• Jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimining reaktsiya berish tiplari
  • Yurak-qon tomir tizimi funktsional holatini aniqlovchi sinama




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/39
    Sana07.02.2024
    Hajmi1 Mb.
    #152626
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
    Bog'liq
    Усманходжаева А А , Адилов Ш К ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ, 2017 (1)

    Yurak-qon tomir tizimi funktsional holatini aniqlovchi sinama 
    Martine sinamasi.  
    Tekshiriluvchi tinch holatda o‟tiradi va uning pulsi 10 soniyalik interval 
    bilan 3 marta sanaladi, ya‟ni puls stabillashguncha. So‟ngra uning qon bosimi 
    o‟lchnadi. Keyin manjetni yechmagan holda tekshiriluvchiga 30 soniya ichida 20 
    marta o‟tirib turish buyuriladi. O‟tirib turishdan so‟ng darhol tekshiriluvchi 
    o‟tiradi-da, uning pulsi birinchi 10 soniya ichida sanaladi. Bu birinchi daqiqaning 
    qolgan 50 soniyasida qon bosimi o‟lchnadi. 2-daqiqaning har bir 10 soniyalik 
    oraliqlarida yana puls sanab borilaveriladi, agar 2-daqiqada puls stabillashmasa, 3-
    daqiqaga o‟tiladi va yana har 10 soniyada puls sanaladi, qachonki 
    stabillashguncha, ya‟ni 3 marta bir xil son olingunicha. Puls stabillashgandan so‟ng 
    sinama oxirida yana bir bor qon bosimi o‟lchnadi.
    Jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimining reaktsiya berish tiplari 
    Sinamani baholash mezonlari bo‟lib, puls qo‟zg‟aluvchanligi va qon 
    bosimini 
    yuklamaga 
    bo‟lgan 
    reaktsiya 
    xarakteri 
    hisoblanadi. 
    Puls 
    qo‟zg‟aluvchanligi – pulsning dastlabkisiga nisbatan tezlashuvi, foizlarda 
    ifodalaniladi; sog‟lom odamlarda bu 60-80% dan ortmaydi. Qon bosimining 
    yuklamaga bo‟lgan reaktsiya xarakteri quyidagi mumkin bo‟lgan 5 ta tiplardan 
    birida ifodalanadi: 
    1. Normotonik tur reaktsiyasida puls tezlashishi bilan birga sistolik bosimni 
    sezilarli darajada ko‟tarilishi (150% gacha) bilan xarakterlanadi, diastolik bosim 
    o‟zgarmaydi yoki bir oz pasayadi, puls bosimi ko‟payadi.
    2. Astenik tur reaktsiyasi pulsni sezilarli tezlashishi (qo‟zg‟alishi 100% dan 
    ortiq), sistolik bosim kam yoki umuman ko‟tarilmasligi, ba‟zan pasayishi bilan 
    xarakterlanadi. Qon daqiqalik hajmini ko‟payishi yurak qisqarishlar tezlashishi 
    hisobiga bo‟ladi. Astenik reaktsiya yurak qisqarishini pasayishi bilan izohlanadi.
    3. Gipertonik tur reaktsiyasida puls normotonik reaktsiyaga nisbatan 
    ko‟proq tezlashishi bilan, sistolik bosimning tez ko‟tarilishi bilan xarakterlanadi. 
    Bu reaktsiya NSD gipertonik turida va ortiqcha mashg‟ulot qilinganda uchraydi.
    4. Distonik tur “tugallanmagan ton” fenomeni bilan xarakterlanadi (bunda 
    qon bosimi 0 ga tushguncha ton eshitiladi).
    5. Pog’onali tur reaktsiyasi. Sistolik bosim yuklamadan keyin darhol 
    ko‟tarilmaydi, balki tiklanishi 2-3 daqiqada maksimal darajaga yetishi bilan 
    xarakterlanadi. Sog‟lom odamlarda qon bosim va yurak qisqarishlari soni 3 daqiqa 
    ichida dastlabki holatiga keladi.  

    Download 1 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yurak-qon tomir tizimi funktsional holatini aniqlovchi sinama

    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish