|
Shifokor nazoratiBog'liq Усманходжаева А А , Адилов Ш К ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ, 2017 (1)Nafas sinamalari
Shtange sinamasi – nafas olish vaqtida nafasni tutib turish tekshiriluvchi 5-
7 daqiqa dam olgandan so‟ng o‟tirgan holda chuqur nafas chiqaradi va nafas oladi,
so‟ngra yana nafas olib og‟iz va burun berkitiladi. Nafasni ushlab turish vaqti
belgilanadi. Nafasni ushlab turish vaqti ko‟pincha insonning chidamligiga bog‟liq.
Sog‟lom bolalar va o‟smirlarda (6-18 yosh) nafasni ushlab turish vaqti 16-55
soniya atrofida bo‟ladi. Katta yoshli shug‟ullanmagan odamlarda – 40-50 soniya,
shug‟ullangan sportchilarda – 60 soniyadan 2-2,5 daqiqagacha. Shug‟ullanganlik
ortib borishi bilan bu vaqt o‟sib boradi, charchaganda esa pasayadi. Qon aylanish,
nafas olish organlari kasalliklarida, kamqonliklarda nafasni tutib turish vaqti
kamayadi.
Genche sinamasi – nafasni chiqarganda nafas tutib turish. Tekshiriluvchi
to‟liq nafas oladi va chiqaradi, keyin yana nafas oladi va nafasini tutib turadi.
Sog‟lom shug‟ullanmagan insonlar nafasni 20-30 soniya davomida, sog‟lom
shug‟ullangan insonlar 30-90 soniya tutib tura oladi.
Serkin sinamasi 3 fazadan iborat:
1-fazasi: tekshiriluvchi o‟tirgan holatda nafas olib ushlab turadi va vaqti
belgilanadi;
2-fazasi: tekshiriluvchi 30 soniya davomida 20 marta o‟tirib turganidan
so‟ng nafas olib ushlab turish vaqti belgilanadi.
3-fazasi: 1 daqiqadan so‟ng 1-faza qaytariladi.
Klinik ahamiyati: nafas olish va chiqarishdagi tutib turish vaqtining
davomiyligi odatda yurak-qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida kamayadi. Bu
ko‟pgina omillarga bog‟liq: nafas markazining qo‟zg‟aluvchanligi, to‟qimalar
almashinuvi intensivligi va tekshiriluvchining chidamliligi.
Rozental sinamasi – o‟pkaning tiriklik sig‟imini 15 soniyalik oraliq bilan 5
marta o‟lchash. Bunda sog‟lom odamlarda o‟pkaning tiriklik sig‟imi bir xil yoki
o‟sib boruvchi sonlardan iborat bo‟ladi. Nafas olish apparati yoki qon aylanish
tizimi kasalliklarida, shuningdek sportchilar o‟ta charchaganlarida yoki ortiqcha
shug‟ullanishlarda o‟pkaning tiriklik sig‟imi takror o‟lchanganda natijalar pasayib
boradi. Sportchilarda bu o‟zgarish nafas mushaklarining charchaganligi va asab
sistemasi funktsional holatining pasayishiga bog‟liq.
|
| |