan
sistolik bosim ko`tarilish hisobiga amalga oshsa bu holat yaxshi hisoblanadi.
Yurak-tomir sistemasining bunday reaksiyasi normatonik hisoblanadi. U ko`pincha
shug`ullangan shahslarda uchraydi.