salomatligiga va ish bajarish qobiliyatiga darhol ta‟sir etmaydi. Bu esa pedagog
(murabbiy) ga o‟z vaqtida mashg‟ulot jarayoniga tuzatishlar kiritishga imkon
bermaydi, natijada keyingi mashg‟ulotlar kutiladigan
natijalarni berishi u yoqda
tursin, balki shug‟ullanuvchi organizmida patologik holatni yoki kasallikni keltirib
chiqaradi. ShPNning asosiy vazifalari:
1. O‟quv-shug‟ullanish mashg‟ulotlarining sharoiti va tashkil etilishini
baholash, pedagog (murabbiy) ning ish sifatini tibbiy tomondan tekshirish.
2. Shug‟ullanuvchilarning salomatlik holatlarini aniqlash yoki undagi
o‟zgarishlarni baholash, shug‟ullanish jarayonida yuzaga keladigan patologik oldi
holatlarni va patologik o‟zgarishlarni aniqlash.
3. Sportchining maxsus tayyorgarligini
baholash uchun organizmning
funktsional holatini aniqlash.
4. O‟quv-shug‟ullanish jarayonini individuallashtirish va rejalashni
takomillashtirish maqsadida qo‟llanilayotgan shug‟ullanish tizimi va organizm
qobiliyatining adekvatligini baholash.
5. Katta jismoniy yuklamalardan keyin tiklanish jarayonlarini yaxshilashga
qaratilgan tibbiy, pedagogik vosita va usullarini tanlash va baholash (dori-darmon
vositalari, fizioterapiya, massaj, suv muolajalari va boshqalar).
O‟quv-shug‟ullanish mashg‟uloti
davomida sport zalidami, maydondami
shifokorning kuzatish ishlari katta ahamiyatga egadir. Shifokor jismoniy tarbiya
o‟qituvchisi (murabbiy) ga butun guruh uchun yoki alohida shug‟ullanayotganlar
uchun qanday jismoniy yuklamalar berilishi mumkinligi haqida ko‟rsatmalar
berishi mumkin. Shifokor kuzatish natijasida charchash belgilarini aniqlashi va o‟z
vaqtida uning asoratlarini olidini olishi mumkin.
Ba‟zida, qachonki dars sust olib borilganda,
umumiy yuklama yetarli
bo‟lmaydi, jismoniy mashq bajarayotganlar ko‟p turadilar yoki o‟tiradilar. Bunday
holat ko‟pincha darslar noto‟g‟ri rejalashtirilganda kuzatiladi. Bunday holatlarda
darslarni xronometraj qilish usuli (dars zichligi) o‟zini oqlaydi. Buning uchun
shifokor dars davomida 1-3 ta shug‟ullanuvchilarni kuzatadi. Soniyaomer
yordamida har xil mashqlarni bajarish uchun ketgan vaqtni aniqlaydi. Alohida dam
olish, tushuntirish uchun ketgan vaqtni aniqlaydi. Dars
zichligi quyidagi formula
yordamida hisoblanadi: