mashq bajarish uchun ketgan vaqt
Zichlik (%) = ------------------------------------------------- х 100
butun mashg’ulot davomiyligi
Masalan: mashg‟ulot 60 daqiqa davom etadi. Har xil mashqlarni bajarish
uchun 45 daqiqa sarf qilindi. Bunda dars zichligi quyidagicha aniqlanadi:
45/60x00=75%. Dars zichligi 60-70 % bo‟lganda yaxshi hisoblanadi.
O‟tkazilayotgan mashg‟ulotning fiziologik egriligini aniqlash ham katta
ahamiyatga ega. Bunda o‟tkazilayotgan mashg‟ulotning har xil davrida
aniqlanadigan puls grafik yo‟li bilan ko‟rsatiladi. Mashg‟ulotning ikkinchi yarmida
puls daqiqasiga 140-150 urishgacha oshadi, mashg‟ulot oxirida esa puls dastlabki
holatiga qaytishi kerak, agar beriladigan yuklamalardan ratsional foydalanilsa. Bu
usul yordamida yuklama yetarlimi, kammi yoki ko‟pmi aniq aytib berish mumkin,
ya‟ni berilayotgan jismoniy yuklamalarga organizmning reaktsiyalari orqali aytish
mumkin.
Organizmning berilayotgan jismoniy yuklamalarga qoniqarli reaktsiya
belgilari quyidagilar:
- mashqlarni maksimal intensivlikda bajarish vaqtida yurakning qisqarish
sonining va maksimal qon bosimining oshishi (bunda minimal qon bosim
o‟zgarmaydi yoki qisman kamayadi). Tayyorgarlik holati yaxshi bo‟lganda puls va
qon bosim ko‟rsatkichlari bir-biriga parallel ravishda o‟zgaradi;
- mashq bajarib bo‟lingandan so‟ng aytilgan ko‟rsatkichlarning dastlabki
holatiga tez qaytishi (qisqa tiklanish davri);
- mushak kuchining, o‟pka tiriklik sig‟imining va boshqa funktsional
ko‟rsatkichlarning jismoniy tarbiya darsi yoki mashg‟ulot davomida doimiyligi
yoki oshishi.
Berilayotgan jismoniy yuklamalar organizmga ijobiy ta‟sir etish bilan birga
salbiy ta‟sir etishi ham mumkin. Shug‟ullanish vaqtida jismoniy yuklamalardan
noratsional foydalanilgan yurak tomondan quyidagi rivojlanishlar kuzatiladi:
- miokard distrofiyasi;
- yurakning o‟tkir yetishmovchiligi;
- miokard infarkti;
- yurak mushaklariga qon quyilishi.
Shug‟ullanuvchilar asosan quyidagilarga shikoyat qiladilar: tez charchashga,
bosh aylanishiga, mushaklarning bo‟shashishiga, oyoq mushaklaridagi og‟riqqa,
havo yetishmasligiga, yurakning tez-tez urishiga, yurak atrofidagi og‟riqqa, ba‟zida
ko‟ngil aynashiga, qusishga. Yurakning o‟tkir yetishmovchiligi, miokard infarkti
va yurak mushaklariga qon quyilishida esa quyidagilarga shikoyat qiladilar:
bo‟g‟ilishga, og‟ir yo‟talga, qon qusishga va yurak atrofidagi kuchli og‟riqqa,
shuningdek teri va shilliq pardalarning rangsizlanishi yoki ko‟karib ketishi, og‟ir
holatlarda xushini yo‟qotishi, qon bosimining pasayishi holatlarini kuzatishimiz
mumkin. Shug‟ullanuvchilarda yurak jarohatlaridan ko‟pincha miokard
distrofiyasini, kam hollarda yurakning o‟tkir yetishmovchiligini kuzatishimiz
mumkin. Juda kam holatlarda miokard infarkti va yurak mushaklariga qon
quyilishini kuzatamiz. Shu bilan birga shug‟ullanuvchilarda yurak ritmining
buzilishini, chunonchi ekstrasistoliya va sinoaurikulyar blokadalarni ko‟rishimiz
mumkin.
Qo‟llanilayotgan jismoniy yuklamalardan noratsional foydalanilgan nafas
olish a‟zolari tomonidan ham jarohatlanishlarni kuzatishimiz mumkin.
Shug‟ullanuvchilarda ko‟pincha o‟pka emfizemasi rivojlanadi, bu esa o‟tkir o‟pka-
yurak yetishmovchiligiga olib keladi.
Buyrak tomondan fiziologik va patologik o‟zgarishlarni ko‟rishimiz
mumkin. Fiziologik o‟zgarish jismoniy yuklamadan so‟ng hosil bo‟ladi va 24-48
soat dam olishdan keyin normallashadi.
Siydikda gemoturiya va boshqa o‟zgarishlarning bo‟lishi buyrakning
jarohatlanganligidan yoki kasallanganligidan dalolat beradi. Shuning uchun sog‟
sportchilarning siydiklarida shunga o‟xshash belgilarning o‟tkir jismoniy
kuchlanishdan so‟ng paydo bo‟lishi va dam olish davrida tez yo‟qolishi “sport
psevlonefriti” deb nom olgan. Musobaqalardan keyin yoki har xil sport turiga xos
ravishda juda intensiv shug‟ullanishdan keyin ko‟pchilik sportchilarning (80%
gacha) siydiklarida oqsil aniqlanadi. Proteinuriya sportchilarning jismonan
tayyorgarlik holatining (imkoniyati) va u bajarayotgan jismoniy yuklama
hajmining bir-biriga to‟g‟ri kelmasligi natijasida rivojlanadi, ya‟ni qachonki
jismoniy yuklama shug‟ullanuvchining funktsional imkoniyatlaridan ustun
turganda.
Haddan tashqari shug‟ullanish patologik holat bo‟lib, sportchilarda markaziy
asab tizimida funktsional o‟zgarishni aniqlovchi klinik belgilar bilan kechuvchi
surunkali jismoniy kuchlanish natijasida rivojlanadi. Kasallik kechishida odatda bir
biridan aniq ajralmagan 3 ta bosqichni farqlash mumkin :
1-bosqich – unga shikoyatlarning yo‟qligi yoki kam holatlarda sportchilar
uyquning buzilishiga shikoyat qiladilar. Ko‟pincha sport natijalarining oshmasligi
hattoki ularning pasayishi kuzatiladi. Ob‟yektiv belgilar bo‟lib quyidagilar
hisoblanadi:
1. Tez bajariladigan yuklamalarga yurak-qon tomir tizimi moslashishining
yomonlashishi. 15 soniya davomida joyida maksimal tempda yugurganidan so‟ng,
oldingi kuzatilgan normatonik tipdagi reaktsiya o‟rniga puls va qon bosim
reaktsiyalarining atipik variantlarining paydo bo‟lishi.
2. Nozik harakat koordinatsiyalarining buzilishi – qo‟l barmoqlarining bir xil
bo‟lmagan zarbasi (ayrim zarbalar har xil kuch bilan aritmik bajariladi).
2-bosqich – unga ko‟p sonli shikoyatlar, organizmning ko‟pgina a‟zo va
tizimlarida funktsional o‟zgarishlar, sport natijalarining pasayishi xarakterlidir.
Shug‟ullanuvchilar beparvolikka, holsizlanishga, shug‟ullanishga xohishi
yo‟qligiga, tez asabiylashishga, ishtahaning pasayishiga, yurak sohasidagi og‟riqqa
shikoyat qiladilar. Shuningdek mushak sezuvchanligining yo‟qolishiga, murakkab
jismoniy
mashqlarning
bajarilishi
tugallanishida
adekvat
bo‟lmagan
reaktsiyalarning paydo bo‟lishiga shikoyat qiladilar. Ularda uyquning buzilishi
kuzatiladi, uyquga ketish vaqti uzayadi va yuzaki bo‟ladi. Sportchilar xarakterli
tashqi ko‟rinishga ega bo‟ladilar, ya‟ni yuzlari rangsiz, rangpar, ko‟zlari botgan,
lablari ko‟kimtir va ko‟z osti ko‟kargan ko‟rinishda bo‟ladi. Hamma funktsional
ko‟rsatkichlarining maksimal oshishi shug‟ullanish vaqtida emas, balki
shug‟ullanmaydigan vaqtiga (kunning ikkinchi yarmi, ertalab, kechqurun) to‟g‟ri
keladi. Yurak-qon tomir tizimidagi funktsional o‟zgarishlar – jismoniy yuklamaga
adekvat bo‟lmagan reaktsiyalar, tiklanish davrining sekinlashishi, yurak faoliyati
ritmining buzilishi va chidamlilikda bajariladigan yuklamalarga yurak faoliyati
ishlash xususiyatining yomonlashishi ko‟rinishida namoyon bo‟ladi. Chidamlilikka
beriladigan yuklamalarga yurak-qon tomir tizimi moslashishining yomonlashishi
daqiqasiga 180 qadam tezlikda, turgan joyida 3 daqiqa davomida yugurishda avval
kuzatilgan normatonik tipdagi reaktsiya o‟rniga puls va qon bosim
reaktsiyalarining atipik variantlarining rivojlanishi bilan namoyon bo‟ladi.
Tayyorgarligi yaxshi bo‟lgan sportchilarda tinch holatda avval kuzatilgan me‟yorli
bradikardiya va normal qon bosimi o‟rniga taxikardiya va qon bosimining
ko‟tarilishi yoki keskin bradikardiya va gipotoniyani kuzatishimiz mumkin. Tashqi
nafas olish apparatida tinch holatda o‟pkaning tiriklik sig‟imining kamayishi, hazm
qilish apparatida til shishishi, qalinlashishi, usti oq rangli qatlam bilan qoplanishi,
og‟izdan chiqarilganda titrashi, jigarning kattalishishi, ko‟z shilliq qavati
sarg‟ayishi kuzatiladi. Tayanch-harakat apparatida mushak kuchi va qattiqligi,
bog‟lamlarning elastikligi kamayadi, harakat koordinatsiyalarida buzilishlar
yuzaga keladi. Uzoq va ko‟p shug‟ullanish natijasida tana og‟irligi kamayadi
(oqsilning kuchli parchalanishi hisobiga), terlash kuchayadi, ayollarda menstrual
siklning buzilishi kuzatiladi. Yuqorida keltirilgan o‟zgarishlar a‟zo, tizim va butun
organizm faoliyati boshqaruvining buzilishi va funktsional holatining pasayishi
natijasida yuzaga keladi.
3-bosqich – unga nevrosteniyaning giperstenik yoki gipostenik shakllarining
rivojlanishi
va
sport
natijalarining
keskin
yomonlashishi
xarakterlidir.
Nevrasteniyaning giperstenik shakli asab qo‟zg‟alishining ortishi, charchash,
bo‟shashish, umumiy holsizlik va uyqusizlik bilan, gipostenik shakli esa umumiy
holsizlanish, ozib ketish, tez charchash, apatiya va kunduzi mudrash bilan
xarakterlanadi.
Ko‟p shug‟ullanish holatining 1-bosqichida musobaqalarda ishtirok etishni
man qilish va shug‟ullanish rejimini 2-4 haftaga o‟zgartirish kerak, chunonan
umumiy shug‟ullanish yuklamasining hajmini kamaytirish, uzoq, intensiv va
texnik jihatidan murakkab mashqlarni chiqarib tashlash lozim.
2-bosqichida shug‟ullanish 1-2 haftalik aktiv dam olish bilan almashtiriladi.
So‟ngra 1-2 oy davomida asta-sekin shug‟ullana boshlaydi.
3-bosqichida birinchi 15 kun to‟liq dam olishga va davolanishga ajratiladi.
Davolanish shifoxona sharoitida olib borilishi tavsiya etiladi. Shundan so‟ng
sportchilarga aktiv dam olish beriladi, 2-3 oy davomida asta-sekin shug‟ullana
boshlaydi.
|